|
Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka
|
bet | 117/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko‘nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo‘lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko‘ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko‘nikmalar faqat oson payqash mumkin bo‘lgan harakatchan bo‘lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo‘ladi. Avtomatizmdan iborat bo‘lgani holda ko‘nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o‘z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko‘nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo‘la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo‘yishdan qo‘rqadi).
Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy yechim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o‘z salohiyatini o‘stirish, shaxsiy o‘sishi, sotsial yetuklikning shaqllanishi tomon harakatlanishi yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Munosabatning o‘zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday o‘zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog‘lig‘iga, ularning obro‘siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. O‘zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning do‘st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni mashara qilishayotganligi va ko‘plab boshqa narsalarni anglay boshladim.
Mazmun– bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir ob’ekt o‘rtasidagi munosabatni xira bo‘lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko‘ra paydo bo‘ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yo‘q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo‘lib tuyo`lgan yumush (o‘ra qazish) yollangan yer qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni yechish, tasodifiy yo‘lovchi uchun esa piyodalar yo‘lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg‘unchilik mazmuniga ega bo‘lib tuyo`ladi.
Me’yor– ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o‘zaro bog‘liqligini anglatadigan, mazmukn va shaql imkoniyat va voqeilik o‘rtasidagi zaruriy uyg‘unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o‘zaro bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka
|