• Konussimon truba rezbalar
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet16/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Truba rezbalar.


    1. Silindrik truba rezbalar (GOST 6357-81) suv-gaz trubalarida, ularni biriktiruvchi mufta, tirsak kabi qismlarda va shunga oxshash armaturalarda ishlatiladi. Silindrik truba rezba o‘zining burchak profili α=550 (profil teng yonli uchburchak) bilan xarakterlanadi. Truba rezbalarning qadami dyumli rezbalarning qadamidan maydaroq bo‘ladi (ya’ni 1 dyumga ko‘proq o‘ram to‘g‘ri keladi). Uchburchakning uchi va oyiqlari yumaloqlanadi.

    Truba rezbaning shartli belgisiga: G harfi, rezbaning dyumda ifodalangan olchami (dyum «″» - belgisiz); orta diametrning aniqlik klassi (A yoki B) va rezbaning uzunligi (agar nostandart bolsa) olchamlari kiradi. Chapaqay rezbalar uchun esa, rezba belgisiga LH qoshib yoziladi. Misollar: G½ - A; G1½ LH - A; G 1½ - B - 25; G 1 ½ LH – B – 40, bu yеrda, 25, 40 – rezba uzunligi mm da, A, B – aniqlik klasslari va 1½ - rezbaning tashqi diametri olchamlari (bu еrda 1- rezba ishlangan trubaning diametri o‘lchamini ifoda qiladi va u 33,25 mm (1 dyum=33,25 mm)ga teng. Trubaning suv yoki gaz o‘tadigan ichki teshigi diametri
    25,4 mm (DU=25,4 mm) bo‘ladi). 3.7-rasmda silindrik truba rezbani birikmadagi ko‘rinishidan namuna keltirilgan.
    3.7-rasm

      1. Konussimon truba rezbalar (GOST 6211-81). Bu rezbalarning profili uchburchak shaklida bo‘lib, uchidagi burchagi 550, profilining uchlari yumaloqlangan. Bu rezbadan yuqori issiqlik bosimi ostida ishlaydigan hamda katta zichlikni talab qiluvchi naycha va trubalar birikmasida foydalaniladi. Rezba ochiladigan detallarning konusligi K=1:16 nisbatda yoki konus uchidagi burchagi

    =303448 ga teng bo‘ladi. Konussimon rezbaning diametri doimiy ravishda o‘zgarib turganligi sababli uning o‘lchamini asosiy tekislikdagi kesimdan olinadi. Asosiy tekislik taxminan tashqi rezba uzunligining o‘rtasidan o‘tkaziladi. Chizmada truba uchidan tekislikgacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi. Asosiy tekislikdagi rezbaning diametri silindrsimon truba rezba diametri bilan bir xil bo‘lganligi sababli bunday rezbalar birikmasini tuzish mumkin.
    Konussimon truba rezbalar “R” harfi bilan, jumladan, sterjendagi tashqi truba rezba “R”, tekislikdagi ichki konussimon “Rc” va teshikdagi silindrik va tashqi konussimon truba rezba “Rp” harflar bilan belgilanadi. Masalan, R ½; Rc ½; Rp ½ ko‘rinishda, agar rezbalar chapaqay yo‘nalishda bo‘lsa, o‘lcham raqami yoniga LH qo‘shib R ½LH; Rc ½LH; Rp ½LH ko‘rinishida yoziladi. Bu yеrda ½ - rezba o‘lchami yarim dyum. Konussimon rezbali birikmalar o‘lchamlari kasr ko‘rinishida ifodalanadi, kasrning suratida ichki rezbaning belgisi, mahrajda esa tashqi rezba belgisi va rezbaning o‘lchami ko‘rsatiladi. Masalan, ichki va tashqi
    konussimon rezbalar birikmasining belgilanishi: GOST 6211-81.
    GOST 6357-81 ga muvofiq A klass aniqlikdagi ichki silindrik truba rezba va

    tashqi konussimon truba rezbalar birikmasining belgilanishi:
    G
    112
    R


    LH A
    yoki

    G
    112
    R


    LH A
    GOST6211-81.


    Download 40,48 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




    Download 40,48 Mb.