Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet72/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   147
2-masalaning bayoni. Ajdodlarimiz oilada farzand tarbiyasining negizi sifatida axloqiy uchlik: o‘y-niyat - so‘z - ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyiichalik lug’atimizga kirib kelgan «vijdon» so‘zi bilan ham ifodalash mumkii. «Men Yaxshi niyat, Yaxshi so‘z va Yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman»1 — deb yozilgan «Yasna»da. «Yaxshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtoj va xavf-xatar ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan do‘stlik va hamkorlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikri-xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg’azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi»2, — deb hisoblangan.

Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo‘shilishga, el bilan birga bo‘lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Zamonlar o‘tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o‘zlaridagi xislatlarning nafaqat Xudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg’ay bordilar. Jumladan, Yaxshi so‘zlar - ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oklash, hamma oldi-berdilarda halol bo‘lish, o‘zgalarning haqini emaslik, buzuqlikdan o‘zini to‘xtata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyib bordi.

Ajdodlarimizning ko‘hna tarbiyaviy tizimi hozirgi kunlarda biz to‘qnashgan axloqiy, madaniy, jismoniy, ekologik muammolarni bartaraf qilish nuqtai nazaridan bebahodir. Zardushtiylik axloqli kishining sog’-salomat, kuchli bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga uning ma’naviyatiga asosiy e’tiborni qaratgan. Jumladan, ayol kishiga hurmat, uni e’zozlash, ona sifatida qadrlash g’oyalari markaziy o‘rinlardan biriii egallagan. Demak, bu g’oya yosh avlodga kundalik turmushda, yaxshi bolaning namunaviy siymosi orqali ijtimoiy tarbiyada izchil singdirib borilgan.

Markaziy Osiyoda islom ta’limotinint tarqalishi nafaqat diniy, balki axloqiy, ta’lim-tarbiya sohasida ham, oiladagi ma’naviy muhitda ham, katta burilish yasadi. Ajam mamlakatlari xalqlari, sunniylikning hanafiya mazhabi tarkibida o‘z milliy an’analarini shariat ahkomlari bilan uyg’unlashtirdilar.

Qur’oni karimdagi, hadislardagi ota-ona, farzandlarning ota-onalari oldidagi qarzlari haqidagi ibratlar barcha musulmonlarga farzandlarini oqibatli qilib tarbiyalashni farz qildi.

Movarounnahrda machitlar ochilib, imomlar o‘gil bolalar uchun maktablar tashkil qila boshladilar. Turkiy til yangi so‘z — «maktab» (ar. «yozuv o‘rgatiladigan joy») bilan boyidi. XII asrdan boshlab islom dini turkiy tillarda yozilgan she’rlarda — Ahmad Yassaviyning «Hikmat» to‘plami, keyinchalik So‘fi Olloyorning ikki to‘plamida va boshqa to‘plamlarda ommalashtirila borildi.

Madrasa va maktablarga dunyoviy bilimlar kirib kela boshladi. Bunga Qur’oni karimning «Har bir musulmon va muslimaning ilm olishi farzdir», — degan oyati asos bo‘ldi. Buning natijasi o‘laroq, Beruniy, Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino kabi allomalar qomusiy bilimlarning yuksak cho‘qqilarini egalladilar.

Aflotun fikriga ko‘ra, «muhabbat-eng yetuk e’tiqod, xar bir shaxs uchun shakllanish jarayondir»1. Ishq utida yonish hamma narsani unitish emas, balki boshqalardan ibrat olib, uzida yaxshi fazilatlarni shakllantirish hamdir. Yaxshi, pokiza kiyinishga, me’yor darajasida o‘ziga zeb berishga, uy- ruzg’or ishlarini ozoda va pokiza olib borishga, axloq, odob borasida ham ko‘zga tashlanishga harakat qiladi. Sevgan kishisining e’tiboriga sazovar bo‘lishga intilish insonni ma’naviy poklanish yo‘liga chorlaydi... O‘zi go‘zal bo‘lsa ham farosatsiz, axloq ham odobi tuban, ishyoqmas, erkatoy qizni hech kim umr yo‘ldosh tanlashga botina olmaydi.

O‘zbekiston xalq artisti Gavharxon Matyoqubova «Ba’zi to‘y va ziyofatlarda pul ketidan quvib, o‘zlariga raqqosa nomini olgan yosh qizlarimizning o‘y harakatlarida va behayoliklarini ko‘rib, raqqosa kasbini tanlaganligi uchun afsuslanasan kishi.... Eng yomon tomoni shundaki, davradagi shilqim qizlarni ko‘rgan ota-ona o‘z qizlarining rakqosa bo‘lishi uchun hech qachon rozilik berishmaydi. Natijada bu sohada o‘ta ishtiyoqmand, talantli yoshlar orzusi g’unchalik chog’idayok so‘nadi»2.

Erkak va ayol Alloh baxsh etgan ehtiyoj asosida bir-biriga intiladi. Bu intilish asosida ruhiy, jismoniy lazzat ham yotadi. Bo‘lmasa inson avlodi davom etmas edi. Lekin avlod insonga lazzatlanishdan tashqari o‘z hatti-harakatlarini boshqarish uchun unga aql, idrok, ong, idora ham bergan. Insonning insoniyligi o‘zini boshqara bilishda bilinadi.

Sevgida biologik ehtiyojlaridan ma’naviy omil va ma’suliyat ustunlik qilish baxtli oila ko‘rishning asosiy shartlaridandir. Bu ikki omil mushtarak bo‘lsa, oilada sog’lom ruhiy muhit yuzaga keladi, muhabbat haqiqiy, hayotiy ahamiyat kasb etadi, uzoq mustahkam shirin turmushga ma’naviy asos bo‘lib qoladi. Hayotning ma’naviy omillarini unutib, bir-birini chiroyiga uchib turmush qurish har doim ham kutilgandek natija bermaydi.

Ishqning birinchi uchquni tashqi qiyofani qurishdan boshlanadi. Ichki ruhiy olamni chuqurroq bilish asosidagina bu birinchi his, tuyg’u haqiqiy muhabbatga aylanadi. Haqikiy muhabbat asosidagina yoshlar bir-biriga hamdard, hamkor, mehribon, oqibatli bo‘lib qoladilar.

Ma’lumki, ma’naviy omillar xisobga olinmay tug’ilgan sevgi oddiy his-tuyg’udir. Muhabbatning yozilmagan qonunlari ko‘p. Lekin bu borada minglab yillar davomida to‘plangan tajriba va an’analar borki, ularni paymol etib ham bo‘lmaydi.

Muhabbat - ikki yosh o‘rtasidagi axloq, xayo, andisha, uyat, oru-nomus iffatdan to‘qilgan ma’naviyat pardasidir. Ma’naviyatsizlik tufayli baxt qushini qo‘lidan uchirgan bir umr baxtsiz bo‘lib qoladi. «Osonlikcha qo‘lga kiritilgan amal, boylik, zebu-ziynat baxtlilik belgisi emas. Haqikiy baxt faqat halol mehnat, mashaqqat, azob-ukubat bilan qo‘lga kiritiladi»1.

Sof muhabbat tuyg’usi barcha butun insoniyatda bor. Insoniyatning go‘zal umumiy ma’naviy jihatlaridan biri ham shudir. Sevgi, oila munosabatlarida ma’naviyatsizlikka yuz tutish umuminsoniy qadriyatlardan ham yuz o‘girishdir.

Sevgi, muhabbat bobida ham ota-onalarning ibrati farzandlar uchun katta hayotiy maktabdir.




Download 11,8 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.