|
Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliya-bank tizimining transformatsiyasi
|
bet | 48/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020
Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz kreditlash kabi elementlarning bozordagi ulushi shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar (2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan) va bir-birini (peer- to-peer – P2P) kreditlash (oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015 yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki, an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (yoki hizmat) ishlab chiqarish shunchalik arzonlashadi.Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan o‘sishi kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (digitalbanking) asosiy konsepsiyalari qatoriga mijozlarga yo‘naltirilganlik, konsortsium konsepsidanraqamli banking kontseptsiyasiga o’tish, CRM (Customer Relationship Management) ning rivojlanishi, mijozlarga bo’lgan ishonchning o’sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va harakatchanlik hususiyati kiradi. Raqamli banklar hizmatlari zamonaviy insonlar hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va hizmatlarni taklif qiladi. Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish, uning uchun eng yaqin bo’lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o’z mijozlariga
shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, ubarcha platformalarda ishlay olsin va o’z faoliyatini asosanmobil qurilmalarga yo‘naltirilsin.Banking raqamli modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko’rsatishimiz mumkin:
omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish;
axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish;
ochiq API tizimidan foydalanish;
moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat;
mobil to‘lovlarning rivojlanishi;
banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish.
Raqamli hizmat ko‘rsatishga to‘la-to’kis o‘tish nafaqat banklarga, balki xilma-xil bank hizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana oladigan iste’molchilarga ham foyda keltiradi (masalan, harajatlarning pasayishi, muloqot doirasini qamrab olish imkoniyati, moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq bilish).Respublika bank tizimida zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga asoslangan innovatsion texnologiyalar faol joriy qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markabiy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya hizmatlari strukturasida bank hizmatlarining ulushi 88%ni tashkil qilgan va oldingi yillar bilan taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019 yil uchun bank tizimi hizmatlari sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash, bu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy qilish bo‘yicha muayyan vazifalar belgilab berilgan.Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank hizmatlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar ulushi ko‘plab qulay omillar tufayli og’ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank hizmatlari ko‘rsatishning raqamli kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilaypati. Shuningdek,ta’kidlash joizki, banklarning raqamli hizmatlarga o‘tishiuzoq muddatli va serharajat,
aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni, katta miqdordaпш mablag‘lar ajratishni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Hozirgi kunda banklar o‘z mijozlariga bir qator onlayn-hizmatlar va masofaviy bank hizmatlarini ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankio‘z mijozlariga quyidagi onlayn-hizmatlar taklif qilmoqda:
bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish;
amalga oshirilgan amallar to’g’risida elektron pochta (e-mail) orqali xabardor qilish;
mijozlar uchun personal IVR-kabinet tashkil qilish.
Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar taklif qilish amaliyotining ko‘rsatishicha, mahalliy banklarcheklangan turdagi onlayn- hizmatlartaklif qilmoqda, shuningdek, bank faoliyatini iste’molchilar talablariga nisbatan ommalashtirish jarayoni juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy banklarraqamli kanallar bo‘yicha xilma-xil moliyaviy hizmatlar taqdim etadigan bo‘lsa, iste’molchilarbank servislaridan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanish imkoniga ega bo‘lgan bo’lar edilar. Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi:
yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi masofani qisqartirish;
mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam maslahat asosida tashkil qilish va rivojlantirish;
an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etish;
mijozlarni bank operatsiyalari o‘tkazishda yangi raqamli texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish.
Bank hizmatlarining innovatsion turlarini bank tizimiga faol joriy qilish uchun respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarur bo‘lib, buning uchunnafaqat investitsiyalar, balki raqamlashtirish sohasida
bizdan o‘zib ketgan rivojlangan mamlakatlar tajribalarini yaxshilab o’rganish ham zarur.Bank sanoati – shiddat bilan raqamli rivojlanishga bo’lgan yorqin misollardan biri bo‘la oladi. Deloitte konsalting kompaniyasiRossiya banklari orasida yangi texnologiyalarni qo‘llash jarayonini tadqiq etib, buning natijasida ekspertlar 11 ta innovatsiyani tanlab oldilar va ularni bir nechta guruhga ajratidilar: havfsizlikni ta’minlash («aqlli» identifikatsiya-II-Intellektual Identification), tahlil (Big Data, shaxsiy moliyaviy yordamilar – PDA – Personal Digital Assistent), raqamli texnologiyalar (onlayn-hamyon, muloqotsiz to‘lov va boshqalar), avtomatlashtirish (bo‘linmalardagi avtootvetchiklar va robotlar), geymifikatsiya (mijozlar uchun o‘yinlar va kvestlar) va P2P-kreditlash.
Kripto-aktivlar, ya’ni blokcheyndagi o‘z qiymati va egasi bo‘lgan qaydlar yig‘indisi aylanmasi bilan endi faqat litsenziya asosida shug‘ullanish mumkin. Litsenziyalashga mayning, kripto-aktivlar bozoridagi hizmatlar va kripto-birjalar faoliyati kiradi. Bu yo‘nalishlarni litsenziyalash NAPU (Loyihalarni boshqarish milliy agentlagi) tomonidan amalga oshiriladi.Keyinroq O‘zbekistonda kripto- birjalarga bo’lgan talablar ham tasdiqlandi: xorijiy korxona, «ustav miqdori» 30 000 ekyu (5,5 mlrd so‘mdan ortiq), elektron tizim mavjudligi, savdoni amalga oshirish qoidalari, bozor kotirovkalaridan foydalanish va savdo haqidagi axborotlarni besh yil davomida saqlash majburiyati.Ko‘plab virtualvalyutalar moddiy ta’minotga ega bo‘lmasdan, ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aksiyalar, opstionlar, veksellar va boshqa shu kabi moliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’minotga ega bo‘lmaydi. Biroq agar klassik valyuta qimmati asosanuni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatiga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat undan foydalanuvchilar kutadigan natijalar bilan belgilanadi.Kembridj universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, kriptovalyutalardan foydalanuvchilar umumiy soni so‘nggi uch yil ichida to‘rt baravar – 2013 yildagi 8,2 milliondan 2018 yilga kelib taxminan 50 milliongacha o‘sdi.Ta’kidlash joizki, raqamli iqtisodiyotga o‘tilish bilan iqtisodiy o‘sish tendensiyalari yanada faol o‘sish tomon o‘zgarishi
mumkin. Bir tomondan, yaqin yillarda kriptoiqtisodiyot umumiy hajmi alohida mamlakatlar byudjeti bilan taqqoslanadigan darajaga yetadi. Boshqa tomondan, ushbu iqtisodiy faollikbutun dunyo bo‘ylab (eng katta qizg‘inlik Xitoy, Yaponiya, Evropa Ittifoqi davlatlari, Skandinaviya davlatlari, AQSH, Janubiy Koreya va Afrikaning bir qator mamlakatlarida kuzatildi) tarqalgan, ammo uning ko‘lami har bir alohida mamlakat iqtisodiyoti umumiy hajmida va jahon miqyosida u qadar sezilarli miqdorda emas. Bir qator davlatlar (Shveysariya, Angliya, Isroil va boshqalar) blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda, o‘zining mos keluvchi markaziy banklar tomonidan emissiya qilinadigan va nazorat qilinadigan virtual valyutasini ham yaratish istagini bildirdilar. Bir tomondan, blokcheyn va boshqa texnologiyalar joriy qilish, shubhasizki, davlat virtual valyutalari ishonchliligini oshiradi, boshqa tomondan esa, bunday yondashuvkriptovalyutalarning asosiy g‘oyasiga (taqsimlangan va markaziy boshqaruvsiz) zid keladi va unga to‘liq ma’noda qarshilik ko‘rsata olmaydi.Nima bo‘lganda ham, barcha davlatlar o‘zining moliyaviy va iqtisodiy tizimini ularning bir qismi tartibga solinadigan bir nechta valyuta muomalada bo‘lishiga tayyorlashi zarur deb o’ylaymiz.Xususan, Kanadaning eng yirik banklaridan biri, yangi Shotlandiya banki yoki Scotiabank, yaqinda bank mijozlari uchun «bank ishi odamlarga qanday hizmat qilishini qayta fikrlash» falsafasiga muvofiq, raqamli innovatsiyalar va yechimlar ishlab chiqish va joriy qilishni amalga oshiradigan yangi raqamli fabrika ishlab chiqilishi haqida ma’lum qildi.Deutsche Bank ham raqamli bank mahsulotlarini rivojlantirish borasida o‘z markaziga ega: Digital Factory Frankfurtda joylashgan. Bu raqamli fabrikada14 mamlakatdan bo‘lgan 400 ga yaqin dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi axborot texnologiyalari mutaxassislari va moliyaviy ekspertlar eng zamonaviy usullardan foydalangan holda, raqamli mahsulotlar ishlab chiqish ustida birgalikda ishlamoqdalar. 2016 yilning noyabrida Deutsche Bank dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarga an’anaviy moliya hizmatlari doirasidan chiqadigan bank mijozlari uchun raqamli yechimlar yaratish imkoniyatini taqdim etdi. Bunday yondashuvbank ular negizida butun dunyo startaplari bilan hamkorlik qiladigan uchta innovatsion laboratoriya, raqamli fabrika va tadqiqotlar yangi markazini
birlashtiradigan innovatsiyalar ekotizimi yaratishga imkon berdi. Bank dasturchilarga kelajakning raqamli hizmatlarini amalga oshirish uchun o‘z g‘oyalarini tekshirishga imkon beraidgan amaliy dastur interfeys (dbAPI) orqali raqamli muhitga to’laqonli ulanish va bu muhitda ishlash imkoniyatini ta’minlaydi.Tranzaksiyalar qismida ochiq interfeyslar mantiqinibank sohasi uchun inqilobiy bo‘lgan «Ikkinchi to‘lov Direktivasi» (Revised Payment Directive, PSD2 EU) ham tasdiqlaydi. U qonunchilik darajasida Evropa Ittifoqi banklarini chetdan ishlab chiquvchilarga foydalanuvchilar dasturlari uchun API bepul taqdim etishga majbur qiladi. Mijozning topshirig‘i asosida va bank bilan aqlli shartnoma tuzish orqali uchinchi tomon to‘lovlarni amalga oshirishi va tranzaksiyalar haqidagi axborotni o‘z dasturlarida aks ettirishi mumkin. Bu bir tomondan, ko‘plab bozor qatnashchilarini cho‘chitadigan, boshqa tomondan esa – yangi, strategik ahamiyatga molik istiqbol bo‘lib ko‘rinadigan ochiq banking tomon yana bir qadamdir.Boshqa tomondan, raqamli bank hizmatlari ishlab chiqishga proprietar yonadshuv ham an’anaviy raivshda qo‘llanilib kelmoqda. Xususan, RossiyaSberbanki «Sbertex» AT-kompaniyasini tashkil qildi. Sbertex loyihalari o‘z bank tizimini o‘z kuchlari bilan modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi. Biroqochiq interfeyslar (Open API) rivojlanishi ham kelajakdagi yo‘nalishlardan biri sifatida ma’lum qilinadi.Banklar ekotizimi tez rivijlanibbormoqda va bank servislari bilan bog‘liq o‘z dasturlarini yozish istagida bo‘lgan kishilar soni ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Bularning barchasistartap-g‘oyalar mijozlariga yo‘naltirilgan mustaqil IT-mutaxassislarini jalb qilish va ochiqlikka intilishdan darak beradi. Tabiiyki, bunday yondashuvni yangi raqamli iqtisodiyot paradigmasi talab qiladi.BIAN joriy 5-versiyasi 7 ta biznes-yo‘nalish, 36 ta biznes-domen, 300 ga yaqin turli domendagi servislar, 700 dan ortiq biznes-stsenariylar va2000 ga yaqin namunaviy biznes-operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiquvchilar tarkibiga 27 ta moliya tashkilotlari (ABN AMRO Group, Credit Suisse, Societe Generale Group, Deutsche Bank, Unicredit Group, ING, Achmea, Rabobank, UBS, Banco Galicia va boshqalar) hamda 43 ta dasturiy ta’minot ishlab
chiquvchilar (Temenos, Diasoft, Infosys, Sopra Banking Software, TCS Banks, IBM, SAP, Microsoft va boshqalar) kiradi.
"Raqamli banking"
bubankxizmatlariinternetorqaliamalgaoshiriladiganonlaynbanktizimigao‘tishdir. "Onlayn" yoki "internet banking" bankyokiboshqamoliyaviyinstitutmijozlarigamoliyaviyinstitutveb- saytiyordamidabirqatormoliyaviytransaksiyalarniamalgaoshirishimkoniniberuvchi elektronto‘lovtizimidir.
Ushbutizimbanklarvamijozlargabankxizmatlariniqulayvatezroqamalgaoshirishlari gaimkonberadi."Raqamli banking"
tizimijarayonlarningyuqoridarajadaavtomatlashuvi, xizmatlarningveb- saytlargaasoslanishi, institutlararobankmahsulotlariniyetkazibberishnita’minlovchidasturiyinterfeysilov alarining (ARO) foydalanilishi, mijozlargamoliyaviyaxborotgakompyuter, mobiltelefonvabankomatlarorqalibog‘lanishimkoniyatiningmavjudligikabilargaas oslanadi4.Endi raqamli iqtisodiyot sharoitlarida O’zbekiston Respublikasi bank tizimini, ya’ni, raqamli banking muammolarini va uni rivojlantirish yo’l- yo’riqlarini ham biroz ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, "raqamli bank" xizmatio‘zigaxosbirqatorxususiyatlargaegadir. Ular, jumladan, respublika bank tizimi uchun quyidagilardan iboratdir:
hozirgi paytda pul massasi aylanmasining ustuvor shakli naqdsiz bo‘lib, tizim samaradorligini oshirish uchun mijoz bilan masofaviy elektron aloqaga kirishishni maksimallashtirishni nazarda tutadi;
autentifikatsiya usullaridan fizik,elektron, parollashgan biometrik hamda kombinatsiyalashgan usullardan foydalanilib, bank xizmatlari xavfsizligini ta’minlash usullarini modernizatsiya qilishni maqsad qiladi;
mamlakat doirasida internet orqali markazlashgan ma’lumotlar markazi "big data" imkoniyatlari yordamida raqamli axborot tizimi arxitekturasini tuzish va u orqali ma’lumotlarni boshqarishni maqbullashtirish rejalashtirilayapti;
bank avtomatlashtirish bo‘limlarining paydo bo‘lishi va kengayishi, boshqa
bo‘limlarga bo’lgan ish yuklamasining kamayishi natijasida bank xizmatlarini va bank faoliyatini avtomatlashuvning ahamiyati oshishi;
bankning mijozlar bilan o‘zaro aloqasida ijtimoiy media, web-dasturlar va videoaloqa uskunalaridan keng foydalanish ko’zda tutilishi kabilardir. Yuqoridagilardan kelib chiqib,xulosao‘rnida shuni aytish mumkinki,
mamlakatimiz bank sektori resurs bazasi kengayib borayotganiga, respublikamizda "raqamli banklar" faoliyatini rivojlantirishga astoydil kirishilganligiga qaramasdan,yalpi ichki mahsulotga nisbatan bank aktivlari ulushlari anchagina kamligicha qolmoqda. Shuningdek, respublikamiz bank tizimida davlat ta’sirining yuqoriligi va tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatning yetarli darajada emasligi bankxizmatlarini ko‘rsatishda raqamli innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, masofadan keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank tizimini keng miqyosda "raqamlashtirish" faoliyatini to’la-to’kis rag‘batlantira olmayapti. Endilikda respublikamizda elektron hukumat tizimining rivojlanishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarihizmat doirasining kengayishi, internettezligi va imkoniyatlarining oshishi bank sektorida internet- banking xizmatlarining yanada ko’payishiga xizmat qilishi kutilmoqda.Respublikamiz banktizimi resurs salohiyatini oshirish va "raqamli banking"ni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni faollashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz:
|
| |