XULOSA Mamlakatimizda professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni




Download 2,57 Mb.
bet68/74
Sana29.01.2024
Hajmi2,57 Mb.
#148139
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Bog'liq
------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

XULOSA
Mamlakatimizda professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni ta’minlash zamirida ma’nan va jismonan sog‘lom komil insonni shakllantirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdaki, bu ta’lim tizimi faoliyatini mazmunan va shaklan samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, mamlakatimiz parlamenti tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan davlat qator qarorlar fikrimizning dalilidir.
Darhaqiqat, bugungi kunda professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni takomillashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan aniq maqsadga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:

  • professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, kamol topayotgan avlodning manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritish;

  • onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

  • bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va kamolga yetkazish sifatini oshirish;

  • oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, bolalarni tarbiyalash uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

  • ijtimoiy nochor bolalarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash;

  • bolalar o‘rtasida qonunbuzarliklarning oldini olish, odil sudlov sohasida bola manfaatlarini ta’minlash.

Ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda jamiyatning barcha institutlari hamkorligi taqoza etiladi. Bu o‘rinda dastlab professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining amalga oshirilishini ta’minlash, ularning haqiqiy demokratik jamiyat fuqorasi bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Yod taqchilligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Aholi o‘rtasida mikronutriyen yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarning mohiyatini yoshlar ongiga singdirish zamirida ta’lim muassasalarida bolalarning huquq va vazifalarini tushuntirish, inson organizmini rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi turli kasalliklar haqida ma’lumotlar berish, voyaga yetmaganlar va alohida e’tiborni talab etadigan oilalar bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borish va uning samaradorligini oshirish, ijtimoiy huquqiy xatar guruh voyaga yetmagan yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy, huquqiy, pedagogik-psixologik reabilitatsiya qilish, ehtiyojmand, turli zararli illatlar domiga tushib qolgan bolalarni, “Ommaviy madaniyat” ta’siriga berilgan yoshlarni, turli oqimlar, yuqimli kasalliklar va boshqa holatlar ta’siridan asrash, ularning zararli oqibatlarini har bir bola ongiga singdirish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning garovidir.

Download 2,57 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA Mamlakatimizda professional ta’lim tizimida yosh yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashni

Download 2,57 Mb.