Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet2/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

SO‘ZBOSHI


Mamlakatimizda mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab har bir sohada sobitqadamlik bilan ish yuritishni boshlandi, binobarin ta’lim sohasida ham. Ayniqsa soʻngi yillarda umumiy oʻrta, kasb-hunar va oliy ta’limni tubdan isloh qilish va uni rivojlantirishga, jamiyatda oʻqituvchi va ustozlarning mavqeyini, obroʻyini yanada koʻtarish masalalariga shaxsan davlat rahbarining tashsabbusi bilan katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, jumladan jismonan sog‘lom, ruhiy va intelektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi-nazariga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi vazifalar qo‘yildi1.


Bunday intelektual salohiyatli mutaxassislarni voyaga yetkazishda muhandislik grafikasi fanlarining ham oʻz oʻrni va amaliy ahamiyati mavjud. Inson faoliyatining deyarli hamma sohalari uchun zarur bo‘lgan chizmalarni o‘qish va bajarish ishlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shunchalik o‘zi uchun qulay bo‘lgan bilish vositasiga ham ega bo‘ladi.
Shunga asosan hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizmaga g‘oyat katta e’tibor berilib, unga bir qator talablar ham qo‘yilmoqda. Bu talablarning barchasini bilish va chizmani bajarishda qabul qilingan turli belgilarni, qoidalarni o‘zlashtirish va uni tushinish albatta maxsus tayyorgarlikni hamda mukammal grafik savodxonlikni talab qiladi.
Demak, chizmalar chizish va grafik masalalarni yеchishni har bir inson, ayniqsa, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassis yaxshi bilishi, uni o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Bu esa, ta’lim tizimida har bir ta’lim yo‘nalishlari va





1 http:strategy.regulation.gov.uz.
sohalariga mo‘ljallangan fan va maxsus kurslar, asosan, chizmachilik fanini o‘rganish va o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Chizma – qayta tiklanish xususiyatiga ega boʻlgan konstruktorlik hujjatidir. Ya’ni, buyumning aniq shaklini buzilmagan holda va o‘lchamlarini to‘liq ko‘rsata oladigan tekislikdagi koʻrinishidir. Mazkur chizma asosida buyumni qayta tiklash, tayyorlash mumkin boʻladi. Bunday chizmalarni tuzish va uni o‘qish qoidalari chizmachilik fanida o‘rganiladi. Chizmachilik fani mazmuniga ko‘ra quyidagi beshta bo‘limdan iborat: “Geometrik chizmachilik”, “Proyeksion chizmachilik”, “Mashinasozlik chizmachiligi”, “Qurilish chizmachiligi”, “Topografik chizmachilik”.
Talabalar, Sizlar chizma geometriya fanida figuralarni matematik nuqtayi nazardan nazariy o‘rganasizlar. Chizmachilik fanida esa ularni tekislikda chizish yo‘li bilan amaliy o‘rganasizlar. Shuning uchun geometrik figuralarni avval nazariy bilim olish yo‘li bilan so‘ngra, ularni amalda chizmalarini chizish orqali anglash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Demak, chizmachilik fanining grammatikasi chizma geometriya deb qaralsa, chizma geometriyaning asosi geometriya fani ekan.
Har bir konstruktor u yoki bu buyumni loyihalash jarayonida o‘zining eng oliy darajasi – ijodiy faoliyatini ishga solishda, avval geometriyadan olgan bilimlarini hisobga olgan holda eng optimal qaror qabul qiladi. Chunki, har bir loyihalanayotgan buyumda texnik, texnologik va iqtisodiy masalalar shartlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, har qanday ixtiro qilinayotgan buyumning turli grafik tasvirlari chiziladi, mustahkamliligi va chidamliligi faqat uning geometriyasi orqali matematik modellash yo‘li bilan aniqlanib, sinovdan o‘tkaziladi.
Bo‘lajak texnika mutaxassisi, chizmachilik fani o‘qituvchisi, istalgan soha vakili, hattoki oddiy bir inson ham buyumlarning chizmasidan uning ishlash prinsipi, undan foydalanish va iloji bo‘lsa uni ta’mirlashni bilishi lozim. Buning uchun mutaxassis grafik savodxon bo‘lishi kerak. Chizmachilik fani o‘quvchi va talabalarni grafik savodxonlikka o‘rgatadi. Talabaning fan doirasida egallagan
nazariy bilimlari buyumning chizmasini tuzishga qaratilgan grafik ishlar orqali mustahkamlanadi.
Mashinasozlik chizmachiligidan bajariladigan grafik ishlar mazmunidan kelib chiqqan holda grafik vazifalarni qanday bajarishga oid namunali chizmalar va variantlar to‘plamiga ehtiyoj mavjud. Shu maqsadda mazkur oʻquv qo‘llanma ushbu muammoni hal qilishga amaliy yordam berishini hisobga olsak unga zaruriyat mavjudligini ko‘ramiz.
Ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi chizmachilik fani 2-7-semestrlarda o‘qitiladi. Fanning „Mashinasozlik chizmachiligi“ bo‘limi 2 va 3-semestrda haftasiga 4 soatdan, jami 76 soat o‘qitiladi.
Chizmachilik fanining „Mashinasozlik chizmachiligi“ bo‘limi yuzasidan talaba 10ta grafik vazifa bajaradi. Qo‘llanmada ushbu 10ta grafik vazifaning qanday bajarilishiga oid metodik tavsiyalar, namunali chizmalar va har bir grafik masalala yuzasidan talabalar uchun individual variantlar o‘rin olgan. Shuningdek, talabaning nazariy va amaliy bilimlarni tekshirishga qaratilgan test savollari ham o‘rin olgan.
Oʻquv qo‘llanmani tayyorlash jarayonida o‘zlarining qimmatli fikrlarini bergan Toshkent Davlat pedagogika universitetining “Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi”, Andijon davlat universitetining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilariga samimiy minnatdorchilik bildirib qolamiz.



Download 40,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 40,48 Mb.