• Windows
  • Dapps, DAK, DAO
  • AndressenHorowitz
  • EastmanKodak
  • Google, Facebook, Twitter, Apple, Microsoft
  • SilkRoad vaMt.Gox
  • Satosi
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet47/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Mastercoin, Ethereum, BitShares, CounterpartyvaStellardeb nomlangan tizimlar. Ularning barchasiblokcheyn asosida maxsus ishlab chiqilgan o’ziga hos elektron platforma taklif qiladi. 2013 yil o‘rtalarida jurnalist Vitalik Buterin qanday qilib bitkoin bu qadar keng ommaviylikka erishgani haqida o‘ylanib qoldi. Uning nuqtai-nazaridan, bazaviy bitkoinprotokolidasturchilarga ishonchli va shu bilan bir paytda foydalanuvchiga nisbatan do‘stona bo‘lgan ilovalar dasturiy interfeysi (APIapplications program interfeys) yaratish haddan tashqari beso‘naqay bo‘lib ko‘ringan. Uning negizida yaratilgan barcha ikkilamchi protokollar tor doirada ixtisoslashgan bo‘lib chiqdi. Mohiyatan, bitkoin protokoliWindowspaydo bo‘lishidan oldin ommaviy bo‘lgan DOS operatsion tizimini eslatib yuboradi.Agar istalgan dasturlash tilida yozilgan istalgan ilova faoliyatini ta’minlay oladigan mustaqil protokol va blokcheyn yaratiladigan bo‘lsachi? Dasturchilar «to‘liq Tyuring» deb ataydigan protokol bo‘lsachi? U haqiqatda istalgan normarkazlashgan servisni qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lsachi – onlayn valyuta birjalari, intellektual shartnomalar, aksiyadorlar registrini yuritish, ovoz berish tizimlari, Dapps, DAK, DAO vaboshqalar, – bularning barchasi dasturchilarga, ularning fikriga ko‘ra, yetarli darajada jalb etuvchan interfeys bozori yaratishga imkon bersachi? Taklif qilingan yechim kriptovalyuta olamida haqiqiy dovul ko‘tardi: to‘liq qayta ishlangan, yuz foiz universal, nomarkazlashgan blokcheyn, istalgan shartnomalar bajarilishini tashkil qilish va nomarkazlashgan ilovalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan ochiq platforma sifatida faoliyat ko‘rsatishga qodir bo‘ladigan bunday yangi platformaga Ethereum deb nom berilgan.Kriptovalyuta texnologiyalari kelajagiga optimistik qarashlar ko‘plab to‘siqlarga duch keladi. Kriptovalyutalar haqidahatto bir daqiqaga esdan chiqaradigan bo‘lsak, normarkazlashuv trendi haqiqatda katta salohiyatga ega ekanligini tan olmaslik juda qiyin. Agar uni inqirozdan keyingi davrda Uoll-Strit va Vashington doirasida tobora ko‘proq kuch-qudrat markazlashuv trendi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu ikki egizak yonma-yon ketayotgan emas, balki bir-birining qarshisidan kelayotgan poezdlarni eslatib yuboradi. Ehtimol, biz global ijtimoiy o‘zgarishlar – uyg‘onish davrida bank ishi
    va milliy davlatlar keyinchalik ularning atrofida jamiyatning pul va iqtisodiy tizimi vujudga kelishi lozim bo‘lgan ikkita asosiy hukumat markazi sifatida shakllangan XVI asrdan keyingi tarix davomida eng kuchli o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turgandirmiz.Darhaqiqat, buyumlar interneti asridaan’anaviy pul tizimiga asoslangan texnologiyalarfoydalanuvchilarni to‘lov tizimlaridagi takomillashtirish bilan hayron qoldirishning har xil usullarini izlaydilar. Mobil bitkoin hisob- kitoblarining ustuvor vositasiga aylangan smartfon, shu bilan bir vaqtda,hisob- kitoblarni amalga oshirish usullarida inqilob qilishga intilayotgan moliyaviy-texnik kompaniyalarining diqqat-e’tibori markaziy o‘rin olmoqda.Kredit kartalari bilan hisob-kitob qilish an’anaviy texnologiyalrida ham global o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Squarekompaniyasidan kontakt kartalari o‘qish uchun portativ qurilma millionlab kichik biznes vakillari – masalan, taksichilar yoki xot-dog sotuvchilarga o‘z smartfon va planshetlarini mobil protsessing qurilmalariga aylantirish imkonini berdi. Bitkoynchilar odatda kredit va debet kartalar havfsizlik darajasi yetarli emasligidan asosli ravishda shikoyat qiladilar, chunki ularning tizimifoydalanuvchi shaxsi haqida axborot uzatishga bog‘liq bo‘ladi, biroq ta’kidlash joizki, hozirgi paytda tarmoqda bunday ma’lumotlar havfsizligi sezilarli darajada o‘sgan.Biroq bu yerda yana bir muammo mavjud: yangi texnologiyalar huquqiy tizimga kiritilgani sababli, ular uning ichidagi barcha pul tranzaksiyalari harajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Yangi texnologiyalar provayderlarikredit riskini o‘z zimmasiga olish va to‘lovlarni qayta ishlash uchun banklar va an’anaviy tizimning boshqa o‘yinchilariga komission to‘lovlar to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun ozgina ham imkoniyatga ega emas.Yangi hisob-kitob shakllari, texnik jihatdan ilg‘or bo‘lsada, avvalgidek 500 yillik tarixga ega bo‘lgan markazlashgan moliyaviy menejment modeli doirasida qolavermoqda. Oddiy mijoz uchun bu ikkiyoqlamalik hech qanday ahamiyatga ega emas, bu hattoki kelajakdagi hamkorlik iqtisodiyoti, qolgan barcha sohalarda insonlarning individual imkoniyatlarini takomillashtirish yo‘nalishida rivojlanishda davom etadigan bo‘lsada, an’anaviy pullarga uzoq umr va’da qiladi. Biroq bujon saqlash normarkazlashuv yo‘nalishidagi boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq emas. Bu trendlarning barchasi bugun bo‘lmasa ham,
    taxminan 10 yildan keyin kriptovalyutalar asri kirib kelishi muqarrar ekanligini ko‘rsatadi degan fikrdan uzoqlashish qiyin.Bu asr kelgach, kredit manbasi sifatida banklarning ahvoli nima kechadi deb o‘ylashga majbur qiladi. Ularning bu roliga har qanday tahdid innovatsion texnologiyalar vakillari bilan bozor ulushi uchun kurashda muzokaralar predmetiga aylanadi. Ularning ma’lum qilishicha, an’anaviy qog‘oz shaklidagi pullar o‘rniga keladigan kriptovalyuta tizimi banklarning kredit berish qobiliyatiga putur yetkazishi va shu tariqaxususiy pullar emitentlari funksiyasini bajarishi mumkin bo‘ladi. Agar bunday havf yuzaga keladigan bo‘lsa, hammamiz kabi jon saqlashdan manfaatdor bo‘lgan milliy davlat qanday javob qaytarish kerakligini hal qilishi lozim. So‘nggi 500 yil ichida milliy davlat o‘zining moslashuvchanlik qobiliyatini isbotlab berdi, shu sababli, biz bu safar ham omon qolish va moslashish imkoniyatiga shubha bildirmaymiz. Hulosa tariqasida davlat kriptovalyutasi chiqarish moslashuv strategiyalaridan biriga aylanishi mumkin ekanligi haqida gaplashamiz. Milliy davlatlarning yana bir shunday strategiyasi – birlashish va pul muomalasi sohasida hamkorlikni mustahkamlashdir. Biz bu nima bilan yakun topshi haqida tasavvurga ham ega emasmiz. Hech nima bilan tugamagasligi ehtimoli ham bor. Lekin bunday savollar yuz yilliklar davomida birinchi marta qo‘yilmoqda.AndressenHorowitzinvestitsiya fondining venchurli tadbirkori Kris Dikson quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bir tomondan, sizda ish joyini yo‘qotgan bank xodimi bor va siz uning oldida o‘ng‘aysizlik his qilasiz, boshqa tomonidan esa, qolgan hamma bank tizimidan foydalanish tufayli 3%dan to‘lashi kerak bo‘lmaydi va bu ulkan iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bu kichik biznes rentabelligining o‘sishini jiddiy ravishda rag‘batlantiradi. Biroqjamiyatda yuzaga kelgan muammolga qarashlar nuqtai-nazaridan bu holat salbiy qabul qilinadi. Ammo muayyan odamlar nimanidir yo‘qotadi va butun jamiyat esa uni qabul qiladi».Bunday muammolar kriptovalyutalar asrida o‘ziga xos dolzarblikka ega bo‘ladi – har xolda, bu holat blokcheyn avtomatlashtirish jarayoniga duch kelgan va uni ishonch asosida ishlatganlar band bo‘lgan tarmoqlarda ro’y beradi. Ular moliyaviy hizmatlarni rivojlantirishning ushbu yangi yo‘li raqamli videokameralar istiqbollarini yaxshi tushuna olmagan EastmanKodaktushib qolgan vaziyatga olib
    kelmasligiga umid qilish imkonini beradi. Biroq, hozirgi paytda bir qanchayetakchi tadqiqotchilar bitkoinni o‘tib ketadigan bir qiziqish deb hisoblaydilar. AQSHda kriptovalyutalarning asosiy aylanmasi risk yuqori bo‘lgan pul siyosati sharoiltarida ro‘y beradi. Bu maydonga kriptovalyuta va u bilan bog‘liq biznes «lobbisi» sifatida endi kirib kelmoqda. Bitkoin biznesiadolatli o‘yin qoidalari belgilash zaruratini tushunib yetadigan hukumatning qo‘llab-quvvatlashi tufayli yutuqqa erishishi mumkin. Kriptovalyutalar asridamonopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilishni, biznes yuritish qoidalarining shaffof bo‘lishini va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini qattiq turib talab qilish kerak. Monopoliyalar va trastlarni tiyib turish hamda raqobatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hozirgi davlat modeli bu masalalarda ilgari hech qanday qoidabuzarliklarga duch kelmagan deb bo‘lmaydi. Kriptovalyuta tashabbuskorlariGoogle, Facebook, Twitter, Apple, Microsoftva shunga o‘xshash kompaniyalarnimarkazlashgan, demak, adolatli bo’lmagan (dushmanlik ruhidagi) tuzilmalar deb hisoblashga moyil bo‘lgan bir paytdabaribir shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir ular ham hech kimga ma’lum bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal kompaniyalarga aylanishlari mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan huquqiy tizim tufayli,kriptovalyutalar asosidagi bunday startaplarrivojlanishi va foyda olishi mumkin bo‘ladi. Natijada dunyo ishonch hosil qilinishi oqibatida yaxshi tomonga o‘zgaradi. Bikoinning nufuziga SilkRoadvaMt.Gox saytlari bilan bog‘liq voqea asoratlari ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Huddi shuning uchun ham ko‘pchilik odamlar butun boshli g‘oyani boshdan oxirigacha aldov deb hisoblaydilar. 2014 yil o‘rtalarida o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, AQSH fuqarolarining faqat yarmigina bitkoin nima ekanligini biladi, atigi 3%ga yaqini undan foydalangan, 65%i esa undan foydalanish ehtimoli pastligini aytgan. Kriptovalyutalarga ishonch hosil qilish uchun, odamlar unga ishonishni boshlagunlariga qadar ularga nimalarnidir tushuntirishiga to‘g‘ri keladi.Agarda bitkoin haqiqatda yetakchi valyutaga aylanganida, u dunyo fuqarolarining katta qismini larzaga keltiradigan iqtisodiy kuchlarni hosil qila olgan bo‘lar edi. Yangi kriptotangalar «ishlab topilish» tugaganidan so’ng va ularning umumiy soni 21 millionga yetishi bilan bitkoin
    deflyasion valyutaga aylanadi. Bizning global iqtisodiyot hozirgi holatida inflyasion valyutalarga asoslanadi. Kreditga va kuchli monetar nazoratga asoslangan holda ishlaydigan global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon yetkazgan bo‘lar edi, ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy qilingan bo‘lsa. Ammo, orada raqobat degan muammo ham bor.VisavaMasterCard kabi oshkora raqobatchilarni yoddan chiqaring. Agar, aytaylik, raqamli to‘lovlarning barcha afzalliklarini taklif qiladigan va bundan bitkoinning barcha real va ehtimoliy kamchiliklaridan xoli bo‘lgan to‘lov tizimi mavjud bo‘lsa-chi? Kriptovalyutalarning moliya tizimida ustunlik qiladigan holatga erishish usuli ularning uzluksiz moslashuv jarayonidan iborat bo‘lib, buni hech kim kriptovalyuta bozoridagi asosiy o‘yinchilardan tezroq bajara olmaydi. Hozir raqamli asr, bitkoin esa – raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Odamlar hayotini telefonsiz tasavvur ham qila olmaydigan, juda ko‘plab savdo bitimlari onlayn amalga oshiriladigan dunyoda muomala oddiyligi va harajatlar tejalishi bitkoinga ustunlik beradi. U yuqorida aytib o‘tilgan katalizatorlardan bittasiga, keyin yana bittasiga, undan keyin yana bittasigava ehtiyoj sezadi. Pirovardida bitkoin shu qadar ommalashdiki, pulning uchala funksiyasini birlashtiradi va shunda u xuddi dollar kabi buyuk ahamiyatga ega bo‘ladi.Jamiyatdagi salbiy imidjga va me’yoriy cheklovlarga qaramasdan, tashqi muhit kriptovalyutalarning gullab-yashnashiga to‘sqinlik qilyapti deb bo‘lmaydi. Kriptovalyutalarga moyillik bildiradian ayrim davlatlar, jumladan, Shveytsariya, Singapur, Birlashgan Qirollik va Kanada kriptovalyuta texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan innovatsion xablar yaratishga hizmat qilgan bo‘lar edi. Xatto AQSH da ham, NDFU direktori Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilishmoqda. Lekin u yerlarda ham bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida ma’lum bo’lmoqda. Bitkoinlar depozitariysi va elektron hamyonlar ijaraga
    beruvchi SEOmutahassisi Xapo Venses Kasares bitkoin kelajagini u onlayn-savdo uchun afzal ko‘riladigan ayirboshlash vositasiga aylanadigan «internet tabiiy valyutasi» sifatida ko‘radi.Bitkoin narxini oshiradigan yagona omil bu – cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi bo’lib, uni oltin yoki kumush kabi foydali qazilmalar bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori cheklangan va uni sun’iy raivshda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kriptovalyutaning asosiy ustunligi ham huddi mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi. Biroqmoliyaviy ekspertlar bunday qo‘yilmalar riskli ekanligi haqida ta’kidlashni davom ettirishmoqda, ko‘plab davlatlar esa avvalgidek, o‘z ramsiy bozorlarida kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni taqiqlamoqdalar. Shuningdek, mahalliy tartibga soluvchida kriptovalyutalarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi ham shubha uyg’otadi. Biroqzamonaviy iqtisodiyotdagi tendensiyalarhukumatni raqamli elektron pullarni mahalliylashtirish ustida o‘ylanishga majbur qiladi. Kriptovalyutalar olamida havfsizlik ham muhim rol o‘ynaydi – ko‘pincha jinoyatchilar jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni kriptovalyuta yordamida «yuvish» uchun undan foydalanadilar.
    Endi kriptovalyutalar birjasihaqida ham bir fikrlab ko’ramiz. Agar siz nima qilib bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va bu orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim. Kriptovalyutalar birjalari ko’pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga odamlar brokerlarsiz biror bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda boshqalarni jalb qilmasdan ham ishtirok etish mumkin. Birjadagi bundan boshqa ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «tirik» pulga – dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa – kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi. Elektron pullar bitkoinni efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida
    almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasi rolida ishtirok etadi.Agar birja savdosi siz uchunmurakkablik qiladigan bo‘lsa, lekin siz bitkoinni rublga yoki rublni bitkoinga almashtirish fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat qilishingiz kerak bo’ladi. Bunday shahobchalar joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani boshqa turdagi valyutaga ayirboshlashga imkon beradigan oddiy servislardir. Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda shuni yodda tutish kerakki, oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ancha ortgan. Shu sababli, ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak. Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqidagi fikrlarni osonlik bilan topishingiz mumkin. Endi esa kriptovalyutalar kapitallashuvi masalasini ko’rib chiqamiz. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda odamlar yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik - bu atamalarning ma’no va mohiyatini tushunmaslik yoki bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi bu esa qo‘pol xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvikriptovalyutalar kursiga bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas. Odatda, kurs qanchalik baland ko‘tarilsa, kapitallashuv shunchalik tez o‘sadi. Biroq ayrimmutaxassislarqaysidir kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar bo‘yicha aniqlashning imkoni yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi – tortishuvli masala degan fikrlarga qo‘shiladilar. Kriptovalyutalarning yo‘q bo‘lib ketish holatlari ekspertlar orasida shubha uyg‘otadi. «Satosi Nakamotu» niki ostida ishlaydigan tadbirkorlik sub’ektlariu bir necha yil oldin million bitkoin bilan birga g‘oyib bo‘lgandeb hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda
    «yonib» ketgan kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta, hozir tizim ancha havfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu masalaga jiddiyroq yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud.Mayning qilish uchun esa kriptovalyutani «mayning» qiladigan asbob-uskunalar hamda tegishli dastur xarid qilish talab etiladi. Ko‘plab ijobiy fikrlarga qaramay, mayning uskunalari bitkoinni juda ham katta miqdorlarda «jalb qilmaydi». Kriptovalyuta
    fermasi egasi, uskunani kriptotizimga ular ekan, ushbu tizimdagi tranzaksiyalar haqidagi axborotni saqlaganligi uchun qandaydir miqdorda mukofot oladi.

      1. Download 2,85 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.