|
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi
|
bet | 34/82 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 462,37 Kb. | | #119205 |
Bog'liq Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (3)Talabalarning bilim darajasi test topshiriqlari orqali nazorat qilingan va olingan natijalarni tahlil etish orqali ularning mazkur kurs bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasi aniqlanadi.
Shuni qayd etish kerakki, test topshiriqlarida bilimlar strukturasining ketma-ketligi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning mantiqiy yo‘nalishda talab darajasida berilishi lozim.
Talab darajasida tuzilgan test topshiriqlarining natijalari, ya’ni talabalarning to‘plagan ballari va ko‘rsatkichlari mazkur kurs bo‘yicha o‘quv jarayonining maqsadga muvofiq tashkil etilganligi, ta’limning individuallashtirilganligi, tabaqalashtirilgan yondoshuvning mavjudligi, pedagogning pedagogik mahorati, nazoratning haqqoniyligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchi muayyan kurs bo‘yicha talabalarning shu kurs bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimining joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun test topshiriqlarini tuzishda avvalo asosiy e’tiborni, DTS mazmunini qamrab olinishi, ya’ni mazmuni va shakliga, test topshiriqlari o‘rtasida uzviylik va izchillikka qaratishi lozim.
Test topshiriqlariga qo‘yiladigan asosiy talab, har bir test muayyan mazmun, tarkib, yaxlitlik va strukturaga ega bo‘lishi lozim.
Shuni nazarda tutgan holda, u topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida talabaning egallashi mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘lishi zarur.
Test topshiriqlarining yaxlitligi u bir mavzu, bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini qamrab, ularni nazorat qilish imkoniyatiga ega ekanligida ko‘zga tashlanadi.
Har bir test topshirig‘i yaxlit topshiriqning bir bo‘lagi sifatida muayyan mazmunni qamrab oladi va ma’lum bir vazifani bajaradi, shu sababli ularning birortasini olib tashlash bilimlarni aniqlash jarayoni va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Test topshiriqlarining strukturasiga topshiriqning o‘zaro aloqadorligini amalga oshirish orqali erishiladi. Asosan, har bir test topshirig‘i bir-biri bilan umumiy mazmun va erishilishi nazarda tutilgan natijalarning umumiy variastiyasi orqali bog‘liqligini ko‘rish mumkin.
Standart pedagogik testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra: gomogen va geterogen testlarga ajratiladi.
Gomogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, talabalarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mo‘ljallangan bitta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar tizimi sanaladi.
Geterogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, talabalarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mo‘ljallangan bir nechta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar tizimi sanaladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi
|