• Silindrik dyumli rezbalar
  • Konussimon dyumli rezbalar.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet15/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Konus metrik rezba (GOST 25229-82) 1:16 nisbatdagi konus sirtiga o‘yiladi. Ularning nominal diametri 6 mm dan 60 mm gacha bo‘lishi mumkin. Konussimon rezbalarni shartli belgilashda MK harflari, d nominal diametri va qadami qatnashishi lozim. Masalan, MK 24×1,5 - o‘ng yo‘lli, MK 24×LH - chap yo‘lli. 3.6-rasmda silindrik metrik rezbani birikmadagi ko‘rinishidan misol keltirilgan.
  • Dyumli rezbalar.


    1. Silindrik dyumli rezbalar (NKTP 1260). Bu rezbalarning tashqi diametri dyumlarda (1=25,4 mm), qadami esa 1 ga to‘g‘ri keladigan o‘ramlar soni bilan belgilanadi. Dyumli rezbaning profili teng yonli uchburchaklik bo‘lib, uchidagi burchagi 550 ga teng. Amalda uchburchak uchlari tekis kesilgan bo‘lib, to‘mtoq holda bo‘ladi. Birikmada bunday rezbalarning tashqi diametri bo‘yicha ham, ichki diametri bo‘yicha ham zazor qoladi. Chizmada dyumli rezbalarning faqat tashqi

    diametri ko‘rsatiladi. Masalan, 1½ bilan belgilangan rezbaning tashqi diametri
    1½ (yoki  38 mm) va 1 ga 6 ta o‘ram (qadami  4,23 mm) to‘g‘ri kelgan rezbadir (3.1-jadval).
    Dyumli rezba faqat eski mashina detallarini almashtirish hollaridagina ishlatiladi. Yangi mashinalar faqat metrik rezbalarda loyihalanadi.
    Ayrim biriktirish detallarida GOST 6111-52 ga muvofiq profili teng tomonli uchburchak, uchidagi burchagi 600 ga teng bo‘lgan dyumli konus rezbalar ishlatiladi.

      1. Konussimon dyumli rezbalar. (GOST 6111-52*). Bu rezbadan suv, moy, yoqilg‘i va havo o‘tadigan mashina va uskunalarning truba va naychalarini biriktirishda foydalaniladi. Profili teng tomonli uchburchak bo‘lib, uchidagi burchagi 600 ga teng va konusligi K=1:16 nisbatda bo‘ladi. Rezba belgisiga rezbaning shartli belgisi “K”, dyumda o‘lchangan (1=25,4 mm) va davlat standartiga kiradi. Masalan, K¾ GOST 6111-52*. Rezba o‘lchami chiqarish chizig‘i tokchasi ustiga yoziladi (3.1-jadval).

    1. Download 40,48 Mb.
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




    Download 40,48 Mb.