• Yuzalarning g‘adir-budirlik belgilarini chizmalarda ko‘rsatish qoidalari.
  • YUZA G‘ADIR-BUDIRLIKLARINING YO‘NALISH TIPLARI




    Download 40,48 Mb.
    bet10/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    YUZA G‘ADIR-BUDIRLIKLARINING YO‘NALISH TIPLARI


    1.2-jadval



    G‘adir- budirliklar
    yo‘nalishlarining turlari

    Sxematik tasvirlar



    Izohlar



    Parallеl



    Chizmada tasvirlangan yuzaning g‘adir- budirligi qo‘yilgan talablar parallеl chiziqlar



    Pеrpеndikulyar





    Chizmada tasvirlangan yuzaning g‘adir- budirligi qo‘yilgan talablar pеrpеndikulyar chiziqlar



    Kеsishuvchi





    Chizmada tasvirlangan yuzaning g‘adir- budirligi qo‘yilgan talablar ikki tomonga og‘ma bo‘lgan kеsishuvchi chiziqlar



    Ixtiyoriy



    Chizmada tasvirlangan yuzaning g‘adir- budirligi qo‘yilgan talablar ixtiyoriy chiziqlar



    Aylanasimon



    Chizmada tasvirlangan yuzaning markaziga nisbatan uning g‘adir- budirligi taxminiy aylanasimon chiziqlar



    Radial



    Chizmada tasvirlangan yuzaning markaziga nisbatan uning g‘adir- budirligi taxminiy radial chiziqlar



    Yuzalarning g‘adir-budirlik belgilarini chizmalarda ko‘rsatish qoidalari. Yuzalarning g‘adir-budurlik belgilari detal tasvirlarining kontur, chiqarish chiziqlariga yoki chiqarish chiziqlarining tokchalariga qo‘yiladi (1.7-rasm).
    Belgilarni chiqarish chiziqlariga qo‘yganda imkoni boricha o‘lcham chiziqlariga yaqinroq joylashtirish lozim.
    G‘adir-budurlik belgilarini chiqarish chiziqlariga qo‘yilganda imkoni boricha o‘lcham chiziqlariga yaqinroq joylashtirish kerak.
    Yuzalarning g‘adir-budurlik belgilarini detalning faqat birgina tasvirida emas, balki yaqqolroq tasavvur etish mumkin bo‘lgan tasvirida ko‘rsatish kerak.

    1.7-rasm 1.8-rasm





    Chizma maydonida joy yetishmagan hollarda yuzaning g‘adir-budurlik belgilari bevosita o‘lcham chiziklariga yoki o‘lcham chiziqlari davomiga, shuningdek, chiqarish chizig‘ini uzib joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi (1.8-rasm). Detalning ko‘rinmas kontur chizig‘iga o‘lcham qo‘yilgan hollarda, bu kontur chizig‘iga mazkur yuzaning g‘adir-budurlik belgisini qo‘yish mumkin (1.9-rasm).
    Yuzalarning g‘adir-budurligi tokchasiz belgilar bilan belgilanganda bu belgilar chizmaning asosiy yozuviga nisbatan 1.10-rasmda ko‘rsatilganidek joylashtiriladi. Agar yuzalar shtrixlangan zonada joylashgan bo‘lsa, 1.11- rasmdagidek, ularning g‘adir-budurlik belgilari chiqarish chizig‘ida joylashtiriladi.

    1.9-rasm 1.10-rasm
    Yuzaning g‘adir-budurlik belgilari tokchali belgilardan iborat bo‘lsa, ularni chizmaning asosiy yozuviga nisbatan 1.11-rasm, a va b da ko‘rsatilgandek joy lashtiriladi. Agar yuzalar shtrixlangan zonada joylashgan bo‘lsa, ularning g‘adir- budurlik belgilari chiqarish chizig‘ida ko‘rsatiladi (1.11-rasm, a va b).
    Detalning barcha yuzalarining g‘adir-budurligi bir xil bo‘lsa, belgi chizmaning yuqorigi o‘ng burchagiga joylashtiriladi va ko‘rinishlarida qo‘yilmaydi (1.12-rasm). G‘adir-budurlik belgisi uzilib ko‘rsatilgan yuzaning faqat bir qismida, imkoni boricha olcham qo‘yilganjoyga yaqinroq joylashtiriladi (1.13-rasm). Detaldagi ko‘rsatilmagan yuzalarning g‘adir-budurligi bir xil bolsa, ularning belgisi chizmaning yuqori o‘ng burchagiga qavs ichidagi shartli belgi oldiga qo‘yiladi (1.14-rasm).
    а) b)
    1.11-rasm
    1.12-rasm 1.13-rasm
    Bu belgilar detal ko‘rinishida qo‘yilgan belgilarga nisbatan taxminan 1,5 marta kattaroq tasvirlanadi. Qavs ichida belgi detal ko‘rinishida qo‘yilgan belgilarga teng bo‘lishi lozim.
    Ishlov berilmaydigan yuzalar uchun uning belgisi qavs ichidagi belgi oldiga qo‘yiladi (1.15-rasm). Buyerda detall ko‘rinishlaridako‘rsatilmagan yuzalarga ishlov berilmaydi yoki yetkazib beriladigan holatida saqlab qolinadi. Detallardagi takrorlanadigan teshiklar, tishlar, shlitsalar, o‘yiqlar kabi yuzalarning g‘adir- budurligi bir xil bo‘lsa, faqat bir marta qo‘yiladi (1.16-rasm, a, b).
    Detalning bitta yuzasidagi gadir-budurlik har xil bo‘lsa, bu qismlar ingichka chiziq bilan chegaralanib, har biri uchun belgilar alohida qo‘yiladi (1.17-rasm). Tishli g‘ildiraklarning profillari chizmada tasvirlanmagan bo‘lsa, ularning ishlovchi yuzalarining g‘adir-budurlik belgilari yuzani bo‘luvchi chiziqqa (boshlang‘ich aylanaga), globoidli chervyak va u bilan ishlovchi g‘ildirakda esa bo‘lish aylanasiga qo‘yiladi (1.18-rasm).

    1.14-rasm 1.15-rasm


    1.16-rasm 1.17-rasm


    1.18-rasm 1.19-rasm
    Rezba profih yuzasining g‘adir-budurlik belgisi umumiy qoidalarga muvofiq qo‘yiladi (1.19-rasm, a), shartli ravishda rezba o‘lchamining chiqarish o‘lcham chiziqlariga (1.19-rasm, b) yoki ularning davomiga qo‘yiladi (1.19-rasm, c).
    Detal konturini tashkil qiluvchi yuzalarning g‘adir-budurligi bir xil bo‘lsa, uning belgisiga qo‘shimcha aylana kiritilib, bir marta qo‘yiladi (1.20-rasm, a). Agar detal konturi egri sirt bo‘lsa, bu qo‘shimcha belgi kiritilmaydi (1.20-rasm, b).
    1.20-rasm 1.21-rasm
    Bir xil g‘adir-budurlikdagi murakkab shaklli yuzani qalinlashtirilgan shtrix- punktir chiziq bilan ko‘rsatib, uning g‘adir-budurligi harflar bilan belgilanadi (1.21-rasm) va texnikaviy talablarida «A yuzaning g‘adir- budurligi R 10» deb yozib qo‘yiladi.
    Detal yuzalari g‘adir-budirligining parametriar qiymati 1.1-jadvaldan olinadi. Detal yuzalarining g‘adir-budurligi ularning ish sharoitiga va bajaradigan vazifasiga qarab belgilanadi. O‘quv chizmalarida sirtlar g‘adir-budurligi detalga ishlov berish turi (1.22-rasm)ga hamda quyidagi mulohazalarga qarab tubandagicha aniqlanishi mumkin:

    1. Detallar sirti bir-biriga tegib tursa va ular o‘zaro siljisa, bunday sirtlarning g‘adir-budurligi taxminan 6÷9 - klassga mos keladi.

    2. Detallar sirt: bir-biriga tegib tursa va o‘zaro siljimasa, bunday sirtlarning g‘adir-budurligi taxminan 3÷6 - klassga mos keladi.

    3. Boshqa sirtga tegib turmaydigan detallar sirti, taxminan 3÷4 - kiassga mos g‘adir-budurlikka ega boiishi mumkin.

    4. Estetik jihatdan ko‘rkam bo‘lishi uchun sirtiar 5÷7 - klassga mos g‘adir- budurlikka ega bo‘lishi kerak.

    5. Rezbalar sirtining g‘adir-budurligi 4÷7 - klassga mos keladi.

    1.22-rasm



    Download 40,48 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YUZA G‘ADIR-BUDIRLIKLARINING YO‘NALISH TIPLARI

    Download 40,48 Mb.