6-ilova
«Baliq skeleti» sxemasi
7-Ilova
8-ilova
Insert jadvali
TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR VA TOPShIRIQLAR:
-
Oiladagi ruhiy muhitning shakllantirish omillari nimalardan iborat?
-
Yoshlarning ma’naviy kamolotida oiladagi ruhiy muhit qanday shakllantiriladi?
-
Farzandlarni tarbiyalashning qanday usul va vositalarini bilasiz?
-
Ajdodlarimiz yaratgan farzand tarbiyasiga oid axloqiy uchlikka nimalar kiradi?
-
Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizning oiladagi ruhiy muhitga ta’sirini qanday baholaysiz?
-
Oilaviy munosabatlarning rivojlanishida islom dinining o‘rni qanday?
-
Eng oliy qadriyat haqida nimalarni bilasiz?
-
«Ona» va «Vatan» so‘zlarining qanday aloqadorligi bor?
7-mavzu: Yoshlarning ma’naviy kamolotida oiladagi ruhiy muhitning ta’siri
Reja:
1. Oiladagi ruhiy muhit va uni shakllantirish omillari. (tabiiy biologik, iqtisodiy, huquqiy omillar).
2. Oiladagi ma’naviy sog’lom ruhiy muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri.
1-masalaning bayoni. Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy muhit bilan tanishib chiqamiz:
1. Oiladagi mehr-muhabbat muhiti. Ushbu tuyg’udan mahrum bo‘lgan kishi o‘z yaqinlarini, vatandoshlarini, Vatanini hurmat qilishga qodir bo‘lmaydi, odamlarga yaxshilik qila olmaydi. Oiladagi mehr-muhabbat va samimiyat, oila a’zolarining bir-biriga e’tiborliligi va g’amxo‘rligi bolalar ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi, bolaning his-tuyg’ulari namoyon bo‘lishi, uning ma’naviy ehtiyojlari shakllanishi va amalga oshishi uchun keng imkoniyatlar beradi. Bizlarning barchamiz o‘z ishlari bilan band bo‘lgan va bir uyda yashaydigan odamlarning alohida bir guruhiga mansub bo‘lishgina emas, balki yaqin kishilarimizning oldimizda ekanligini his etishga, o‘z individualligini, takrorlanmasligini, o‘zining alohida xususiyatini, o‘z an’analarini yaratadigan oilaning umumiy muhitidan nafas olishga ehtiyoj sezamiz.
2. Samimiylik muhiti. Ota-onalar hayotning muhim ahamiyatli holatlarida bolalarga yolg’on so‘zlamasligi kerak. Bola har kanday yolg’on, aldash, soxtakorlikni favqulodda o‘tkirlik bilan tez sezadi; uni payqab
sarosima va vasvasaga tushadi, shubha-gumonga g’arq bo‘ladi. Agar biror gapni bolaga aytish mumkin bo‘lmasa, u holda bemani gapni o‘ylab topib, so‘ngra kalovlanib qolgandan yoki yolg’on so‘zlab aldagandan, buni bola bilib qolganidan ko‘ra hamma vaqt yaxshisi to‘g’ri javob berishdan kochish yoki bolaga bildirishning ma’lum bir chegarasidan nariga o‘tmaslik lozim. Hech qachon «Buni bilishga yoshlik qilasan» yoki «Buni sen baribir tushunmaysan», demaslik kerak. Bunday javoblar bolaning yuragidagi kiziquvchanlik va xudbinlikni ko‘zlaydi. Yaxshisi «Men buni senga ayta olmayman: har bir kishi ma’lum bir sirlarni o‘zida saqlashga majburdir, o‘zgalarning siriga aralashib hadeb so‘raverish odobdan emas va kamtarlikka kirmaydi», deb
javob bergan ma’kul. Bu bilan to‘g’rilik va samimiyatga ziyon etmaydi, burch, intizom va odoblilikdan anik saboq beriladi.
3. Tushuntirish. So‘z bilan ta’sir ko‘rsatish. So‘z bilan tarbiyalash uchun so‘z tarbiyalanuvchining fikrida va qalbida iz qoldirishi kerak. Buning uchun esa so‘zlarning ma’nosiga tushunib etishni o‘rgatish lozim. Faqat ana shundagina hissiy ta’sir kilishga umid qilishimiz mumkin. Tarbiyachi anik faktlar, vokealar, hodisalardan umumiy hakikatlarni, xulq-atvor printsiplarini ochib berishga o‘z vaqtida o‘tishi kerak. O‘smirlar mulohaza qilishni yoqtirishadi, biroq ota-onalar ularning balog’atga etmaganligini ta’kidlab, buni ular hali kichkina ekanligi va shu sababli ular o‘z fikrini bildirishga kichiklik qilishi bilan izohlab ko‘pincha ularning mulohazalarini bo‘lishadi. Biroq, aynan mana shu mulohazalar orqali o‘smirlar ma’naviy-axloqiy tushunchalarni anglab oladilar.
4. Bolaning ko‘z o‘ngida mehnat bilan shug’ullanish. Bola kattalarning ishini muntazam ravishda kuzatib borib, buni o‘yinda amalga oshirishga harakat kila boshlaydi, so‘ngra yordamchi sifatida mehnat jarayoniga kirisha boshlaydi, va, nihoyat, ishni mustaqil bajarishga kirishadi.
5. Bola hayotidan dabdaba, qashshoqlik, haddan tashqari
mazaxo‘rlik, alkogol singari holatlarni istisno kilish zarur.
6. Bolani axloqsiz odamlar bilan muloqotga kirishishdan ehtiyot qilish zarur. Imitatsiya (taqlid kilish) bilimlar va tajribani egallab olishning muhim usuli hisoblanadi. Imitatsiya instinkti bolani o‘z atrofidagi barcha odamlarning barcha xatti-harakatlarini qaytarishga majbur qiladi. Bola faqat 7 yoshga to‘lgandan keyin o‘z axloqiy asoslarini shakllantiradi va atrofdagi odamlarning xulq-atvori va qilmishiga baho berishi mumkin. Shu sababli bolani sevadigan va unga yaxshilik tilaydigan katta yoshdagilar o‘zlarining axloqsiz xatti-harakatlari bilan bolaga namuna bo‘lmaslik uchun o‘zlarining har bir qadamini qat’iy nazorat qilishlari zarur.
7. Ota-onalar oilaviy munosabatlarning sofligiga e’tiborni qaratishlari zarur.
Demak, oila bir kancha funksiyalarni bajaradigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Bu funksiyalar ichida muayyan bir mafkura doirasida mustahkamlangan g’oyalar, qadriyatlar, g’oyalar tizimi asosida dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi ham bor.
|