prinstip. Test topshiriqlari mazmunining fanning hozirgi zamon holatiga mosligi prinstipi




Download 462,37 Kb.
bet37/82
Sana15.12.2023
Hajmi462,37 Kb.
#119205
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Bog'liq
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (3)

prinstip. Test topshiriqlari mazmunining fanning hozirgi zamon holatiga mosligi prinstipi.

Mazkur prinstip test topshiriqlari mazmunini jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlar, huquqiy me’yorlar, fanning o‘quv kursi ta’lim mazmuniga kiritilgan fan yangiliklariga moslashni talab etadi.


Shuni qayd etish kerakki, o‘quv kursi mazmuni talabalar tomonidan shu kursga oid ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘ziga xos va mos proekstiyani hosil qiladi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, test topshiriqlarining mazmuni ham zamonaviy, ham talabalar tomonidan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish bosqichlariga mos bo‘lishi lozim.
  • prinstip. Test topshiriqlari mazmunining majmuali va muvozanatlashgan bo‘lishi prinstipi.

Mazkur prinstip test topshiriqlari mazmunini tanlashda maqsadga muvofiqlikni keltirib chiqaradi, ya’ni Reyting tizimining oraliq va yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlarining mazmuni uning turi va qo‘llanishini e’tiborga olingan holda bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini to‘liq qamrab olishini taqoza etadi.


Shuningdek, yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlari o‘zida kursning nazariy masalalari, tushunchalar, qonunlar va qonuniyatlar, gipotezalar, faktik materiallar, masala va mashqlarni mujassamlashtirishi lozim.


  • prinstip. Test topshiriqlari mazmunining tizimliligi prinstipi. Mazkur prinstipga asosan, test topshiriqlarining mazmunini tanlashda, mazmun talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishda tizimlilik talablariga javob berishi lozim. Undan tashqari test topshiriqlarining tizimli mazmuni, bir-biri bilan uzviy bog‘langan bilimlarning umumiy strukturasini aks ettirishi zarur.

Demak, har bir test topshirig‘i umumiy bilimlar tizimidan uning muayyan qismini nazorat qilishiga e’tibor qaratish lozim.


1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Download 462,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



prinstip. Test topshiriqlari mazmunining fanning hozirgi zamon holatiga mosligi prinstipi

Download 462,37 Kb.