• 4. “Ximoya orderi” nima Ximoya orderini qoʻllash mexanizmlari va amaliyot taxlili
  • Oiladagi zoʻravonlik boʻyicha namunaviy qonunchilik” 44
  • Oila va xotin-qizlar




    Download 2,57 Mb.
    bet63/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    7. Oʻziga ishonch. Shuni esda tutish kerakki, zoʻravonlik paytida oʻz xissiyotlariga ishonish yaxshiroqdir: baʼzida qochish kerak, baʼzan esa jinoyatchini tinchlantirishga harakat qilish kerak.
    8. Bolalarni tayyorlash. Bolalarga tez yordam xizmatiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilishni oʻrgatish va favqulodda vaziyatda buni qilish kerakligini tushuntirish zarur.


    4. “Ximoya orderi” nima? Ximoya orderini qoʻllash mexanizmlari va amaliyot taxlili
    Jahon amaliyotida oiladagi zoʻravonlikning oldini olish muammosiga ikkita asosiy yondashuv mavjud:
    1) oilaviy nizolarni hal qilish yoʻli bilan oilani saqlab qolishga qaratilgan restavratsion-kelishuv (tiklash), shu jumladan mediatsiya (vositachilik) texnologiyalari va tibbiy-psixologik yordamning tuzatish dasturlari;
    2) qarama-qarshi tomonlar oʻrtasidagi munosabatlarni toʻxtatish orqali zoʻravonlik siklini buzishga qaratilgan jazolash43. Jazoviy yondashuv shaxsni oila ichidagi zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy vositalaridan biri sifatida himoya tartibini oʻrnatishni oʻz ichiga oladi. U xorijiy amaliyotda keng va muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.
    Himoya orderlari 1996-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Oiladagi zoʻravonlik boʻyicha namunaviy qonunchilik”44 qabul qilingandan keyin keng tarqaldi. Mazkur hujjat oiladagi zoʻravonlik toʻgʻrisidagi qonunning asosiy maqsadlarini belgilab beradi va jabrlanuvchilar tomonidan shikoyat qilish mexanizmini ochib beradi.
    Bundan tashqari, u jabrlanuvchilarning huquqlarini, davlat organlarining, shu jumladan politsiyaning oilaviy zoʻravonlik faktlariga javob berish va zoʻravonlik jabrlanuvchilarining huquqlarini yanada himoya qilish boʻyicha harakatlarining algoritmini, politsiya xodimlarining, adliya va sudning javobgarligini nazarda tutadi. Mansabdor shaxslarga murojaat qilish va himoya orderini berish tartibini tavsiflaydi hamda favqulodda va tez yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni aks ettiradi.
    Oʻzbekiston Respublikasida himoya tartibi instituti joriy etildi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi 23-moddasida himoya orderini berish algoritmi, tartiblari himoya tartibini kengaytirish, mazmuni va himoya tartibida nazarda tutilgan cheklovlar tartibga solingan “Himoya orderi berish”, 23-moddada “Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish”, 25-moddada “Himoya orderining mazmuni”, 26-moddada “Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlar” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-561-son Qonuni.
    Tazyiq va ​​zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsga nisbatan harakatlar algoritmi va himoya orderini berish tartibini, shuningdek, yuqoridagi qonun hujjatlariga muvofiq tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga nisbatan koʻriladigan choralarni koʻrib chiqamiz.

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




    Download 2,57 Mb.