• Shaxsiy munosabat
  • Shaxsiy aloqalar
  • Qobiliyatlar
  • Oila psixologiyasi




    Download 1,25 Mb.
    bet123/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Shaxsiy aloqadorlik – bu bog‘liqlikning dinamik jihati bo‘lib, hamkorlar o‘rtasidagi maqsadga erishishda qo‘llaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har birining qo‘llaydigan strategiyasini koordinatsiya qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog‘liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv o‘zaro hamkorlik yoki kurashga, har bir tomonning o‘z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni o‘zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o‘z usul va vositalaridan iborat bo‘lishi mumkin.
    Shaxsiy munosabat – bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va o‘zaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar o‘rnatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra jarayoni, ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘rnatilishi va saqlab turilishidir. Kontakt, o‘zaro aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari hisoblanadi.
    Shaxsiy aloqalar – bu muayyan vaqt ichida ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasida qaror topadigan barqaror munosabatlardir. Dastlab o‘zaro aloqadorlik ko‘rinishida paydo bo‘lib, keyin tez takrorlanishi tufayli u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, musobaqa, muhabbat, do‘stlik, ishbilarmonlik munosabatlari. «Jabrdiyda-agressor», «xotinboz – farqiga yetadigan xonim», «injiq boshliq – sustkash ijrochi» va boshqa shunga o‘hshash qaror topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni o‘zgartirgunga qadar noaniq muddat davomida mavjud bo‘lib turadi.
    Ehtiyojlar – inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bo‘lgan yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida sub’ektning hayotiy faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yo‘qotishga qaartilgan sezilarli ta’sir kuchiga ega.
    Qobiliyatlar – u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog‘liq bo‘ladigan insonning individual – psixologik xususiyatlari bo‘lib, uning yordamida inson teng bo‘lgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga oshirish yo‘llarini o‘zlashtirib oladi.
    E’tiqod – shaxning shunday ongli yo‘nalishki, unga o‘y-qarashlari, prinslari va dunyoqarashga mos tarzda yashashga imkon beradi, e’tiqodning predmeti tarlicha bo‘ladi. Vatanga, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go‘zallika va shunga o‘xshash.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




    Download 1,25 Mb.