• Tinkoff Bank
  • Elektron tijoratda moliyaviy hizmatlarning raqamli transformatsiyasi (Digital Transformation)




    Download 2,85 Mb.
    bet116/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Elektron tijoratda moliyaviy hizmatlarning raqamli transformatsiyasi (Digital Transformation)


    Moliyaviy investitsiyalar moliyaviy bozorlarning samarador ishlashi va raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonida juda katta axamiyatga egadir. Raqamli iqtisodiyot davlat organlarining, kompaniyalarning, tadbirkorlarning va fuqarolarning ish uslublarini o’zgartirib yuborib, ularga turli xildagi vazifalarni bajarishni ancha yengillashtiradi. Raqamli innovatsiyalar raqamli iqtisodiyotning va jamiyatning rivojlanishiga turtki beradi hamda yangi texnologiyalarni turli yo’nalishlarda ishlatishga imkon beradi va bu orqali iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga olib keladi. Yuqori darajadagi tashkiliy va insoniy kapitalga ega bo’lgan kompaniyalar katta ehtimollik bilan raqamli texnologiyalarga bo’lgan investitsiyalardan katta miqdorda foyda olishlari mumkin. Bunday kompaniyalar yetarli darajada moslashuvchan bo’lib, o’z investitsiyalaridan keladigan foydani maksimallashtirisa oladilar, sotuvlarni ko’paytirish uchun imkoniyatlari mavjud, jarayonlarni qayta tashkil eta oladilar hamda ishlab chiqarish samaradorligini
    oshira oladilar. Bunday shart-sharoitlarda moliyaviy investitsiyalar raqamli iqtisodiyotga o’tishning asosiy drayveri bo’lib hisoblanadilar. Raqamli transformatsiya (digital transformation) jarayoni deb, raqamli texnologiyalarni mavjud biznes-modellarni mukammallashtirish uchun ishlatishga hamda uning vositasida faoliyat samaradorligini oshirishga aytiladi. Bu jarayon doimiy asosda innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilishni ko’zda tutib, butun iqtisodiyotning to’laqonli raqamli transformatsiyasiga olib keladi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish banklarning, davlat organlarining va potentsial mijozlarning o’zaro munosabatini mukammallashtiradi. Raqamli transformatsiya bank hizmatlari ko’rsatishning zamonaviy usullarining barcha jabhalarda ishlatishni ko’zda tutadi. Natijada banklarning filiallari soni kamayadi, bir qancha xizmatlar, shu jumldan, kredit berish va vositalarni investitsiyalash on-layn servislar ko’rinishiga o’tadi. Bank sektorining bunday transformatsiyasi o’zining kamchiliklariga ham ega – oldingi avlod raqamli iqtisodiyot tushunchalarini o’zlashtirishga qiynaladi va uning uchun ish yuritishning an’anaviy usullaridan voz kechish unchalik yoqmaydi, banklarga esa mobil platformalarda ishlaydigan to’liq on-laynga o’tish juda ham foydali bir tadbir bo’ladi. Misol sifatida Britaniyadagi mijozlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan moddiy bo’limlari yo’q bo’lgan AtomBank ni keltirish mumkin. Unda barcha operatsiyalar mobil ilovalar yordamida amalga oshiriladi. Rossiyada ham on-layn bankingning rivojlanishi bo’yicha bir qancha misollar keltirish mumkin. Masalan, fizik shaxslarga hizmat ko’rsatish bo’yicha innovatsion takliflarni AO “Tinkoff Bank” da ko’rish mumkin. Internet-bankingga o’tmasdan oldin mijozlar bazasining ko’payishi yiliga 500 mingni tashkil qilgan bo’lsa, hozir ushbu ko’rsatgich 1,0-1,8 millionni tashkil qiladi, ya’ni, yangi mijozlar soni 2-3 martaga ko’paygan. Huquqiy shaxslar uchun raqamli texnologiyalarning ishlatilishiga misol qilib, AO “Modulbank” ni keltirishimiz mumkin. Unda zamonaviy on-layn banking tizimi ishga tushganidan so’ng, mijozlar soni 1,5 barobarga ko’paygan. Raqamli texnologiyalarning yutuqlarini tadbiq etish bank hizmatlari butun sutka, oy va yil davomida to’xtovsiz amalaga oshirilishi tufayli bankdagi mijozlar sonini oshirishga olib keladi.
    Banksektoriniraqamlitransformatsiyaqilishjarayoniquyidagielementlarnio’zichigaol adi: mijozlar bilan ishlash tajribasini tahlil qilish, ko’rsatilayotgan hizmat va mahsulotlarning raqamlashtirilishi va tashkilotning ichki jarayonlarini transformatsiya qilish. Raqamli transformatsiya jarayoni mijozlar bilan ishlash tajribasini to’laqonli o’rganish, mavjud talablarni tahlil qilish va yangi talablarni aniqlash orqali ta’minlanadi. Banklar innovatsion rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi uning hizmatlaridan foydalanuvchiardir, chunki ular o’z talablari vositasida zamonaviy bank hizmatlari va mahsulotlariga bo’lgan real talabni yaratadilar. Mijozlar banklar bilan muloqot tajribalarini umumlashtirib, u yoki bu hizmatni qanchalik qulay va oson olganliklari bilan bank ishini baholaydilar. Shuninguchunhambanksektorimutahassislari mijozlar bilan ishlash tajribasini muttasil ravishda o’rganishlari va mavjud kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etishlari talab qilinadi. Oldingi davrlarda banklar faoliyatining samaradorligi mahsulot va tovarlar sotishning maqsadli ko’rsatgichlari qanday bo’lgani orqali baholangan. Ammo raqamli iqtisodiyot davrida banklar yangi sharoitarga, ya’ni, mijozlarga yo’naltirilganlik va ularning talablariga moslashishlari talab etiladi. Hozirgi kunda milliardlab mijozlarga mobil telefonlar orqali hizmat ko’rsatilishi mumkin. Buesabanklarniraqobatbardoshlilikni ta’minlash maqsadida ishlatilayotganraqamlitexnologiyalarnidoimiyravishda mukammallashtirishga majbur qiladi. Barclays banki on-layn bankingni tadbiq etgan birinchi banklardan biri bo’lgan: natijada endi mijozlar bank filiallariga bir oyda bir marta kelayaptilar, shu vaqtning o’zida mobil bank hizmatlaridan oyiga 18 marta foydalanmoqdalar. Banklarning ichki jarayonlarini transformatsiya qilish ham bank sektorining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Mijozlarga yo’naltirlgan raqamli texnologiyalarning tadbiq qilinishi bilan bir qatorda, boshqaruv, rahbarlik va nazorat funktsiyalarini ham yanada mukamallashtirish lozim. Banklarning to’laqonli raqamli transformatsiyasini amalga oshirish yo’lidagi asosiy to’siqlardan biri hizmat ko’rsatuvchi personalda raqamli iqtisodiyot sharoitlarida ishlash ko’nikmalarining yo’qligidir. Mijozlar bilan ishlashni mukammallashtirishda CRM (Customer Relationship Management)
    tizimi banklar raqamli transformatsiyasini amalga oshirishning muhim elementlaridan biridir.
    Banklarning raqamli transformatsiyasi raqamli strategiyani ishlab chiqish va qo’llash bilan bog’liq kompleks yondoshuvni talab qiladi. Transformatsiya moliya- kredit faoliyatini yuritishning barcha jihatlarini, shu jumladan, bankning boshqaruv mexanizmini raqamlashtirishni ham qamrab oladi va samaradorlikni maksimal ravishda oshirishga yordam beradi. Raqamli strategiya quyidagi to’rt asosiy masalani hal qilishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak:

      • Raqamli texnologiyalarni ish faoliyatiga tadbiq qilish;

      • Hizmatlar bahosi yaratilish jarayonining transformatsiyasi;

      • Raqamlashtirishning moliyaviy aspekti;

      • Tashkiliy tuzilmaning o’zgarishi.

    Raqamlistrategiyaningmuvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilishi uchun yuqorida sanab o’tilgan rivojlanish yo’nalishlarini koordinatsiya qilish talab etiladi. Bu esa ko’p jihatdan bankning operatsion modeli qandayligiga bog’liq bo’ladi. Ammo barcha banklar uchun yagona operatsion model mavjud emas, shuning uchun bankning qandayligiga bog’liq ravishda quyidagi raqamli strategyalardan foydalanish mumkin:


    1. Download 2,85 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron tijoratda moliyaviy hizmatlarning raqamli transformatsiyasi (Digital Transformation)

    Download 2,85 Mb.