16
amalda suv bilan ta‘sirlashmaydi,ya‘ni bog‗lovchi xususiyatiga ega emas.Shu
tufayli belitning γ— shaklga o‗tishiga to‗sqinlik qilish lozim. β—C
2
S —ning
barqarorlashuviga ba‘zi bir aralashmalar (1-3%) miqdordagi Al
2
O
3
. Fe
2
O
3
.
MgO.Cr
2
O
3
shuningdek klinkerni sovutkich qurilmalarida
tez sovutish yordam
beradi. Bunda tarkibida belitning dumaloqlashgan ko‗rinishidagi zich kristallari
bo‗lgan klinker olinadi.
Portlandsement klinkerdagi silikatli minerallarning miqdori taxminan 75 —
82 % ni tashkil qilsa, qolgan 18 — 25% alit va belit kristallari orasidagi hajmni
to‗ldiruvchi oraliq moddalardir.
Bu moddalar C
3
A —uch kalsiyli alyuminatning
va alyumoferrit kalsiy — C
4
AF ning kristallari, shisha va ikkinchi darajali
kristallar va boshqalardan iborat. C
3
A —uch kalsiyli alyuminat — klinkerda 3 —
15% miqdorda bo‗ladi. C
5
A
3
shaklida
uchraydi, tarkibi 12CaO 7Al
2
O
3
dan iborat
murakkab tarkibli qattiq aralashmalarni hosil qilsada, u qadar katta
mustahkamlikka ega emas. Betonning sulfatli koroziyaga uchrashining
sababchisidir.
4CaO- Al
2
O
3
Fe
2
O
3
—to‗rt kalsiyli alyumoferrit 10 — 20% miqdorda bo‗ladi.
Portlandsement gidrolizlanishida qotish tezligiga va issiqlik ajralishiga ma‘lum
ta‘sir kursatmasligi tufayli gidrolizlanish tezligi bo‗yicha alit va belit o‗rtasidagi
oraliq vaziyatni egallaydi.
Klinker shishasi 5—15% miqdorda bo‗ladi, asosan CaO, Al
2
O
3
, Fe
2
O
3
,
lardan
tashkil topadi. Unda MgO va ishqorlar odatda ko‗p uchraydi.
Magniy oksidi MgO — alyumoferritli faza va klinker shishasi tarkibiga
periklaz ko‘rinishda kiradi, shuningdek 5% dan ortiq bo‗lmagan miqdorda erkin
holatda ham uchraydi, bu holatga MgO sement suv bilan birikib Mg(OH)
2
hosil
qiladi va bu esa hajmiy o‗zgarishlarga olib keladi.
CaO —erkin holatdagi kalsiy oksidi —donachalar shaklida bo‗ladi.
Uning
miqdori 1% dan ortmasligi lozim.
Ishqorlar (Na
2
O.K
2
O
) — klinkerning alyumofferitli fazasiga kiradilar,
shuningdek sementda sulfatlar ko‗rinishida ham bo‗ladilar.