|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 7/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020turib boshqarish).OVUM, Mashine Research va Nokiakompaniyalari tahlilchilarining bashoratlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib,tarmoqqa ulangan sanoat qurilmalarining soni 530 mlnbirlikdan ortadi, 2025 yilga kelib esa ularning soni 20 dan 200 mlrd birlikkacha bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘plab mamlakatlardaishlabchiqarishresurlariniboshqarish texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, ulardan virtual foydalanish manfaatlarida, raqamli iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va o‘zgartirish davlat daturlariga binoan bajariladi: Germaniyada Industrie4.0, AQSHda Advanced Manufacturing Technology, Xitoyda esa asosiy e’tibor ilg‘or texnologiyalar joriy qilish, sifat va innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik konsepsiyasi, Buyuk Britaniyada Innovate UK, AvstraliyadaNational Digital Economy. IoT-platformalar yaratish va joriy qilish bo‘yicha loyihalar, amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalgi oshirilmoqda. Internettashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasiinternetni rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqdi hamda buyumlar internetiAssotsiatsiyasini ta’sis etdi. Rosstandart doirasida faoliyat ko‘rsatadigan
«Kiberfizicheskiesistemы»standartlashtirish bo‘yicha yangi texnik qo‘mita faoliyati doirasida buyumlar interneti sohaida standartlar ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilgan.
Katta ma’lumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadidastrukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlarkatta hajm bilan, xizma-xillik va yangilanish tezligi bilan tariflanadi, bu esa axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta ma’lumotlar texnologiyasi bu –katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir.Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makrodarajadagi hodisalarni tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek, ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalri asosida trendlarni aniqlash mumkin.Tijorat
loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katta ma’lumotlar sohasidagi asosiy muammo - ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi.Tahlil algoritmidagi eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar tezligini baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda katta ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi.Hozirgi kunga kelib,katta ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan,IBM, Oracle,Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation (HADOOP)va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar hizmat qilishi mumkin:
Internetda fodylanuvchilar xulq-atvori loglari; avtomobillardantransport kompaniyaiga keladigan GPS-signallar; bankning barcha mijozlaritranzaksiyalari haqidagi axborotlar; yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi axborotlar; ko‘p sonli shahar IP-videokameralaridan olingan axborotlar;
sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarishdatchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar.
Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda ishlatiladigan va hozirgi zamonda borgan sari ommabop bo’lib borayotgan virtual valyutalar haqida mulohaza qilib ko’ramiz.
|
| |