|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 212/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020STForex – STForex asosida ishlaydigan savdo terminali AQSH dollari, evro va rubl asosida Bitсoin, Dashсoin, Ethereum, Liteсoin, Nameсoin, Peerсoinlar bilan ishlay oladi. Unda osongina bitkoinga efirium sotib olishingiz mumkin.
Konversiya darajasi (click-throught rate – CTR) – reklamaga javob bergan shaxslarning reklamani korgan barcha insonlar soniga nisbati.
Kompaniya biznes-modeli–kompaniyaning mahsulot ishlab chiqarish yoki hizmat ko’rsatish sohasida ishlatadigan usullari majmui.
Granola - yong‘oq va quruq mevalar, suli yormasining umumiy nomi zamonaviy qahvaxonalarda aynan granolaga almashgan. Marketing hosilasi.
Kovorking (coworking) – yakka yoki guruh bo‘lib idoraviy ishlar, startaplar yoki ta’lim uchun mo‘ljallangan, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlangan joy.
Vok (wok) – maxsus tovada tayyorlangan Osiyo taomlarining umumiy nomi, karton qutichalarga solib taqdim etiladi.
Gadjet (gadget) – cheklangan vazifalar doirasida asqotadigan texnik uskunalarning umumiy nomi.
Jetlag – insonning biologik soatlari va ish vaqtining mutanosib kelmasligi oqibatida yuzaga keladigan jismoniy noqulaylik.
Insayd (inside) – biror tashkilotga tegishli axborotning boshqa manbalar ixtiyoriga borib tushishi.
Insayder (insayder) – korxona, tashkilot yoki mamlakat ichidagi inson
Klaster (cluster) – bir hududdagi bir necha korxona yoki tadbirkorlarning kreativ echim uchun umumiy intilishi.
Loukoster (lowcoster) – nisbatan arzon chiptalar taklif etadigan aviakompaniya.
Loft – inglizcha «loft» (chordoq) so‘zidan. Turarjoy yoki idora uchun qayta jihozlangan sanoat, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan eski ishchi maydon.
Mastxev (must have) - kerakli va zarur buyum.
Trend – mavsum xiti, eng dolzarb, so‘nggi urf.
|
| |