Himoya orderi nima?
Himoya orderi – tazyiq va zoʻravonlik jabrlanuvchiga davlat
himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq oʻtkazayotgan yoki ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladigan hujjat. Tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zoʻravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida himoya orderini oʻttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Himoya orderini berish tartibi qanday va u kimga beriladi?
Himoya orderi:
Himoya orderi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi.
Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
H imoya orderida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish huquqi toʻgʻrisidagi, tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarligi haqidagi maʼlumot koʻrsatiladi.
Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda uni bajarmaslik oqibatlari va zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Shaxs himoya orderini olish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Himoya orderi talablarining bajarilishi ustidan ichki ishlar organi tomonidan nazorat oʻtkaziladi.