|
Oila psixologiyasi
|
bet | 122/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Hayotiy ma’nolar – bu inson uchun uning borliq bilan befarq bo‘lmagan shunday aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni o‘rab olgan voqeilikdan ob’ektiv bog‘liqligi sifatida ham, uning ehtiyojlari va intilishlari ko‘rinishida ham o‘z aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz davomida hattoki, ko‘p hollarda o‘zimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda ulardan juda ko‘p foydalanamiz. Bu o‘rinda «turmush» so‘zidan tashqari «kundalik psixologiya» yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong tarkibiga kiradi.
Xotira – insonning o‘tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga yo‘naltirilgan ko‘plab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir.
Hatti-harakat – insonning axloqiy o‘z-o‘zini ko‘rsatish momenti bo‘lib, bunda u boshqa kishiga nisbatan munosabati, o‘z-o‘ziga, guruh yoki jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs sifatida o‘zini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki faoliyatsizlik; so‘zlarda bildirilgan pozitsiya; imo-ishora ko‘rinishida, qarash, nutq ohangi, matnning ma’nosi shaqlidagi biron narsaga nisbatan munosabatda jismoniy to‘siqlarni yengib o‘tish va haqiqatni izlash tomon yo‘naltirilgan harakatda kabilarda ifodalanadi. Hatti-harakat – sotsial hulq-atvorning asosiy birligidir, uning hamisha guvohlari bo‘ladi: o‘zining sotsial ifodasini topmagan ichki yechimi hali hatti-harakat bo‘la olmaydi. Shuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas harakterga ega, uni «qayta o‘ynab» bo‘lmaydi – aynan shu yerdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlik vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bo‘lib qolmasdan, balki ushbu sifatda shaqllanadi ham.
Qayta hosil qilish – kuzatish mumkin bo‘lgan u yoki bu belgilar shaqlidagi faollashgan mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bo‘lgan aqliy hodisadir.
O‘ylar – insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir.
Shaxsiy kontakt – o‘zaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki ko‘proq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.
Shaxs erkinligi – insonlarning o‘z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, o‘zi istagan kasb, hunarli, diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.
Shaxs – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror funksional tizimki, uning yordamida inson o‘zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bo‘libgina qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir bo‘ladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, ya’ni bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlarni tanlash, o‘z hayoti hamda o‘zgalar hayoti bilan ham bog‘liq bo‘lgan ko‘plab muhim momentlarni sarhisob qila olishi, o‘z hatti-harakatlari uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga ola bilishi kabilardir.
|
| |