|
Professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash
|
bet | 69/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)Professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash samaradorligini ta’minlashda ushbu masalaga doir yangi qonunlarga ehtiyoj va zaruriyatni o‘rganish, mavjud huquqiy-me’yoriy hujjatlarni O‘zbekistonda ta’lim beriladigan turli tillarga tarjima qilishni yo‘lga qo‘yish o‘z ijobiy samarasini beradi. Shuningdek bu o‘rinda ushbu masala yuzasidan sog‘liq uchun zararli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulatlarini istimol qilish bilan bog‘liq kasalliklarning keng tarqalishining oldini olish, ta’lim muassasalari o‘quvchilarida sifatli ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ovqatlanish madaniyatini tarbiyalashga erishish, buning uchun esa yoshlar o‘rtasida turli mavzularda tanlovlar, suhbatlar, viktorinalar, olimpiadalar, seminar-treninglar va boshqa samarali tarbiyaviy ish shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, professional ta’lim tizimidagi yosh yigit va qizlar bilan konferensiyalar, o‘quv seminarlari, sport turnirlari, munozaralarni o‘z vaqtida va yuqori saviyada o‘tkazilishi, uslubiy qo‘llanmalar, ma’naviy-ma’rifiy xarakterdagi adabiyotlar mutolasini yo‘lga qo‘yish, ularning bo‘sh vaqtlarini qiziqishlariga ko‘ra tashkil etish, hamda bu borada ta’lim muassasalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ilg‘or tajribalarni muntazam ravishda umumlashtirish hamda ular faoliyatidagi ijobiy natijalarni OAV da keng yoritish, bola farovonligini ta’minlashning ma’naviy asoslarini yoshlar ongiga singdirish samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi “Maslahat markazlari”, “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni takomillashtirishda namunali oilalarning ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, oila muammolariga oid qiziqtirgan savollar bo‘yicha maslahatlar olish va berish maqsadida MOOKlar(Ommaviy ochiq onlayn saytlar)ni yo‘lga qo‘yish, vebinarlar (vebseminarlar, vebkonferensiyalar, vebdebatlar, veb murojaatlar, metodik vebsahifalar va b. q), internet tarmoqlarida “Oilaviy hayot sirlari” maxsus saytlari tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda esa yoshlarni sog‘lom oilaviy hayotga tayorlash masalalari bo‘yicha, yosh oilalarning turmush borasida qiziqtirgan savollariga javoblar topishda, oila, ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining kengayishida, namunali oilalarning hayotiy tajribalaridan xabardor bo‘lishda juda keng auditoriya (turli toifa oilalar, turli kasb ota-onalar, yosh yigitlar va qizlar, mutaxassislar va b. q.) ning qamrab olinish imkoniyati vujudga keladi.
Mamlakatimizda professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni ta’minlashning normativ-huquqiy poydevori yaratilganligi va uning amaldagi samaradorlik darajasini muntazam o‘rganish va monitoring olib borish o‘zining ijobiy natijasini berishi tabiiydir. Monitoring jarayonida professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash ko‘rsatkichlarini belgilovchi qo‘yidagi masalalarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
– yoshlarning ma’naviy-axloqiy yetukligi;
– yoshlarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish holati;
– bolaga oila, mahalla va keng jamoatchilik tomonidan berilgan e’tibor;
– bola shaxsining kasb-hunar egallashga bo‘lgan qobiliyati va ehtiyoji;
– ijtimoiy mehnat madaniyati;
– yoshlarning oilaviy hayotga tayyorgarlik darajasi;
– o‘z vataniga, oilasiga, turar-joyiga, urf-odatlariga, an’analariga, tiliga, diniga va boshqa ma’naviy qadriyatlariga sodiqligi, mehr-muhabbati va vatanparvarligi;
– mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli xalqlar, elatlar va millatlar o‘rtasidagi tinch-totuvlikni saqlash, tolerantlik darajasi va boshqa holatlarni doimiy o‘rganish, nazorat qilish va monitoring olib borish bola farovonligi ta’minlash yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirishda muhum ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda ushbu masalalar yuzasidan olingan ma’lumolar asosida statistik to‘plamlar va byulletenlar, statistik axborotnomalar bazasini yaratish va takomillashtirish davr talabidir.
Shunday qilib, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy tarbiyalash samaradorligini oshirishda:
– ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuniga ushbu masala bo‘yicha ustuvorlik berish; ta’lim muassasalarida “Yosh oila maktabi” nazariy-amaliy laboratoriyalarini tashkil etish; ushbular uchun dasturiy mahsulotlarni yaratish maqsadga muvofiqdir;
– oila pedagogikasi, oila psixologiyasi, oila iqtisodi, oila salomatligi, oila huquqi, oila demografiyasi, oila ma’naviyati, oila qonunchiligi, oila tadirkorligi, oilada bola tarbiyasi, oilada turli illatlarning paydo bo‘lishi va ularning oldini olish va boshqa yo‘nalishlarda rukunli risolalar, esdaliklar, videomateriallar, onlayn dasturlar, ko‘rgazmali targ‘ibot mahsulotlari( plakatlar, bukletlar va b. q) va boshqalarni yaratish hamda ularni har bir oilaga kirib borishini ta’minlash mexanizmi yaratilishi zarur;
– ota-onalar, ushbu masala bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari mutasaddilarining oila, oilada bola tarbiyasi bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida mahallalar, fuqarolik holatini qayd etish organlari, ta’lim muassasalarida “Yosh oilaga maslahatlar” xonalari, burchaklari tashkil etish orqali milliy va xalqaro qonunchilikning mazmun va mohiyatini ular ongiga singdirish lozim.
Mamlakatimizda professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni ta’minlashni ma’naviy negizini takomillashtirish yuzasidan sa’y-harakatlar rejasining maqsadlari, vazifalari va yo‘nalishlarini, uni amalga oshirishning borishini takomillashtirishda yosh yigit va qizlar yashaydigan shahar, tumanlarda, mahallalarda, ta’lim muassasalarida huquqiy-targ‘ibot ishlarini olib borish; televideniye va radioda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar hamda ruknlar, mamlakat bolalari va yoshlari hayotini yoritadigan ommaviy axborot vositalarida mavzuli maqolalar turkumini yaratish, ommabop, ixcham, buklet va risolalar tayyorlash va chop etish, ota-onalarning va keng jamoatchilikning mazkur yo‘nalish bo‘yicha savodxonlik madaniyatini oshirish, bu jarayonga fuqarolik jamiyati subyektlarini keng jalb etish, shuningdek, bu jarayonda ijtimoiy faol yoshlar kuchidan keng foydalanish mazkur faoliyatda samaralar garovidir.
Shunday qilib, O‘zbekistonda professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni ta’minlashni takomillashtirish, bu sohada yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviy va jismoniy kamol toptirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar samaradorligini ta’minlash garovidir. Bu esa yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash poydevori hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari va oila hamkorligida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishlarini yanada takomillashtirish avvalo hamkorlikning qator pedagogik tamoyillariga amal qilishni talab etadi: ya’ni, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash mazmuni, shakl va metodlari, pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, omillari, vositalarini o‘zaro hamkorlik nuqtai nazaridan tanlash; tarbiya yo‘nalishlari, shaxsda shakllantirilishi lozim bo‘lgan fazilatlar mezonini aniqlash va shunga yo‘naltirilgan tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirish; barkamol avlodni tarbiyalash jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish; tarbiya shakli, metodi va vositalarining shaxs yoshi va psixologik xususiyatlariga mosligi; barkamol avlod tarbiyasi samaradorligini ta’minlashda ilmiy-metodik manbalar ta’minoti; barkamol avlod tarbiyasida nazariya bilan amaliyotning birligi, ta’lim-tarbiya jarayonida OAV, yangi axborot texnologiyasidan unumli foydalanish; ta’lim muassasasi, oila, fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligidagi yagona maqsad, tarbiyaga tabaqalashgan yondoshuv; barkamol avlod tarbiyasiga fanlar integratsiyasi asosida yondoshish; tarbiya jarayonini tashkil etishda yakka, guruhli, jamoaviy tadbirlar o‘tkazish orqali shaxs faol bo‘sh vaqtni tashkil etish; tarbiyaviy ishni tashkil etishda g‘oyaviylik, ilmiylik, hayotiylik, shaxsiy mas’ullik; barkamol avlodga ta’lim va tarbiya berishda ota-ona, tarbiyachi-o‘qituvchi, jamoatchilikning tarbiyaviy – ta’limiy ishi har bir ob’yektning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishi; ijtimoiy ehtiyoj, oila a’zolarining talablari, mintaqa hamda hududning manfaatlarini inobatga olgan holda tarbiyaga yaxlit yondoshish; tarbiya jarayonini umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligida tashkil etish; uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ta’lim muassasasi xarakterini inobatga olish va boshqalardan iboratdir.
Yoshlarni ta’lim muassasalari va oila hamkorligida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda innovatsion pedagogik kommunikativ texnologiyalardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, kontinuum, taqdimot, time-menegement, kollokvium, mantiqiy tahlil, kommunikativ faollik, mantiqiy vaziyat yaratish, OKSI, SWOT tahlil, Case-study, didaktik o‘yin va boshqa umumdidaktik interfaol shakllar shular jumlasidandir. Shuningdek, multimedia resurslari, o‘quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashgan rasmlar bilan bezatilgan gazeta va jurnallar, o‘quv-metodik materiallar, elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maxsus teleradio rukunlari va reportajlar, ijtimoiy loyihalar, ilmiy-ommabop, badiiy va multiplikatsiyaviy va hujjatli filmlar, elektron ta’lim resurslari, ma’sus interaktiv veb loyihalar, audivizual va boshqa vositalaridan hamkorlikda o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbir mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda foydalaniladi.
Tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga erishishda foydalaniladigan tarbiya metodlarining rang-barangligi muhim rol o‘ynaydi. O‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarning maqsadi, mazmuni, tematikasi va xarakteriga ko‘ra savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, hikoya, davra suhbati, munozara, klaster, aqliy hujum va boshqa metodlarlardan foydalanish ijobiy samaralar beradi.
|
| |