• Texnologik ta’lim kafedrasi mudirining muovinlari vazifalari va majburiyatlari
  • Kafedra mudiri quyidagi majburiyatlarga ega




    Download 2,42 Mb.
    bet4/14
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,42 Mb.
    #242554
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Texnologik ta\'lim kafedrasi Nizomi 06 02 24

    .Kafedra mudiri quyidagi majburiyatlarga ega:

    • kafedra zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida kafedra faoliyatini rejalashtirishi va uning bajarilishini ta’minlash;

    • kafedra professor-o‘qituvchilari faoliyatini muvofiqlashtirib borib, kafedrada mo‘tadil muhit va mehnat intizomini ta’minlash;

    • yuqori tashkilotlar talab qiladigan ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishiga shaxsan javob berish;

    • kafedra ish faoliyatida faol ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar tayyorlab, rahbariyatga taqdim etish;

    • kafedra va o‘quv faoliyatiga doir farmon, qaror, buyruq va boshqa me’yoriy hujjatlardan doimiy ravishda xabardor bo‘lib, ularni kafedra a’zolariga o‘z vaqtida yetkazib turish;

    • o‘zining tadbirkorlik va kasbiy pedogogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borish;

    • kafedrada kadrlarning qo‘nimsizligiga yo‘l qo‘ymaslik;

    • chet tillaridan birini mukammal darajada bilish:

    • kafedra professor-o‘qituvchilarining darslarida muntazam qatnashgan holda baholab, nazorat qilib borish;

    • kafedradagi o‘qituvchilar almashuvini ta’minlash va darslarning barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

    • kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha kutubxona fondining holatini muttasil kuzatish va uni boyitish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    • professor-o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy ish rejalarini va kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi, kafedra xodimlariga pedagogik yuklamalarni bo‘ladi va xodimlarining funksional vazifalarini belgilaydi hamda ularning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qiladi.

    4.5. Texnologik ta’lim kafedrasi mudirining muovinlari vazifalari va majburiyatlari:
    4.5.1. Kafedra mudirining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini: PhD. Z.Nurmamatov zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: kafedra zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida kafedra faoliyatini rejalashtirishga va uning bajarilishini ta’minlashga; kafedra va o‘quv faoliyatiga doir farmon, qaror, buyruq va boshqa me’yoriy hujjatlardan doimiy ravishda xabardor bo‘lib, ularni kafedra a’zolariga o‘z vaqtida yetkazib turish; kafedra professor-o‘qituvchilarining darslarida muntazam qatnashgan holda baholab, nazorat qilib borish; kafedra o‘quv yuklamalari ishlab chiqish, uni kafedra mudiri bilan maslahat qilish, kafedra fanlari bo‘yicha darslarning barbod bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik;
    4.5.2. Kafedra mudirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovini: k.o‘q. B.Axmatov zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: Ta’lim yo‘nalishlari talabalarini xulq-atvorini, ma’naviy muhitini doimiy ravishda takomilashtirib borish, kiyinish va muomila odobini nazorat qilish; kafedra o‘qituvchilar orasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni o‘rganish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, “Mustaqillik”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitsiyasi qabul qilingan kuni”, “Navro‘z”, “Yangi yil”, “Xalqaro xotin-qizlar bayrami”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, “Xotira va qadrlash kuni” bayramlarini nishonlash, turli xil sport o‘yinlari uchun tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va uni o‘tkazish, kafedraga biriktirilgan hududlarni obodonlashtirish; Mehnat ta’lim va Kasb ta’limi: Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotiga ega bo‘lish ularning yashash, o‘qish, ma’naviy-ma’rifiy sharoitlari bilan muntazam ravishda ish olib borish, turli xil kechalar, uchrashuvlar o‘tkazish va ular to‘g‘risida hisobot qilib, kafedrada tashkil qilingan jildga tikib borish;
    4.5.3. Kafedra mudirining akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha muovini hamda kollejlar va texnikumlarga mas’ul dots. B.Qodirov, kasb-hunar maktablariga mas’ul o‘q. F.Safarov, akademik litseylarga mas’ul O. Abdusalomovlar zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: Viloyatimiz hamda Termiz shahridagi akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda kafedra filiallarini tashkil etish, ular bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish, o‘quv-uslubiy, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda tashkil etish, o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish, kafedrada o‘tilayotgan fanlardan o‘quv-uslubiy majmualarining elektron versiyalarini taqdim etish, kafedra professor-o‘qituvchilarni 0.25 va 0.5 stavkada ishga joylashtirish tadbirlarni ishlab chiqish, kafedrada maxsus jurnal, jild yuritib, amalga oshirilgan ishlarni ro‘yxatga olib yig‘ib borish, kafedra yig‘ilishlarida hisobot berib borish, universitet rektorati va bevosita ushbu yo‘nalish prorektori bilan hamkorlikda ishlash;
    4.5.4. Kafedra mudirining o‘quv to‘garaklar bo‘yicha muovini o‘q. N.Muxammadiyeva va “Tikuvchilik va hunarmandchilik”, “Moxir qo‘llar”, “Ijodkor talaba”, “Muhandislik va kompyuter grafikasi”, “Duradgorlik”, “Chilangarlik” va “Materialshunoslik” to‘garaklari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: kasbga yo‘naltirish va tayyorlash bo‘yicha to‘garaklar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, iqtidorli talabalarni tanlab fan olimpiadalariga tayyorlash, yuborish, ularning maqolalarini va tezislarini respublika, mahalliy jurnal va gazetalarga chop ettirish;
    4.5.5. Kafedra mudirining bitiruvchilar bilan ishlash bo‘yicha muovini R.Haydarov zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: Ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlarni to‘plash, ularni kafedra hayotiga tadbiq qilish, universitet marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bilan doimiy aloqada bo‘lish va ularning hisobotlarini tayyorlab topshirish;
    4.5.6. Kafedra mudirining ilmiy ishlar bo‘yicha muovini k. o‘q. A.Qurbonov zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy ishlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, iqtidorli talabalarni tanlab, fan olimpiadalariga tayyorlash, yuborish, ularning maqolalari va tezislarini xalqaro mahalliy jurnal va gazetalarga chop ettirish; kafedraning ilmiy hisobotini kafedra mudiri bilan maslahat qilib tayyorlash, ilmiy ishlarga taalluqli bo‘lgan barcha me’yoriy hujjatlarni yig‘ib kafedrada tashkil qilingan jildga tikish va ularning bajarilishi nazorat qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, nomdor stipendiyalar tanloviga talabalarning ishtirokini ta’minlash;
    4.5.7. Kafedra mudirining iqtidorli talabalar ishlash bo‘yicha muovini k. o‘q. J.Hayitov zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: iqtidorli talabalarni tanlab olish, iqtidorli talabalar bilan tasdiqlangan reja asosida ishlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, nomli davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga, shu jumladan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tanlovlarida, shuningdek, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash, yuborish, ularning maqolalari va tezislarini xalqaro mahalliy jurnal va gazetalarga chop ettirish;
    4.6. Kafedra jamoat tashkilotlari bo‘g‘in rahbarlari:
    4.6.1. Kafedra va kafedraga tegishli ta’lim yo‘nalishlari xotin-qizlar bo‘g‘ini raisi o‘q. M.Q.Muxamadiyeva zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: kafedra ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar to‘liq ro‘yxatiga ega bo‘lish, ularning yashash, o‘qish, ma’naviy-ma’rifiy sharoitlari bilan muntazam ravishda ish olib borish, turli xil kechalar, uchrashuvlar o‘tkazish va ular to‘g‘risida hisobot tayyorlash, kafedrada tashkil qilingan jildga tikib borish;
    4.6.2. Kafedra boshlang‘ich bo‘g‘in kasaba uyushmasi raisi Z.Sh.Nurmamatov zimmasiga yuklatilgan vazifalari va majburiyatlar: kafedra professor-o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ularni taqdirlash uchun kafedra mudiriga bildirishlar berish, kafedra umumiy yig‘ilishlarida uni ko‘rib chiqish, betob, kasal bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning davolanishi va dam olishi uchun kafedra mudiri bilan kelishilgan holda universitet kasaba qo‘mitasi orqali dam olish maskanlariga yo‘llanma olishini tashkil etish;
    4.7. “Texnologik ta’lim” kafedrasini universitet va respublika oliy o‘quv yurtlari orasida eng nufuzli kafedralardan biriga aylantirish maqsadida kafedrada yuritiladigan hujjatlar jildlari mas’ul professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan.
    4.8. Kafedradagi hujjat jildlarining zamon talablari darajasida yuritilishi ustidan umumiy nazoratni olib borish kafedra prof. v.b. F.Karshiyev, dots. Sh.Tursunov va k.o‘qituvchi A.Umirovlar zimmasiga yuklatilgan.
    4.9. Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibini saylash «Oliy o‘quv yurtlari pedogogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq belgilangan tartibda tanlov bo‘yicha amalga oshiriladi.



    Download 2,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 2,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedra mudiri quyidagi majburiyatlarga ega

    Download 2,42 Mb.