|
Nazorat va muhokama qilish uchun savollar
|
bet | 110/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Nazorat va muhokama qilish uchun savollar.
1.Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va harakatlantiruvchi kuchlari haqida ma'lumot bering?
2.
3. Psixik taraqqiyotning qonuniyatlari nimalardan iborat?
4. Etakchi faoliyat deyilganda nimani tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010
3. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010
4. Aliyev Islambek Tursunbayevich. Pedagogika va Psixologiya. O‘quv qollanma. Toshkent-2012
5. Qodirov Obid Safarovich. pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand-2021.
Psixologiyaga oid atama va izohli lug‘atlar to‘plami
Affekt (latincha affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo‘ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli ro‘y beradigan kuchli his-tuyg‘u (g‘azablanish, qo‘rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq yoki ko‘proq moyil bo‘ladigan shaxslar ham bo‘lishini ta’kidlashadi. O‘zida affektiv reaksiyaga nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg‘otishga moyil bo‘ladilar.
Anglash – psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko‘chirishdan iboart psixik jarayoni bo‘lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o‘ziga xabar bermoq, o‘z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to‘g‘risida o‘ziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir to‘g‘risida o‘z-o‘ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir.
|
| |