|
Konstruktorlik hujjatlarining turlari
|
bet | 5/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)Konstruktorlik hujjatlarining turlari. Konstruktorlik hujjatlariga grafikaviy va matnli hujjatlar kiradi.
Bu hujjatlar orqali detalni tuzilishini, ta’mirlanishini, ishlatilishini bilish mumkin. Quyida ba’zi konstruktorlik hujjatlari keltirilgan.
Detal chizmasi - detal tasvirini va uni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Yig‘ish chizmasi - buyumning tasviri hamda uni tayyorlash, yig‘ish va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Umumiy ko‘rinish chizmasi - buyumning asosiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash prinsipini aniqlovchi hujjat.
Nazorat chizma - buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini aniqlovchi hujjat.
Gabarit chizma - buyumning soddalashtirilgan tasviri va uning gabarit, o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari keltirilgan hujjat.
Montaj chizma - buyumni o‘rnatish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Sxema - buyumni yoki uning qismlari va ularning o‘zaro bog‘lanishi shartli tasvirlar, belgilar bilan ko‘rsatilgan hujjat.
Spetsifikatsiya - yig‘ma birlik, komplekt va komplekslarning tarkibini aniqlovchi hujjat.
Konstruktorlik hujjatlari bajarish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
Originallar - yastalgan materialda bajarilgan hujjat bo‘lib, ular asl nusxa tayyorlash uchun mo‘ljallanadi.
Asl nusxalar - ko‘plab nusxa ko‘chirish imkonini bajaradigan materialda tayyorlangan bo‘lib, mas’ul shaxslarning asl imzolari bilan rasmiylashtirilgan hujjatdir.
Dublikatlar - asl nusxalardan olingan bo‘lib, asl nusxalarni qayta tiklash va nusxa ko‘chirish imkoniyatini beradigan hujjat.
Nusxalar - asl nusxa yoki dublikat bilan bir xillikni saqlab qolgan bo‘lib, buyumni loyihalashda, ishlab chiqarishda, ta’mirlashda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
|
| |