|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 209/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Ochiq kalitlar texnologiyasi - Shifrlashning ikkinchi usuli hisoblanib, uni asimmetrik kriptografiya deb ham atashadi. Ushbu usuldan foydalanganda ikkita kalitdan foydalaniladi: ochiq (ommaviy) va yopiq (mahfiy) kalitlar
“shaffof” shifrlash dasturlari - o’z komp’yuteringizdagi ma’lumotlarni shifrlab qo’yishning bir necha xil usullari mavjud bo’lib, ularning ichidan foydalanuvchi uchun bilinmaydigan “shaffof” shifrlash dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday programmalar komp’uterning mantiqiy disklarini shifrlash uchun ishlatiladi.
RSA (Random Signature Algoritm) - asimmetrik shifrlash algoritmi.
DSA algoritmi - (Digital Signature Algorithm) - 1981 yilda yaratigan bo’lib, elektron raqamli imzo uchun AQSH standarti (Digital Signature Standart – DSS) sifatida ishlatiladi.
ГОСТЗ 34.11-94 - Rossiyada qo’llaniladigan standart xesh-kattalikni aniqlash standarti (yoki xesh-funktsiya) bo’lib, u 32 bayt kattalikda hisoblanadi.
MDx (Message Digest) – chet mamlakatlarda eng ko’p tarqalgan xeshlashtirish algoritmlari oilasi. Masalan, MD5 Microsoft Windows ning oxirgi versiyalarida foydalanuvchi parolini 16 baytli songa aylantirish uchun foydalaniladi.
SHA-1 (Secure Hash Algorithm) – kirish ma’lumotlarini 20 baytli xesh-miqdorga aylantirishning hisoblash algoritmi. Bu algoritm ham jahon
miqyosida keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha ma’lumotlarni himoyalashning tarmoq protokollarida ishlatiladi
|
| |