Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisining lavozim vazifalari




Download 2,42 Mb.
bet8/14
Sana18.05.2024
Hajmi2,42 Mb.
#242554
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Texnologik ta\'lim kafedrasi Nizomi 06 02 24

Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisining lavozim vazifalari:

  • barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

  • talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

  • talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish;

  • talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

  • rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

  • darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, Termiz davlat universiteti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

  • nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, nomli davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga, shu jumladan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash;

  • auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • tasdiqlangai rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

  • ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

  • talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

  • tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

  • pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mohirlikni egallashda yordam berish;

  • o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.

4.10. Ilmiy, o‘quv-uslubiy rejalar va Texnologik ta’lim kafedrasi faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi, kafedra professor-o‘qituvchilarining ishtirokidagi kafedra majlislarida kafedra mudiri raisligida muhokama etiladi. Lozim bo‘lganda kafedra yig‘ilishlariga tegishli masala yuzasidan boshqa kafedralar, oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarishdan xodimlar taklif etilishi mumkin.
4.11. Texnologik ta’lim kafedrasi o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy jarayonni ta’minlovchi, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarga, kabinetlarga, markazlarga va boshqa tarmoqlarga ega bo‘lishi mumkin.
4.12. Texnologik ta’lim kafedrasi filiali barcha turdagi ishlari bo‘yicha belgilangan muddatlarga muvofiq kafedra yig‘ilishida hisobot beradi.
4.13. Texnologik ta’lim kafedrasi korxona yoki tashkilot hududida joylashtirilgan filialga ega bo‘lishi va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanishi mumkin.
4.14. Texnologik ta’lim kafedrasi filialida shtatdagi professor-o‘qituvchilar kabi, o‘rindoshlik bo‘yicha jalb etilgan korxona va tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
4.15. Texnologik ta’lim kafedrasi filialiga rahbarlik qilish, kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan, muvofiq korxona yoki tashkilot bilan kelishilgan holda, Termiz davlat unversiteti rektori tomonidan filial tashkil etilgan korxona yoki tashkilotning yetakchi mutaxassislaridan biriga, odatda, ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan va kafedrada shtat o‘rindoshligi shartida ishlayotgan shaxsga topshiriladi.



Download 2,42 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 2,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisining lavozim vazifalari

Download 2,42 Mb.