|
Psixik rivojlanish sharoitlari va uni harakatga keltiruvchi kuchlar
|
bet | 109/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Psixik rivojlanish sharoitlari va uni harakatga keltiruvchi kuchlar
Odamning psixik xsusiyatlari uning hayoti davomida, ya'ni ontogenetik tarzda yuzaga keladi; bu xsusiyatlarni tarkib topishi va rivojlanishida odamning ijtimoiy tajribasi tashabusi uning hayot iva faoliyati sharoitlari, ta'lim va tarbiya etakchi, xal qiluvchi rol o‘ynaydi, - deb urgatadi.
Muhit (keng ma'noda olganda), ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya azaldan berilgan, genetik jihatdan qatiy bo‘lgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoyitgina bo‘lib qolmay, balki inson psixik xsusiyatlarini tarkib toptiradi. Shuni alohida qayd qilib o‘tishimiz lozimki, «jamiyat talablariga javob beradigan muayyan shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida katta avlodning yosh avlodga ongli, maqsadga muvofiq ta'sir ko‘rsatish protsessii» sifatida ta'lim va tarbiya xal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Birinchidan, shuni qayd qilib o‘tish kerakki, odam muhit ta'siri ostidagi passiv ob'ekt bo‘lmay, balki faol, faol mavjudotdir. Shuning uchun tashqi hayot sharoiti. Tashqi ta'sir inson psixikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo‘lgan o‘zaro ta'siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilaydi.
Shu sababli muhitning ta'siri haqida emas balki odamning tevarak atrofdagi muhit bilan faol o‘z aro ta'siri haqida gapirish to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi oqibat natijada tashqi sharoitlarga tashqi tasurotlarga bog‘liqdir. Lekin bu rivojlanishning bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib bo‘lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xsusiyatlari va psixik qiyofasi orqali ta'sir qiladi. Mana shu manoda tashqi ta'sir individning o‘ziga xos psixikasi va shaxsiy tajribasini o‘z ichiga olgan ichki sharoit orqali bilvosita ta'sir qiladi.
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o‘zi ham ongli ravishda o‘z shaxsini o‘zgartirishi, ya'ni o‘zi-o‘zini tarbiyalash bilan shugullanishi mumkin. Lekin o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni tevarak atrofidagi muhitdan ajirilgan holda bormaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan faol o‘zaro munosabatda sodir bo‘ladi. Shuning uchun o‘zini-o‘zi tarbiyalashda ham muhitning ta'siri ko‘rinib turibdi.
Xulosa chiqarish mumkinki, bir xil tashqi sharoit, bir xil muhit, turli bolalarga, o‘smirlarga, yigit va kizlarga turlicha ta'sir ko‘rsatish mumkin. Maktab o‘quvchisining psixik taraqqiyoti qonunlari shuning uchun ham murakkaki, psixik taraqqiyotning o‘zi murakkab va qarama-qarshi o‘zgarishlardan iborat jarayondir. Psixik taraqqiyotning faktorlari, talim va tarbiya sharoitlari xilma-xil va ko‘p kirralidir. Biz yuqorida aytib o‘tilganidek, bu faktor va sharoitlar turli bolalarga turlicha ta'sir qilishi mumkin.
O‘z-o‘zidan ravshanki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar zarurdir. Insonning psixik xsusiyatlari normal tarkib topishi uchun muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va inson nerv sitemasi bo‘lishi shart. Insoning tabiiy xsusiyatlir psixik rivojlanishning muhim shartidir. Bu tabiiy xsusiyatlar psixik rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar, faktorlar emas, balki faqat dastlabki shartalrdir.
Miya biologik tarzda tashkil topgan organ sifatida ongning yuzaga kelishi uchun dastlabki shartlardir, ong esa inson ijtimoiy turmushning maxsulidir. Nerv tizimi tevarak atrofdagi olamni aks etirish uchun tug‘ma organiq imkoniyatlarga ega lekin tegishli qobiliyat faqat ijtimoiy hayot sharoitidagi faoliyatda tarkib topadi. qobiliyat ko‘rtaqlarining, ya'ni nerv tizimsi va miyada ba'zi bir tug‘ma anatomik – fiziologik xsusiyatlarining mavjudligi qobiliyatlarning rivojlanishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlardir.Amo bu shart sharoitlarning mavjudligi hali qobiliyatlarning rivojlanishini ta'minlamaydi. Qobiliyatlar hayoti va faoliyat sharoitlari, odamga beriladigan ta'lim va tarbiya ta'siri ostida tarkib topadi va rivojlanadi.
Tabiiy xsusiyatlar taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, psixik taraqqiyotga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatadi. Birinchidan tabiiy xususiyatlarsixik xususiyatlar taraqqiyotning turli y ullarini va usullarini belgilab beradi .Inson nerv tizimsining xususiyatlari o‘z –o‘zicha shaxsning hech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi.
Hech bir normal bola dadil yoki qo‘rqoq, irodali yoki irodasiz mehnatsevar yoki yalkov intizomli yoki intizomsiz bo‘lib tugilmaydi. Agarda turbiya to‘g‘ri tashkil qilinsa nerv tizimining istalgan tipi asosida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli xususiyatlarini hosil qilish mumkin masalan sabot matonat va o‘zini tuta bilish xislatini nerv tizimsining tipii shiddatli (Pavlov bo‘yicha) bo‘lgan bolalarda ham nerv tizimsining tipi vazmin bo‘lgan bolalarda ham tarbiyalash lozim va tarbiyalasa bo‘ladi.
Ikkinchidan tabiiy xususiyatlar odamning biror sohada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta'sir qilishi mumkin, masalan, qobiliyat ko‘rtaklarida tug‘ma individual farqlar bo‘lmaydi shu sababli ba'zi odamlar boshqa odamlardang ma'lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jihatidan ustun turishlari va shuning bilan bir paytda bir faoliyat turini egallash imkoniyatini o‘zini musiqa qobiliyati rivojlanishi uchun qulay tabiiy kurtakka (tabiiy sharoitga ega bo‘lgan bola boshqa hamma sharoitlar bir xil bo‘lishiga qaramay musiqa qobiliyati rivojlanishi uchun tabiiy kurtakka ega bo‘lmagan bolaga nisbatan musiqa sohasida tez rivojlanadi va nisbatan katta yutuqlarga erishadi, mana shu ma'noda olganda odamlar o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar .
Psixik rivojlanishning biologik asoslari tug‘ma tabiiy ko‘rtaqlar masalaga yakun yasar ekanmiz maktab rahbarlari va o‘qituvchilarning diqqatini asosiy xulosaga qaratish lozim garchi tabiiy qo‘rtaqlar maktab o‘quvchisining psixik rivojlanishi ma'lum ahamiyatga ega bo‘lsa (shu sababli, masalan ta'lim jarayonida ayrim o‘quvchilarda boshqa o‘quvchilarda nisbatan ko‘proq zo‘r berish talab qilinadi, ayrim o‘quvchiga o‘qituvchi boshqa o‘quvchiga nisbatan ko‘proq kuch sarflaydi e’tibor beradi va ko‘proq vaqt ajratadi.
Bu ko‘rtaklarning o‘zi psixik taraqqiyotida hal qiluvchi rol uynamaydi. Ana shuning uchun ham o‘quv tarbiya ishlarida jiddiy kiyinchiliklar yuz bergan vaqtlarda o‘qituvchilar o‘quvchilarda haqiqatdan ham (yoki chamasi) tabiiy qobiliyat kurtaklari yo‘k ekan deb qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urishlariga, xafsalasiz bo‘lishlariga hech qanday asos yo‘k. Rivojlanish deganda – hodisalarning har xil ikki kategoriyasi tushuniladi, ammo bu kategoriyalar bir birlari bilan chambarchas bog‘langandir.
Miyaning o‘z biologik organik etilishi, uning anatomik biologik tuzilish jihatdan etilishi psixik (aqliy)rivojlanishning ma'lum dinamik darajalari sifatidagi o‘ziga xos aqliy etilish sifatidagi psixik (shu jumladan aqliy) rivojlanish. O‘z-o‘zidan ma'lumki aqliy rivojlanish miya tuzulishining biologik etiilishi bilan bog‘liqdir va bu faqat o‘quv tarbiya ishlarida albata hisobga olinishi lozim.
Ta'lim miyaning organik jihatdan etilishini inkor eta olmaydi.Miya tuzilishining organik jihatdan etilishini muhitga ta'lim – tarbiyaga mutlaqo bog‘lanmagan holda o‘zining qat'iy biologik qonunlari asosida sodir bo‘ladi deb bo‘lmaydi. Muhit ta'lim tarbiya va tegishli mashq miya tuzulishining organiq jihatdan etilishiga yordam beradi, shuning uchun masalan, biz aqliy rivojlanish haqida gapirganimizda bu jarayonni miyaning biologik jihatdan etilishi bilan chambarchas bog‘langan holda sodir bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Ta'limsiz to‘la aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Ta'lim rivojlanishiga stimul bo‘ladi rivojlanishni o‘z orqasidan ergashtirib boradi ta'lim masalan, katta J.Piaje fikridek mantiqiy fitkrlashni ta'minlovchi miya tuzilishlarining To‘la tukis etilishini kutib turmaydi.Zarur sharoit tugilganda ta'lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun stimul bo‘ladi. Lekin ta'lim rivojlanishiga stimul bo‘lish bilan o‘zi rivojlanishiga tayanadi,erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini xisobga oladi, rivojlanishning ichki qonunlarini inkor etirmaydi. Inkor etolmaydi ham,ta'limning imkoniyatlari juda keng bulsa ham amo sheksiz emas. Ta'lim bilan rivojlanishni aynan uxshash narsa deb o‘ylash aynan bir narsa deb o‘ylash bir yoqlama fikr yuritishdir va shuning uchun ham bu noto‘g‘ri nuqtai-nazardir
Bolaning maktab o‘quvchisining psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar murakkab va turli tumandir. Rivojlanishning mohiyatini qarama-qarshiliklar kurashidan yoki ziddiyatlar ko‘rashidan iborat deb tushunishga asoslanib, bolaning, maktab o‘quvchisining psixik rivojlanishini bevosita harakatga keltiruvchi kuchlar ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladigan hamda bartaraf qilinadigan esqilik bilan yangilik o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan iiboratdir deyish mumkin. Bunday ziddiyatlarga, masalan faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularning qondirish imkoniyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar bolaning usib borayotgan jismoniy va ruxiy imkoniyatlari bilan eski tarkib topgan o‘zaro munosabat formalari va faoliyat turlari o‘rtasidagi ziddiyatlar jamoa katta odamlar tomonidan kundan kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur darajasi o‘rtasidangi ziddiyatlar kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ziddiyatlar hamma yosh uchun xarakterlidir, lekin qaysi yoshda namoyon bo‘lishiga qarab, ma'lum spetsifikaga (xsusiyatga) ega bo‘lib boradi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida mustaqil irodaviy faoliyatga nisbatan belgan tayyorgarlik bilan xatti-harakatlarning mavjut vaziyatga yoki vosita ichki kechinmalarga bog‘liqligi o‘rtasida ziddiyat bor. O‘smirda eng kuchli ziddiyatlar, bir tomondan, uning o‘ziga o‘zi baho berishi va o‘z talabalari darajasi va ikkinchi tomondan, atrofdagilarning unga nisbatan bo‘lgan munosabatlari haqidagi ichki kechinmasi o‘rtasida, shuningdek, o‘zining jamoadagi rael mavkei to‘g‘risidagi ichki kechinmasi o‘rtasida, katta odamlar hayotida to‘la xuquqli a'zo sifatida katnashish ehtiyoji bilan birga o‘z imkoniyatlarining mos kelmasligi o‘rtasida paydo bo‘ladi.
Dialektik nuqtai nazardan qaraganda, rivojlanish faqat sof miqdor o‘zgarishlari jarayonidan, ya'ni qandaydir psixik hodisalarning, psixik xsusiyatlar va sifatlarning ko‘payishi yoki kamayishidan iborat emas. Psixik rivojlanishni faqat, yosh oshgan sari diqqat xajmining, psixik jarayonlar ixtiyoriyligining, ma'no jihatdan esda olib koli shva shuning kabilarning ortishi, bola fantaziyasining kamayishi, xatti-harakatlarning impulsivligi, idrokining utkirligi, yangiligi va xokozolardan iborat deb bo‘lmaydi. Psixikaning rivojlanishi ma'lum yosh davrlarida sifat jihatdan yangi xsusiyatlarning, ya'ni « yangidan hosil qilingan sifatlarnin» (o‘smirlarda katta bo‘lib kolganlik xissining yoki ilk uspirinlikda mehnat qilib mustaqilhayot kechirish ehtiyojining) paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy tendentsiyalari, qonuniyatlari borligini qayd qilib ko‘rsatmokdalar. Lekin muhit ta'siriga nisbatan bu qonuniyatlari (keng ma'noda olganda) ikqilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o‘ziga xos xsusiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatga va tarbiyaga bog‘liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi novbatda psixik rivojlanishning noteksligi kiradi. Psixik rivojlanishning notekisligi shundan iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta'lim va tarbiyaning eng qo‘lay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funktsiyalari va psixik xsusiyatlari rivojlanishning bita darajasida to‘xtab turmaydi. Bolalarning rivojlanishidagi ayrim davrlarda psixikaning u yoki bu yo‘nalishlarda rivojlanishi uchun nihoyatda qo‘lay sharoitlar paydo bo‘ladi va bu sharoitlarning ba'zilari vaqtinchalik, utkinchi xarakterda bo‘ladi. Extimol psixik faoliyat ayrim turlarining tarkib topishi va o‘sishi uchun optimal muddatlar mavjud bulsa kerak.
U yoki bu psixik xsusiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qo‘lay sharoitlar bo‘lgan an shunday yosh davlatlari senzitiv davrlar deb ataladi (L.S.Vikotskiy, A.N.Leontev). Bundan senzitivlik davrining mavjudligiga miyaning organiq jihatdan etilish qonuniyati ham.,ayrim pisxik protsesslar hamda xususiyatlar asosida tarkib topishi ham (masalan, matematik tafakkur faqat ma'lum darajada tarkib topgan, abstrakt tafakkur kubulift asosida tarkib topishi mumkin) hayotiy tajriba ham sabab bo‘ladi. Masalan, nutikning rivojlanishi uchun 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr, ko‘pgina harakat malakalarning tarkib topishi uchun kichik maktab yoshdagi davr, matematik tafakkurning tarkib topishi uchun 15-20 yoshgacha bo‘lgan davr senzitiv davr xisoblanadi.
Boshqa bir qonuniyat psixika integrasiyasidir. Inson psixikasi o‘z taraqqiyoti davomida tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik mustahkamlik va doimiylik xsusiyatlarini kasb eta oladi. N.D.Livitovninng ko‘rsatishicha, kichkina bola psixik jihatdan turli frogmentar psixik holatlarining kichik bir tizimga uyushtirilganidan iboratdir. Psixik rivojlanish psixik holatlarning sekin-asta usib, shaxs xislatlariga aylanishidan iboratdir.
Uchinchi qonuniyat plastiklik va kompensatsiya imkoniyati I,P.Pavlov faqatgina tegishli ta'sir ko‘rsatilsa ,hamma narsaning yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkinligini ta'kidlab nerv tizimsini nihoyatda plastikligini ko‘rsatib o‘tgan edi.Ta'lim va tarbiya sharoitida bolaning ,maktab o‘quvchisining psixikasini maqsadga muvofiq o‘zgartirishning boy imkoniyati nerv tizimsining ana shu plastikligiga asoslanadi.
Plastiklik kompensatsiya uchun ham yo‘l ochib beradi:Bir xil psixik funktsiyaning rivojlanishi zaif yoki nuksonli bulsa boshqa funktsiyalar jadallik bilan rivojlanadi .masalan xotira kuchsiz bulsa uni faoliyatning zo‘r uyushganligiga va aniqligi bilan kompensatsiya qilish mumkin , ko‘rishdagi nuksonlar qisman eshitish analizatorining utkir darajada rivojlanishi bilan kompensatsiya qilinadi.Shunday qilib ,bolaning maktab o‘quvchisining rivojlanishi murakkab murakkab diolektik jarayondir.
Ayniqsa keyingi yillarda bolalar va maktab o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishining tezlashib borishida kurinayotgan akseleratsiya (lotincha tezlanish) hodisasi deb ataladigan hodisa bolalarning yosh xarakteristikasini qayta kurib chiqishga sabab buldi.
Bolalar tezroq usib rivojlanmokda va psixik intellektual rivojlanishida bunda bir necha un yil ilgarigiga qaraganda yuksakroq darajaga erishmokdalar ,olimlar akseleratsiya hodisasining ham biologik ham ijtimoiy sabablarini ko‘rsatmokdalar.Bu hodisaning biologik sabablari oz miqdordagi ionlashgan nurlanishlarning va radio tulkinlarining ta'siri ,qishloq xo‘jaligiga va meditsina da o‘sish va rivojlanishni stimullashtiruvchi biologik faol moddalarning qo‘llanilishi, inson ozukasida xayvon oksil moddalari miqdorining oshishidan iborat bulsa ,bu hodisaning ijtimoiy sabablari hayot tempining kuchayishi ,hayot tonusining ortishi televidenie radio kino orqali bolaning o‘smirning ilk yoshlik chogida n boshlab miyasiga yigiladigan g‘oyat ko‘p miqdordagi informatsiyalar , ma'lumotlar okimining ta'siridan iboratdir.
Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra bo‘larning hammasi yosh xususiyatlari xarakteristikasini shunchalik shartli beqaror harakatchan va dinamik qilib qo‘yadiki natijada yosh xususiyatlari degan tushunchaning o‘zi shubxa ostida qoladi.
Uylaymizki, bu fikr bilan kelishib bo‘lmaydi, yosh xususiyatlari yoshning eng tipik va eng xarakterli bo‘lgan hamda rivojlanishning umumiy yo‘nalishini ko‘rsatadigan umumiy xususiyatlari sifatida mavjuddir. Biroq o‘z o‘zidan ma'lumki yosh o‘zgarmas va absolyut kategoriya emas.Yosh –yosh chegaralari va yosh xususiyatlari tushunchasi absolyut emas ,balki nisbiy ahamiyatga egadir. Ta'lim-tarbiyaning vazifasi bolada maktab o‘quvchisida birinchidan mazkur yosh bosqichida yuksak rivojlanish darajasini xarakterlab beradigan va ikkinchidan bolani ,maktab o‘quvchisini keyingi yosh bosqichiga ya'ni psixik rivojlanishning yanada yuksakroq darajasiga qonuniy ravishda o‘tishga tayyorlanadigan psixik xususiyatlarini, xislatlarini va sifatlarini shakllantirishdir.
|
| |