Texnologik ta’lim kafedrasining asosiy vazifalari




Download 2,42 Mb.
bet2/14
Sana18.05.2024
Hajmi2,42 Mb.
#242554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Texnologik ta\'lim kafedrasi Nizomi 06 02 24

Texnologik ta’lim kafedrasining
asosiy vazifalari


2.1. “Texnologik ta’lim” kafedrasining faoliyati Oliy ta’limning DTS (Davlat ta’lim standartlari) lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan:
- ma’ruzalar;
- amaliy mashg‘ulotlar;
- labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
2.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs ishlariga, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbir o‘tkazish;
2.3. Kafedradagi fanlar bo‘yicha o‘quv ishchi dastur (sillabus)larini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
2.4. Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rsatmalarni tayyorlash;
2.5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, nomli davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga, shu jumladan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash;
2.6. Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishini ta’minlash, nufuzli ilmiy jurnallar, xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridagi (Scopus, Web of Science) jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilishi hamda iqtiboslik koʻrsatkichlari oshirish;
2.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
2.8. Budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatish, maslahatlar berish maqsadida ishlab chiqarish va noishalab chiqarish sohalari subyektlari bilan bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
2.9. Kafedra ilmiy salohiyatidan foydalanib turli xil ilmiy, innovatsion g‘oyalar, mamlakat va xalqaro miqyosdagi grantlarni yutish, ularda ishtirok etish;
2.10. Universitetni bitirganlar va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilikni o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
2.11. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yetakchi chet el mutaxassislarni oʻquv va ilmiy tadbirlarga jalb etish, talaba va professor-oʻqituvchilar akademik almashinuvi bilan bogʻliq ishlarni tashkil etishga koʻmaklashish.


  1. Download 2,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 2,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik ta’lim kafedrasining asosiy vazifalari

Download 2,42 Mb.