YO‘RIQNOMA
Oilalar va mahalladagi ijtimoiy-psixologik muhitni aniqlash uchun ularda boshlang‘ich psixologik bilimlarni bo‘lishi, professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilishi talab etiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy va psixologik maslahat, yordamga muhtoj, nizoli, notinch, hulq og‘ish holatiga moyil oilalar va ularning farzandlari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar do‘stona bo‘lishi va albatta sir saqlanishi talab etiladi.
Oila, mahalla va ta’lim muassasalarida oilalar bilan olib boriladigan ishlar bosqichma-bosqich olib borilishi maqsadga muvofiqdir:
I bosqich – professional ta’lim muassasalarida volenter – psixolog tayyorlash yuzasidan kurs dasturi, yo‘riqnomasini ishlab chiqish, shu asosda volenter-psixologlarni seminar-treninglar yordamida tayyorlash.
II bosqich – barcha oilalarni ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik o‘rganish (maxsus test va so‘rovnomalar yordamida) va oilalar bilan ishlash guruhini shakllantirish:
– bu jarayon ta’lim muassasadiga mutassadi vakillar;
– malakali mutaxassislar;
– yoshlar, oila va xotin-kizlar tashkilotlari;
– professtonal ta’lim muassasalari vakillari, mahallaning xotin-qizlar faollari,”Oqila ayollar”harakati, diniy ma’rifat ishlari bo‘yicha targ‘ibotchilar, yoshlar yetakchilari, “Buvijonlar”maktabi, ko‘chaboshilar vakillari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
III bosqich – amalda oshirilgan ta’limiy-tarbiyaviy, ijtimoiy tadbirlar monitoringini olib borish, tahlil qilish.
IV bosqich – oyda bir marta oila, mahalla va ta’lim muassasalarida ma’naviyat kuni tashkil etish.
Unda oila, mahalla va ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish uchun akademik litsey va kasb-hunar ta’limi psixologlari, pedagoglari, faol fuqarolar ishtirokida kechalar, uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etish.
Barcha bosqichlarda amalga oshiriladigan ishlar mazmuni va mexanizmi kuyidagicha tashkil etiladi:
1. Oila va xotin – qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkiloti har bir professtonal ta’lim muassasalaridan, mahallada, oilada, jamiyatda o‘z o‘rnini topgan, namunali, davlat va jamiyatda obru-e’tiborga ega, ko‘chasi, qarindosh-urug‘lari, jamoasi va ta’lim muassasasi ichida yo‘lboshchi sifatida tan olingan o‘qituvchilardan seminar-treninga valenter – psixolog nomzodligiga tanlanadi.
2. Ikki kunlik seminar-treninga yosh yigit va qizlar vakillari, professional ta’lim muassasalari vakillari, mahallaning xotin-qizlar faollari,”Oqila ayollar” harakati, diniy ma’rifat ishlari bo‘yicha targ‘ibotchilar, yoshlar yetakchilari, “Buvijonlar”maktabi, ko‘chaboshilar vakillari taklif etiladi va o‘qitiladi.
3. Seminar-trening noan’anaviy metodlar asosida o‘tkaziladi (ma’ruza, rolli o‘yin, baxs-munozara, trening, videokonferensiya, muommoli vaziyatlar yaratish va ularning yechimini topish, sahna ko‘rinishi, test yechimlari va boshqalar).
4. Seminar-treningni psixologlar olib boradi.
Volenter-psixologlarning vazifasi kuyidagilardan iborat bo‘ladi:
– barcha oilalarni ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik o‘rganish:
– notinch va noqobil oilalarni aniqlash;
– tarbiyasi og‘ir, jinoyatchilikka moyilligi mavjud yosh yigit va qizlar vakillarini aniqlash, ular bilan suhbatlar olib borish. Eksperimental-psixologik testlar orqali ularning individual-psixologik hususiyatlarini aniqlash va ta’sir etuvchi omillar mexanizmini o‘rganish;
– oilada, sog‘lom muhitni shakillantirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish;
– barcha professional ta’lim muassasalari vakillari yosh yigit va qizlar vakillari bilan psixologik testlar va so‘rovnomalar o‘tkazish.
2. Oilalar bilan ishlash guruhini shakillantirish:
– notinch oilalarda individual suhbatlar olib borish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish;
– mutaxassislar ishtirokida uchrashuvlar, suhbatlar olib borish;
– jamoat tashkilotlari bilan oilalardagi ma’naviy muhitni yaxshilash choralarini ko‘radi;
– olingan dastlabki ma’lumotlar asosida ma’naviy-ma’rifiy va psixologik maslahat, yordamga muhtoj, nizoli, notinch, hulq og‘ish holatiga moyil oilalar va ularning farzandlari bilan yakka tartibda psixologik yordam tashkil etadi. Zarurat bo‘lganda bunday oilalar va ularning a’zolari bilan tegishli mutaxassislar yordamini tashkil etadi (psixonevrologlar, psixaterlar, psixoterapevtlar, pedagoglar, huquqshunoslar, ijtimoiy xodimlar va b. q.).
3. Professional ta’lim muassasalarida olib borilgan so‘rovnomalar tahlil qiladi:
– ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma o‘tkazladi;
– ijtimoiy xavf guruhiga mansub oilalarni aniqlaydi;
– oyda bir marta psixolog tomonidan o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etadi;
– mahallada test bankini yaratadi.
4. Professional ta’lim muassasalarida bir oyda bir kunni “Ma’naviyat kuni” deb e’lon qilish:
– mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim tarixiy voqealarni tahlil qilish;
– aholini ongiga olib borilayotgan oqilona siyosat, vatanparvarlik g‘oyasini singdirish;
– “Ma’naviyat kuni” da barcha faol va nofaol oilalar, notinch oilalarni taklif etish;
– maktab va boshqa mahalla hududidagi tashkilotlar bilan hamkorlik olib borish.
|