|
Oila psixologiyasi
|
bet | 112/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Guruhlarning tuzilishi – guruh qismlarining kichik guruhlarga nisbatan barqaror bo‘linishi, guruhga kiruvchi kishilar o‘rtasida guruh vazifalarining taqsim qilinishi.
Gallyutsinatsiyalar (lat. hallucinatio - alahsirash, ko‘zga ko‘rinish) insonda kasal paytidagi psixikasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladigan mavjud bo‘lmagan, fantastik, xayoliy, uydirma obrazlar.
Guruh dinamikasi (grekcha dynamis – kuch) – bu guruhning o‘z holatini o‘zgartiradigan, rivojlantiradigan yoki buzadigan kuchlarning hamkorlikdagi jarayonidir. U asosan ikki xil yo‘nalishdagi jarayonlarda ko‘zga tashlanadi: guruh a’zolarining birlashuvi va aksincha, keskinlashuvi.
Guruh munosabatlari – a) guruh faoliyatining harakter iva mazmuni; b) guruhning umuman strukturadagi o‘rni, qadriyatli birligi va b. harakteristikasi; v) guruh a’zolarining sotsial individ sifatidagi o‘zaro shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning individual pozitsiyalariga ko‘ra guruhda uning a’zolari o‘rtasida qaror topadigan munosabatlardir.
Guruh roli (o‘rni) – guruh uchun bajaradigan vazifasiga ko‘ra insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (o‘rni, pozitsiyasi).
Guruh – umumiy bo‘lgan bir yoki bir necha belgilarga ko‘ra birlashgan kishilar yig‘indisidir.
Guruhning birdamligi - fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy harakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bo‘ladigan guruh a’zolari birligining psixologik harakteristikasidir.
Gipoteza – o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli tahmin tarzidagi bilim shakli.
Guruhda kuchlarning munosabati – bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh a’zolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va shakllarda namoyon bo‘ladi.
|
| |