14
Kremnozyom – SiO
2
- ham klinkerning eng
muhim tashkil etuvchilardan
biridir, u glinozem Al
2
O
3
hamda temir
oksidi Fe
2
O
3
bilan birgalikda kalsiy
oksidining CaO birikishini va shu bilan birgalikda
portlandsementda gidravlik
qotish xossasiga ega bo‗lgan birikmalarning hosil bo‗lishini ta‘minlaydi. Sementda
SiO
2
ning ortishi bilan tutib qolish jarayoni sekinlashadi, birinchi muddatlarda
qotish jarayonini tezligi yanada sekinroq kechadi. Keyingi muddatlarda
mustahkamlikning yetarlicha izchil
orta borishida uning suvga, sulfatli suvlarga
chidamligi ham ortadi.
Giltuproq Al
2
O
3
— (katta miqdorda bo‗lganda) portlandsement ancha tezroq
tutib qoladi va qotadi, ammo sement mustaxkamligi ortishining keyingi jarayoni
sekinlashadi.Sementlar suvga , sulfatlarga va sovuqqa chidamsiz bo‗ladi.
Temir oksidi Fe
2
O
3
—klinkerning pishish haroratini pasaytiradi. Temir
oksidiga boy bo‗lgan sementlar tarkibida glinozyom , xatto kremnozyom kam
bo‗lganda ham, ular sekin tutib qoladilar, uzok vaqt davomida qotadilar, sulfatga
chidamli bo‗ladilar.
Magniy oksidi MgO —uning klinkerdagi miqdori 5%
dan ortmasligi kerak,
chunki magniy oksidining anchagina qismi periklaz ko‗rinishida erkin holatda
bo‗lishi bilan izoxlanadi. U yuqori haroratda kuyadi, qorishma va beton
qotayotganda suv bilan juda sekin birikadi (gidratlanadi). Ortiqcha miqdorda o‗z
navbatida sement hajmining notekis o‗zgarishiga sabab bo‗ladi
va shu tufayli
buzilishlarga olib keladi.
Titan (IV) oksidi TiO
2
— hamisha gilning tarkibida bo‗ladi va klinkerda 0,3%
dan ortiq bo‗lmagan miqdorda uchraydi. Klinker minerallarining yaxshiroq
kristallanishiga yordam bergani tufayli uning ozmiqdorlarda bo‗lishi foydalidir.
Marganes oksidi MnO — klinkerda 1,5% gacha va domna shlakidan
foydalanilganda yanada ko‗proq miqdorda mavjud bo‗ladi.
Na
2
O —K
2
O ishqorlari klinkerda 0,5% dan 1% gacha bo‗ladi va K
2
O — Na
2
O
ga nisbatan ko‗proq bo‗ladi. Sementning tutib kolish muddati barqarorlashuvining
va sement mahsulotlarida aynishlar yuzaga kelishining sababchisi bo‗lganligi
tufayli ishkorlarning mavjud bo‗lishi maqsadga muvofiq emas.
15
SO
3
– oltin gugurt angidrit gips ko‗rinishda bo‗lib sementning tutib qolish
muddatini boshqarish uchun kerak bo‗ladi.