|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 117/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Federativ model – bunday operatsion modelni raqamli transformatsiyani asta- sekin amalga oshiradigan yirik banklarda qo’llash mumkin bo’lib, unda raqamlashtirish faoliyat yo’nalishlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda ba’zi bir tashkiliy bo’limlar raqamli texnologyalarga bo’lgan harajatlar oqimini mustaqil ravishda nazorat qilib turib va hodimlarga yangi ko’nikmalarni singdirigan holda raqamli strategiyani amalga oshirishda ishtirok etadilar. Lekin boshqa bo’limlar raqamli transformatsiyada ishtirok etmasliklari ham mumkin. Bunda vaqt o’ishi bilan barcha hodimlr raqamli iqtisodiyotning afzalliklarni ijobiy baholagan holda bu jarayonda ishtirok etishga harakat qila boshlaydilar. Bunday operatsion modelga misol bo’lib, elektron hujjat aylanishiga o’tishni ko’rsatish mumkin. Ya’ni bu modelda yangiliklar bir
bo’limdan boshqasiga o’tib boradi va vaqt o’tishi bilan bank faoliyatiga doimiy asosda tadbiq qilinadi.
Ajratigan servislar modeli. Firma raqamli transformatsiyaning muhimligini anglaganidan so’ng va raqamli strategiyani amalga oshirish bo’yicha birinchi qadamlarni qo’yganidan keyin, kattaroq bo’lgan banklarda ajratilgan servislar modelidan foydalanish mumkin bo’ladi. Bunda bir qanha o’xshash funktsiyalar bitta markazlashgan bo’limga beriladi. U yoki bu operatsiyalarni bajarishga mas’ul bo’lgan bo’lim bo’linadigan servislar Markazi bo’lib qoladi. Bunday model bir qancha funktsiyalar tashqi kontragentlar tomonidan ta’minlab beriladigan autsorsingning analogi bo’lib qoladi. Bunday operatsion model yaratishning asosiy maqsadi - bank ichidagi amallar moslashuv darajasiining oshirilishi (ratsionalizatsiyalash) hamda mavjud biznes-jarayonlarning standart qaytarilib turuvchi operatsiyalar yo’qligi tufayli optimallashtirilishi hamda ba’zi bir bank operatsiyalariga bo’lgan harajatlarning kamayishidir.
Kompetentsiyalar strategik markazlarini yaratish modeli - Raqamli transformatsiya sharoitlarida bank operatsion modeli rivojlanishining keyingi bosqichi tashkiliy birlik sifatidagi kompetentsiya markazlarini tashkil qilishdir. Bunday markazlar ma’lumot yig’ish va tahlil qilish asosida information tizimlarni hamda biznes jarayonlarni nazorat qiladilar va ularni maksimal samarador ishlatish usullarini topadilar. Tashkiliy tuzilmaning bunday elmenti raqamli strategiya yaratish bo’yicha harakatlarni koordinatsiya qiladi, bozordagi tendentsiyalarni bashorat qiladi va raqobatbardoshlilikni oshirish maqsadida bankka takliflar tayyorlaydilar.
|
| |