|
Texnologik ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisining lavozim vazifalari
|
bet | 7/14 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #242554 |
Bog'liq Texnologik ta\'lim kafedrasi Nizomi 06 02 24Texnologik ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisining lavozim vazifalari:
barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish;
talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, Termiz davlat universiteti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, nomli davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga tayyorlash;
auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
tasdiqlangai rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va himoyaga tayyorlash;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mohirlikni egallashda yordam berish;
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;
|
| |