|
Innovatsiya– ijtimoiy amaliyotda sezilarli o‘zgarishlar tug‘diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.
Idrok
|
bet | 114/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Innovatsiya– ijtimoiy amaliyotda sezilarli o‘zgarishlar tug‘diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.
Idrok – sub’ekt tomonidan uning ongiga nisbatan tashqi dunyodan ajratib olinadigan ba’zi butunlik va yaxlitliklarning bilish jarayoni va harakatlari davomida ongda aks ettirilishidir (bunga boshqa kishilar va inson o‘z tanasini aks ettirish ham kiradi). Aytaylik, insonning o‘z tanasining sog‘ligi yoki nosog‘lomligi to‘g‘risidagi ichki a’zolardan kelayotgan signal natijasida shaqllanadigan obrazni idrok etish ham, etmaslik ham mumkin. Ko‘pincha esa idrok deganda tabiiy va sotsial dunyodagi predmetlarni in’ikos ettirish tushuniladi. Ob’ekt bo‘lsa tashqi muhitda tayyor holda bo‘ladi-yu, u insonga ta’sir qiladi va natijada u inson tomonidan avtomatik tarzda aks ettiriladi, anglanadi, desak, unchalik to‘g‘ri emas. Aksincha, inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan ba’zi ob’ektlarni ajratib oladi va bu bilan go‘yoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi a’zolariga ta’sir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet yoki predmet emas deb hisoblash insonning o‘ziga bog‘liq: kim uchundir tashqi muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg‘unlashmaganlik (dissonans) va uyg‘unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg‘u berishlar, kimgadir turar joylarni muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular go‘yoki yo‘qdek «zo‘r berib eshitmaslik va ko‘rmaslik» payida bo‘ladi.
Iroda - insonning o‘z psixikasi va hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara olishida namoyon bo‘ladigan xususiyati (holati) dir. Iroda ongli tarzda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi yo‘lida ro‘y beradigan to‘siqlarni yengib o‘tish davomida namoyon bo‘ladi. Uni o‘z-o‘zini zo‘rlab qiynash bilan tenglashtirmaslik kerak. Iroda hamma vaqt ham o‘z-o‘zini majburlash bilan bog‘liq emas. Bu baribir o‘z maqsadiga erishishishi yo‘lida ishonch, kelishish, ayyorlik, o‘rgatish, o‘z xususiyatlaridan mohirona foydalanish (odatlar, standart reaksiyalar, zaifliklardan) bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy norma – shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolarixulq – atvoriga nasbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talabi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Innovatsiya– ijtimoiy amaliyotda sezilarli o‘zgarishlar tug‘diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.
Idrok
|