Yuzalarning g‘adir-budirliklarini belgilash




Download 40,48 Mb.
bet9/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Yuzalarning g‘adir-budirliklarini belgilash. Yuzaning g‘adir-budirligi belgisining strukturasi 1.3-rasm, a da ko‘rsatilgan.
Chizmalarda yuzalarning g‘adir-budurlik belgilari mazkur chizma bo‘yicha bajariladigan (konstruksiyasi bo‘yicha g‘adir-budurliklari nazarda tutilmagan yuzalardan tashqari) barcha yuzalarga qo‘yiladi.


a)


b)
1.3-rasm
Chizmalarda yuzalarning g‘adir-budurligi belgilanganda, 1.3-rasm, b da tasvirlangan belgilardan biri qo‘llaniladi.
Yuzalarning g‘adir-budurligi faqat parametrlarning qiymati bilan belgilanganda tokchasiz belgi qo‘yiladi Belgilardagi H balandlik chizmada qo‘llanilgan oʻlcham sonlar balandligiga (H ning balandligi 1,5 ... 3h) taxminan teng bo‘ladi. Belgilarni bajarishda qo‘llanilgan chiziqning qalinligi chizmadagi asosiy kontur chiziqlar qalinligining taxminan yarmiga teng.
Yuzalarning g‘adir-budirligi belgisini chizmalarda qo‘yish qoidalari standart shaklda belgilangan. Konstruktor tomonidan detal yuzasiga ishlov berish turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 1.3-rasm, b dagi 1-belgi qo‘yiladi.
Yuzalarning g‘adir-budirligi metall qatlamini qirish, frezalash, parmalash, jilvirlash va shunga o‘xshash ishlov berish bilan hosil qilinsa, 1.3-rasm, b dagi 2- belgi qo‘yiladi.
Yuzalarning g‘adir-budirligi metall qatlamini olmasdan quyish, bolg‘alash, shtamplash, protochkalash, tortish kabi ishlov berish yoki yetkazib beriladigan holatida saqlanib qoladigan yuzani belgilash uchun 1.2-rasm, b dagi 3-belgi tatbiq qilinadi. Shuningdek, bu belgi bilan mazkur chizma bo‘yicha detalning ishlov berilmaydigan yuzalari ham belgilanadi. Shu belgi bilan belgilangan yuzalarning holati tegishli standartlar talablariga yoki texnikaviy shartlarga javob beradigan bo‘lishi kerak.
O‘zDSt 2789:98 ga muvofiq, yuzalarning g‘adir-budurlik parametrlari belgilanganda parametr sonli qiymati belgisiz, boshqa parametrlarning sonli qiymatlari esa tegishli belgidan keyin keltiriladi: Masalan: 0,8; Rmax 12,5; Sm 1,25; t40 60 ; S 0,032; Rch 25 va hokazo.
G‘adir-budurlik parametrlarini diapazon qiymatlari ko‘rsatilganda yuzaning g‘adir-budurligi belgisida parametr qiymatlari ikki qatorga joylashtirilib ko‘rsatiladi, masalan:

1,25

0,100

0,63

60




0,80

0,040

0,20

40

va shunga

o‘xshashlar.
G‘adir-budurliklar bunday koʻrsatilganda parametrlarning dag‘alroq qiymati yuqori qatorda yozilishi kerak.
Yuza g‘adir-budurligining nominal qiymati O‘zDSt 2789:98 ga muvofiq chekli chetga chiqish bilan ko‘rsatiladi, masalan:
1 ±25 o/o; Rz 50 -10 %; Sm1,60 +20 %; t50 80 ±30 %
G‘adir-budurlikning ikki va undan ortiq parametrlari yuzaning g‘adir-budurlik belgisida ko‘rsatilganda yuqoridan pastga qo‘yidagi tartibda yoziladi (1.4-rasm, a), ya’ni, g‘adir-budurliklar balandligi Ra, profilning g‘adir-budurlik qadami Sm, so‘ngra profilning nisbiy tayanch uzunligi tr.
Agar g‘adir-budurlik Ra va Rz parametrlarni ko‘rsatish bilan chegaralansa, baza uzunligi yuzaning g‘adir-budurlik belgisida ko‘rsatilmaydi. Bu parametrni aniqlash O‘zDSt 2789:98 da keltirilgan g‘adir-budurlik klasslari xarakteristikaci jadvalidagi bazaviy uzunlik qiymati parametrlariga mos bo‘lishi kerak.

a) b) v)
1.4-rasm
G‘adir-budurliklar yo‘nalishining shartli belgilari chizmalarda zarur hollardagina keltiriladi. G‘adir-budurliklar yo‘nalishining chizmalarda ko‘rsatish shartli belgilari quyidagi 1.2-jadvalda keltirilgan.
G‘adir-budurliklar yo‘nalishining shartli belgisi balandligi taxminan N ga teng, belgi chizig‘ining qalinligi esa mazkur chizmada ko‘rsatilgan asosiy kontur chiziq qalinligining taxminan yarmiga teng bo‘lishi kerak.
Agar talab qilingan sirtni hosil qilish uchun yuzaga ishlov berish turi yagona bo‘lsa, u holda bu ishlov berish turi chizmada yuzaning g‘adir-budurlik belgisida ko‘rsatiladi (1.4-rasm, a va b).
Yuzalarning g‘adir-budurliklarini chizmada soddalashtirilgan belgilar bilan ko‘rsatishga yul qo‘yiladi. g‘adir-budurliklar bunday soddalashtirib ko‘rsatilganida chizmaning texnikaviy talablarida tegishli tushuntirishlar keltiriladi (1.5-rasm).
G‘adir-budurliklar soddalashtirib ko‘rsatilganda belgi va rus alfavitining yozma harflari alfavit tartibida, takrorlanmasdan va orada qo‘yib yuborilmasdan foydalaniladi.
Agar g‘adir-budurlik yo‘nalishini o‘lchash natijasi O‘zDSt 2789:98 da ko‘rsatilgandan farqlansa, chizmada g‘adir- budurlikni o‘lchash yo‘nalishi ko‘rsatilib qo‘yiladi (1.6-rasm).

1.5-rasm 1.6-rasm



Download 40,48 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Download 40,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuzalarning g‘adir-budirliklarini belgilash

Download 40,48 Mb.