• To‘g‘ri burchakli rezbalar.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet18/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Yumaloq rezba (GOST 13536-68). Ushbu rezbaning profili yumaloqlanganligi uchun uni yumaloq rezba deyiladi. Bu rezbalardan asosan santexnika, elektr-yoritish asboblarida, plastmassa va chinni buyumlarni

    biriktirishda foydalaniladi. GOST 13536-68 ga muvofiq, faqat diametri d=12 mm bo‘lgan yumaloq rezbalar santexnika buyumlari (suv trubai va hojatxona jo‘mraklari hamda qorishtirish ventillarining shpindellari) da ishlatiladi. Yumaloq rezbaning shartli belgisi “Kr” bo‘lib, chizmada quyidagicha belgilanadi: Kr12×2,54 GOST 13536-68, bunda 2,54 – rezbaning qadami mm da, ST SEV 3293-83 ga kirgan va diametri 8 mm dan 200 mm gacha bo‘lgan yumaloq rezbalar yuqoridagilar bilan bir xil profilga ega bo‘lgani uchun bu standart bevosita davlat standarti sifatida qabul qilingan va muomalaga joriy qilingan. Bu rezbalarning shartli belgisi “Rd”, chizmada belgilanishi Rd 20 ST SEV 3293-83; chapaqay rezba Rd 20 LH ST SEV 3293-83. Elektr chiroqlarida va shu kabi buyumlarda GOST 6042-83 ga muvofiq yumaloq Edisson rezbalari qo‘llaniladi. Ular chizmada E 14 GOST 6042-83 ko‘rinishda belgilanadi, bu еrda, E – rezbaning shartli belgisi, 14 – tashqi diametri.
    Yuqori profilli rezbalar GOST 19681-83 ga muvofiq turli o‘lchamdagi qorishtirish ventili shpindelida hamda GOST 20275-74 ga muvofiq suv trubai jo‘mraklarida ishlatiladi. Bunday rezbaning shartli belgisi “Kr” bo‘lib, ular quyidagicha belgilanadi: Kr40×3,17 GOST 19681-83, Kr40×3,175 GOST 20275- 74.
    Yuqorida ko‘rib o‘tilgan standart rezbalardan tashqari profili to‘rtburchak bo‘lgan nostandart rezbalar ham mavjud.
    To‘g‘ri burchakli rezbalar. Bu rezbalar muhim bo‘lmagan joylarda masalan, ventil, zadjivka shpindellarida, domkrat, press vintlarida ishlatiladi. Rezbaning profili 3.1-jadvalda berilgan bo‘lib, u standartlashtirilmagan va shartli belgiga ega emas. Chizmada rezbaning profili, ichki va tashqi diametri, qadami ko‘rsatiladi.
    Standart profilli rezbalarning diametri yoki qadami standart o‘lchamlardan farq qilsa, maxsus rezba deyiladi. Bunday rezbalarning belgisiga “Maxs” so‘zi qo‘shib yoziladi.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




    Download 40,48 Mb.