Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti




Download 87,93 Kb.
bet8/12
Sana12.02.2024
Hajmi87,93 Kb.
#154919
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O‘zbekiston milliy universiteti-fayllar.org

3-chizma

Hozirgi kunda kichik biznes sub`ektlarining innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimi turli vaziyatlarga moslanuvchan bo`lib, kompleks xarakterga ega. Uning zimmasiga mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish, tashkiliy tuzilma shakllarini va boshqaruvchilik funktsiyalarini qayta tuzish, yangiliklarni amaliyotga joriy etish, innovatsion jarayonlarni boshidan oxirigacha boshqarish imkoniyatini ta`minlash kabi bir qator vazifalar yuklatiladi. Keng ko`lamli tashkiliy va iqtisodiy faoliyatni qamrab oluvchi innovatsion jarayon tashkiliy jihatdan o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, bu xususiyat innovatsion faoliyatni tashkiliy jihatdan boshqarishga mas`ul turli bo`lim va xizmatlardan iborat korxona ierarxiyasi tuzilishi va ular o`rtasidagi o`zaro aloqalar orqali aniqlanadi. Kichik biznes sub`ektlari faoliyatida innovatsion jarayonlarining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:


1. Kelib tushayotgan fikrlarni tizimlashtirish: ishlab chiqarish bo`limlaridagi marketing xizmatidan, firmaning sotish apparatidan, savdo agentlaridan, hozirgi iste`molchilardan kelib tushayotgan yangiliklar va bozorlardagi texnologik o`zgarishlar haqida axborotlar yig’ish; tavakkalchilik hajmini va darajasini aniqlash, yangi mahsulotni yaratish va o`zlashtirish bilan bog’liq firmaning potentsial imkoniyatlari haqida axborot yig’ish; maqsadli bozorlar va ular rivojlanishining uzoq muddatli tendentsiyalari haqida axborot yig’ish.
2. Innovatsion g’oyani aniqlash va yangi mahsulotning g’oyasini ishlab chiqish:
- g’oyaning amaliy jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash;
- yangi va an`anaviy mahsulotni texnologik umumiyligi darajasini aniqlashtirish;
- firmani, ya`ni mahsulotning mos tushishi va uning strategik rivojlanishi;
- kelajakdagi mahsulotga patent tizimini aniqlash.
3. YAngi mahsulot iqtisodiy samaradorligining mazmuni, marketing dasturini ishlab chiqish:
- g’oya konkret loyiha ko`rinishiga kelgandan so`ng, mahsulotning texnik holatini yaratish;
- mahsulotni texnik iqtisodiy xarakteristikasini aniqlash. Uning sifatini va iste`mol xususiyatlarini baholash;
- sotuv hajmini va potentsial bozor taklifini baholash;
- yangi mahsulotni, texnologik mashinalar va jihozlarni, xom ashyo va materiallar, kadrlar, moliyaviy resurslarni ishlab chiqarish uchun kerakli resurslar mavjudligi;
- yangi mahsulotning o`zlashtirilishi va u bilan bozorga chiqish vaqtini aniqlash;
- yangi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining tahlili va uni baholash, mahsulot uchun marketing dasturini yaratish
4. YAngi maxsulotning yaratilishi:
- kichik biznes sub`ektining bo`limlariga vazifalarni taqsimlagan holda yangi mahsulot rivojlanishining aniq dasturini tuzish;
- mahsulot namunasini yaratish va texnik tanlovdan o`tkazish;
- mahsulotning nomini vabelgisini aniqlash, qadoqlash va markalashtirishni yo`lga qo`yish.
- narx va boshqa tijorat shartlariga oid kamida uch (3) oy oraligida bozorda test o`tkazish;
- marketing dasturiga yangi mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqidagi qaror qabul qilish.
Innovatsiyalarni yoki innovatsion faoliyatni baholashning ikkita asosiy darajasi mavjud: korxona darajasida va davlat darajasida. Korxona darajasida innovatsion faoliyatni baholash alohida xodimlar darajasiga bevosita bog‘liq; jamoaviy ishlarni baholash kichik va katta bo‘lgan barcha kompaniyalarda amalga oshiriladi.

Kompaniyalarning innovatsion faoliyati darajasini baholash hisobotlarni tuzish, seminarlar yoki ichki benchmarking (ya’ni o‘zini benchmark bilan taqqoslash) o‘tkazish, tashqi maslahatchilarni jalb qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.


Korporativ baholashda kompaniyadagi innovatsiyalarning bir necha jihatlari, xususan, moliyaviy natijalarni baholash, innovatsion jarayonlarning samaradorligi, xodimlarning qaytishi va motivatsiya darajasi, shuningdek iste’molchilar uchun yaratilgan qiymat bilan bog‘liq bo‘lgan muvozanatli ko‘rsatkichlar falsafasidan faol foydalaniladi.



  1. Download 87,93 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 87,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti

Download 87,93 Kb.