|
I-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI
|
bet | 4/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 I-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning ahamiyati
Raqamli iqtisod - xo’jalik yuritishning yangi zamonaviy shakli bo’lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni, masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida maxsulot yetishtirishni va uni yetkasib berishni, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha qilib javob berish mumkin:
Raqamli iqtisodiyotga o’tish deganda komp’uyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz;
Raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan texnologiyalar birgalikda “aqlli” ob’ekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog’liqni saqlash, transport ba tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyot quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Bu yangi kadrlar va yangi ish joylari hosil bo’lishida
Bu yangi korporativ madaniyat barpo bo’lishida
Bu yangi boshqaruv va nazorat usullarining yuzaga kelishida
Bu katta ma’lumotlar bazalari (big data) va aniqlikka erishishda
Bu sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarining hosil bo’lishida
Bu ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlari amalga oshishida
Bu buyumlar interneti va masofaviy ta’lim (MOOC) ning keng miqyosda qo’llanilishida
Bu blokcheyn va u orqali yurutiladigan turli-tuman jarayonlarning hayotga tadbiq qilinishida
Bu mayning jarayoni hamda mustaqil biznez yuritish imkoniyatining yuzaga chiqishida
Bu yangi pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining kengayishida
Bu katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayoning amalga oshirilishida
Bu mustaqil pul birligi va kriptovalyutalarning amaliyotga kirib kelishida
Bu elektron tijorat va elektron biznesning rivojlanishida
Va boshqa juda katta imkoniyatlar yuzaga kelishidadir.
Raqamli texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Bosqich:
Jarayonlarni komp’yuterlashtirish va avtomatlashtirish (shu jumladan, ARM, ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar)
Telekommunikatsiya – simli va simsiz, optik
Bosqich:
On-line platformalar (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar)
Bulutli va virtual texnologiyalar
Bosqich:
Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, narsalar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalar (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni)
Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamolillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsata olamiz:
Vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati
Turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati
Ko’ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model)
Global ekosistema orqali savdo qila olish imkoniyati
Raqamli iqtisodiyot, elektron bizneshamda elektron tijorat uchun zaruriy bo’lgan resurslar jumlasiga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Hisoblash-kommunikatsion infratuzilmalar
Turli xildagi raqamli texnologiyalar
Tezkor Internet tizimi
IP bloklar
Raqamli iqtisod sohasida tayyorgarlik ko’rgan inson resurslari
Biznes modellar
Intellektual on-line ishlab chiqarish
Moliyaviy ta’minot
Kraudsorsing va kraudfunding tashkil qilish imkoniyatlari
Elektron biznes va tijoratda mustahkamraqobatliustunlikkaerishish, engyuqoricho‘qqigachiqashhamdabu maqomni saqlabqolishosonish emas, albatta. Xususan, AQSHstatistikama’lumotlarigako‘ra, 2000 yilFortune 500dan o‘rin olgan kompaniyalarning 52%dan ko’prog’I hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500 ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilgakelib 12 yilgaqisqargan. Yetakchilikmuddatiningbundaybeshkarraqisqarishiningsababi – butunbiznesning, jumladan, servisbiznesiningraqamliasoslargao‘tishisanalib,
bizxozirgikundabuhodisaningguvohivaqatnashchisibo‘libturibmiz.
«Raqamliinqilob» (Digital Disruption) – fenomeni tahlilchilarorasidaham, kompaniyalardirektorlarkengashilaridahamdolzarbmavzulardan biri hisoblanadi.
|
| |