Texnologik ta’lim kafedrasi dotsentining lavozim vazifalari




Download 2,42 Mb.
bet6/14
Sana18.05.2024
Hajmi2,42 Mb.
#242554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Texnologik ta\'lim kafedrasi Nizomi 06 02 24

Texnologik ta’lim kafedrasi dotsentining lavozim vazifalari:

  • barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

  • talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

  • talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish;

  • talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

  • rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

  • kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

  • darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, Termiz davlat universiteti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

  • nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, nomli davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga, shu jumladan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash;

  • auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • tasdiqlangai rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

  • ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

  • talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

  • tayanch doktorant, mustaqil tadqiqotchilarga rahbarlik qilish.

  • tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

  • pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mohirlikni egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;

  • masofali ta’lim tizimini rivojlantirish;

  • xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribasini yoritib borish;

  • raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash;

  • kafedra a’zolari yoki rektorat topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqish;

  • ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

  • budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

  • universitetni bitirgan va mazkur kafedrada doktaranturani o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

  • kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

  • ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimiii keng rivojlantirish;

  • xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;




Download 2,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 2,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik ta’lim kafedrasi dotsentining lavozim vazifalari

Download 2,42 Mb.