|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 115/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Raqamli banking bank va uning mijozlari muloqotining yangi rivojlanish bosqichi bolib, u moliyaviy hizmatlar sektoridagi innovatsiyalarni hamda bu sohadagi raqamli, information va texnologik strategiyalarni o’z ichiga qamrab oladi. Bu haqda ilk bora Microsoft Money deb nomlangan internet banking texnologiyasi yaratilgan paytda gapirilgan edi. Digital Bank Report doirasida o’tkazilgan ilmiy izlanishlar doirasida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, jahon miqyosidagi 70% moliyaviy muassasalar raqamli bankingni o’zlarining strategik prioritetlaridan biri deb hisoblaganlar. Raqamli banking bo’yicha zamonaviy ishlanmalarni tahlil qilgan holda bu sohadagi eng asosiy yo’nalishlarni ko’rsatishimiz mumkin:
Pul mablag’larini yuvish (legallashtirsh) ning oldini olishga mo’lajallangan jarayonlarni avtomatlashtirsh;
Administrativ masalalarni hal qilishda chat-botlardan foydalanish;
Virtual xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan amallarning havfsizlik qoidalariga rioya qilinishini boshqarish;
Bankomatlarga o’rnatilgan komp’yuterlashgan ko’rish tizimlaridan foydalanish;
Mijozning ishonchliligi reytingini avtomatik ravishda aniqlash texnologiyasini tadbiq qilish.
Bank hizmatlari inson raqamli hayotining deyarli barcha sohalarida ham mavjud. Bu sohalarga misol qilib, mobil qurilmalarni, ijtimoiy saytlarni, elektron to’lovlarni va pul o’tkazmalarini, internet-narsalarni, pul depozitlarini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Hozirgi davrda bank va mijozning o’zaro muloqoti butunlay yangi – interaktiv tusga kirib, raqamli fikrlash tushunchasi ham paydo bo’ldi. The Millenial Disruption Index ning ma’ruzasida ham bu holat tasdiqlanadi:
68% respondentlar besh yildan so’ng pullar bilan ishlash butunlay boshqacha bo’lishiga ishonadilar;
33% respondentlar besh yil davomida ularga bankka boorish kerak bo’lamydi deb hisoblaydilar;
70% respondentlar esa besh yildan so’ng mahsulot va hizmatlarga bo’lgan to’lov usuli to’liq o’zgaradi deb ishonadilar;
Salkam 50% respondentlar ,anklarning ishlash prinstipi tubdan o’zgaradi deb hisoblaydilar.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda raqamli bankingning quyidagi aniqlanuvini keltirishimiz mumkin. Raqamli banking – dasturiy ta’minotlar to’plami bo’lib, u foydalanuvchilar uchun qulay interfeys ta’minlab beradi va barchaga bank hizmatlari va mahsulotlaridan on-layn rejimida foydalanishga imkon beradi. BBC firmasining masofaviy bank hizmatlarini ta’minlab beruvchi avtomatlashtirilgan tizimi CORREQTS ko’pchilik banklar tomonidan foydalaniladi. Bu tizimdan, masalan, Sberbank, Rayffayzenbank, Nordea Bank,
Kredit Evropa Bank, Bank Kredit Swiss va boshqalar foydalanadilar. Shunday qilib, zamonaviy bosqichda bank sektori rivojlanishining asosiy tendentsiyasi raqamli bankingning to’la-to’kis kontseptsiyasini yaratishdir. Bunda quyidagi tashkiliy bosqichlarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
Raqamli kanallarning o’zaro muloqotini yaratish (internet-banking, mobil bank);
Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda raqamli mahsulotlarni hayotga tadbiq qilish (on-layn rejimida kirish parollarini olish, ma’lumotlarni elektron ko’rinishga keltirish);
Barcha operatsiyalarni to’liq raqamlashtirish (Big Data, Android Pay);
Sun’iy intellectdan foydalanish asosida mijozga fokuslangan modellar qurish.
Ushbu bosqichlarni amalga oshirish natijasida banklar on-layn transformatsiyaga uchrashi, yangi to’lov usullarining paydo bo’lishi va mijozlarning bank bilan boshqacha muloqot usullari yuzaga kelishi mumkin. Bank biznesidagi bunday yangiliklar kredit tashkilotlarining faoliyatida ham, ularning iqtisodiy havfsizligini ta’minlashda ham bir qancha katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Raqamli banking sharoitlarida iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash uchun, bizning fikrimizcha, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
Dasturiy mahsulotlarni doimiy ravishda ishlab chiqarish va yangilash;
Markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish;
Kredit tashkilotlarning iqtisodiy havfsiligini ta’minlash uchun qonuniy va normativ-xuquqiy asoslarni mukammallashtirish;
Iqtisodiyotni rivojlantirish doimo yangi texnologiyalar asosida amalga oshadi va shuning uchun ham zamonaviy ilmiy-texnik inqilob sharoitlarida bank sektori bu borada ilg’orlardan biri bo’lib qoldi. RIA Reyting agentligi ekspertlarining fikriga ko’ra, kelajakda aynan bank sektori kapitalning asosiy manba’i bo’lib qoladi. Rossiya bank sektorining foydasi esa, ba’zi bashoratlarga ko’ra bir trillion
rublga yetishi mumkin. Shuning uchun ham katta moliyaviy yo’qotishlarning oldini olish uchun raqamli banking kontekstida kredit tashkilotlarining samarali havfsizlik tizimini yaratish talab etiladi. Yuqorilardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodiyot sharoitlarida banklarning havfsiz va to’xtovsiz ishlashini ta’minlash bo’yicha quyidagi tadbirlarni hulosa sifatida keltirishimiz mumkin:
Raqamli iqtisodiyotga o’tish sharoitlarida kredit tashkilotlarining iqtisodiy havfsizlik darajasini oshirish eng birinchi navbatdagi ishlardan biridir;
Raqamli banking bank iqtisodiy havfsizligi tizimida zaruriy elementlardan biri bo’lib qoladi;
Raqamli banking – moliyaviy sektorning rivojlanish yo’nalishi bo’lib, zamonaviy analitika vositasida turli hildagi chakana bank hizmatlarining raqamli transformatsiyasiga olib keladi, turli darajadagi kredit tashkilotlari orasidagi hamkorlikni rivojlantiradi va eng yangi ilg’or texnologiyalar va raqamli innovatsiyalarning bank sektoriga kirib kelishiga sabab bo’ladi.
|
| |