|
Vint chiziqlari va sirtlarini chizishga oid grafik vazifa
|
bet | 14/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)
Agar talaba “Qoniqarli” bahoga o‘zlashtiruvchi bo‘lsa, u holda unga mazkur grafik ish uchun 2.1-jadvaldagi vint chizig‘ini chizish tavsiya etiladi. Bu ishning qanday bajarilishi 2.9-rasmda keltirilgan.
2.9-rasm 2.2.1-jadval
№
|
Diametr, d
|
Balandlik, h
|
Qadam, p
|
№
|
Diametr, d
|
Balandlik, h
|
Qadam, p
|
1
|
60
|
90
|
45
|
16
|
52
|
90
|
45
|
2
|
50
|
75
|
50
|
17
|
56
|
75
|
30
|
3
|
58
|
100
|
40
|
18
|
50
|
100
|
40
|
4
|
56
|
90
|
40
|
19
|
55
|
81
|
35
|
5
|
55
|
81
|
36
|
20
|
60
|
90
|
30
|
6
|
60
|
90
|
30
|
21
|
50
|
90
|
40
|
7
|
50
|
78
|
52
|
22
|
58
|
90
|
36
|
8
|
58
|
90
|
36
|
23
|
56
|
85
|
34
|
9
|
60
|
81
|
36
|
24
|
60
|
84
|
42
|
10
|
60
|
80
|
40
|
25
|
50
|
95
|
38
|
11
|
50
|
90
|
40
|
26
|
60
|
86
|
43
|
12
|
60
|
95
|
38
|
27
|
56
|
90
|
40
|
13
|
60
|
90
|
40
|
28
|
60
|
81
|
36
|
14
|
60
|
88
|
44
|
29
|
58
|
102
|
34
|
15
|
55
|
81
|
36
|
30
|
50
|
90
|
40
|
“Yaxshi” va “A’lo” baholarga o‘qiydigan talabalar uchun vint sirtini yasashga oid grafik vazifa beriladi.
Ushbu grafik vazifada qirqim qo‘llanilgan holda vint sirti chizmasi quriladi. Rezba qadami o‘lchami asosida yasash chiziqlari va vint kesimi ko‘rsatiladi. Bu vazifani qanday bajarilishiga oid metodik ko‘rsatma 2.10-rasmda keltirilgan. Buning uchun vint chizig‘i qadami – P (mm), o‘ramlar soni – 1, vint profili – trapetsiya (ABCD) va d, d1 diametrlar (mm) kabi parametrlar zarur bo‘ladi. Bundan tashqari grafik vazifada vint uzunligi va o‘ram yo‘nalishi berilgan (2.2-jadval). Bajarish tartibi quyidagicha:
d va d1 diametrlarda silindr proyeksiyalari chiziladi;
vint profilining frontal proyeksiyasi chiziladi;
s) vint chiziqlarining proyeksiyalari yasaladi (2.10-rasm, a).
2.10-rasm, b da A va B nuqtalardan chizilgan vint chiziqlarini yasalishi ko‘rsatilgan. Qolgan C va D nuqlardan ham shu tartibda vint chiziqlari chiziladi. Yasalgan barcha vint chiziqlari mantiqan vint sirti o‘ramini hosil qiladi.
Ustki ko‘rinishda A-A qirqim bajarilgan (2.10-rasm, c). Kesim chizig‘i o‘zida to‘g‘ri chiziq kesmasi, 2 xil radiusdagi aylana yoylari va lekalo egri chizig‘i (Arximed spirali)ni jamlagan. Arximed spiralidagi nuqtalar quyidagicha aniqlanadi. Vint o‘qi orqali gorizontal proyeksiyalovchi PH tekislik o‘tkaziladi (chizmada tekislik aylanani teng bo‘lakka bo‘luvchi nuqta orqali o‘tkazilmoqda). Bu tekislik profili bo‘yicha vint chiqig‘ini A'1B'1C'1D'1 (to‘rtburchak) va A'B'C'D' (PH bilan ustma-ust tushgan to‘g‘ri chiziq kesmasi) bo‘yicha kesadi. A'1B'1C'1D'1 ning A'1D'1 tomonida N' nuqta va uning gorizontal proyeksiyasi N aniqlanadi. N nuqta izlanayotgan egri chiziq - Arximed spiraliga tegishli bo‘ladi. Shuningdek, N nuqtaning N' frontal proyeksiyasi A-A tekislikning izi bilan ustma-ust tushadi. Mantiqan lekalo egri chizig‘ining bir nechta shunday nuqtalari aniqlanadi va u hosil qilinadi.
2.11-rasmda vint chizig‘i va sirtiga oid grafik ishning bajarilgan namunasi keltirilgan. Talabalar undan foydalanib vazifani bajarishi mumkin.
2.2.2-jadval
№
|
Rezba profili
|
Kirimlar soni
|
Qadami, p
|
Diametr,
d
|
Diametr,
d1
|
Vint uzunligi,
l
|
1
|
|
1
|
24
|
66
|
42
|
110
|
2
|
2
|
24
|
60
|
36
|
120
|
3
|
|
1
|
28
|
70
|
42
|
110
|
4
|
2
|
28
|
70
|
42
|
120
|
5
|
|
1
|
18
|
68
|
40
|
110
|
6
|
2
|
18
|
68
|
40
|
110
|
7
|
|
1
|
24
|
70
|
34
|
120
|
8
|
2
|
24
|
66
|
30
|
120
|
9
|
|
1
|
18
|
60
|
32
|
110
|
10
|
2
|
18
|
60
|
32
|
110
|
11
|
|
1
|
24
|
70
|
34
|
120
|
12
|
2
|
24
|
70
|
34
|
120
|
13
|
|
1
|
24
|
70
|
34
|
110
|
14
|
2
|
24
|
70
|
34
|
120
|
33
34
Rezba va uning turlari (O‘zDSt 2.311:2003)
Rezba profili, kirimi, qadami, yo‘li. Vint chizig‘i bo‘yicha biror tekis shakl (rezba profili)ning harakatlanishi natijasida rezba hosil bo‘ladi. Ko‘plab mashina detallari o‘zaro bir-biri bilan rezbalar yordamida biriktiriladi.
Amaliyotda rezba hosil qilish uchun tokarlik stanogining patroniga silindrik sterjenni mahkamlab, unga tekis aylanma harakat beriladi. So‘ngra sterjenga rezba o‘yuvchi asbob (keskich)ni yaqinlashtirib, keskich deb ataluvchi asbob sterjenga o‘yib kiritiladi. Agar keskichga tekis ilgarilanma harakat berilsa, sterjen sirtida rezba deb ataluvchi vint o‘ramlari hosil bo‘ladi.
Rezba profili keskich asbob uchining shakliga bog‘liq bo‘lib, u teng yonli yoki teng tomonli uchburchak, trapetsiya, to‘rtburchak, kvadrat, yumaloq shakllarda bo‘lishi mumkin (3.1-rasm va 3.1-jadval).
3.1-rasm Bir profilning vintsimon harakatidan hosil bo‘lgan rezba bir kirimli, 2
profilning harakatidan hosil bo‘lgan rezba ikki kirimli, 3 profilning harakatidan hosil bo‘lgan rezba uch kirimli rezba deb ataladi (3.2-rasm, a).
Qo‘shni o‘ramlar orasidagi yasovchi bo‘ylab o‘lchangan masofa rezba qadami deyiladi va u P harfi bilan belgilanadi (3.2-rasm, b).
Bir o‘ramning o‘zidagi ikki nuqta orasidagi yasovchi bo‘ylab o‘lchangan masofa rezba yo‘li deyiladi va u t harfi bilan belgilanadi (3.2-rasm, c).
3.2-rasm, d da uch kirimli rezbaning shartli yaqqol tasviri berilgan.
Texnikada sterjenga tashqi rezba ochish uchun rezba ochuvchi uskunalardan foydalaniladi. Tashqi rezba ochish uchun plashka va ichki rezba ochish uchun metchik deb ataluvchi rezba ochadigan asboblardan foydalaniladi. Plashkaning ish
yuzasi konus shaklidagi devor (faska) va belgilangan o‘lchamda rezba ochadigan kalibrli qismlardan iborat (3.3-rasm). Plashka maxsus moslamaga siqib mahkamlanadi va rezba ochilishi kerak bo‘lgan sterjen bo‘ylab kuch ta’sirida burab aylantiriladi. Natijada plashka sterjenga rezba ochib boradi.
b) c)
d)
3.2-rasm
3.3-rasm Metchik yordamida detallarga ichki rezba ochish uchun, dastlab, detalga d1
diametrli parma (sverlo)da silindrik o‘yiq ochiladi. Keyin d o‘lchamdagi metchik ushbu silindrik teshikka aylanma-ilgarilanma harakat bilan kiritiladi va rezba ochiladi (3.4-rasm).
3.4-rasm
Rezba va uning turlari. Rezbalarning belgilanishi.
Uchburchak profilli rezbalar biriktirish rezbalari deyiladi. Boshqa profilli rezbalar yurgizish rezbalari deyiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakli rezbalardan boshqa barcha rezbalar standartlashtirilgan va ular quyidagi 6 ta asosiy turdan iborat.
Metrik rezbalar.
Silindrik metrik rezba (GOST 8724-81 va GOST 9150-81) rezba o‘zining burchak profili α=600 (profil teng tomonli uchburchak) bilan xarakterlanadi. Profilning nazariy balandligi H=0,86602 P, ish balandligi H=0,54126 P gat eng. Amaliyotda ko‘proq diametri 1 mm dan 600 mm gacha bo‘lgan silindrik metrik rezbalar tatbiq etiladi.
Metrik rezbalarning shartli belgilahda M harfi, nominal diametri d, mayda yoki yirik qadamliligi, chap yo‘lli rezbalar uchun LH qatnashadi. Masalan, nominal diametri 24 mm, yirik qadamli metrik rezba - M24 deb belgilanadi. Xuddi shu o‘lchamdagi mayda qadamli (P=1,5) rezba - M24×1,5, agar shu o‘lchamdagi rezba chap yo‘lli yirik qadamli bo‘lsa – M 24LH, mayda qadamli bo‘lsa - M24×1,5LH ko‘rinishida belgilanadi.
Metrik rezba ko‘p kirimli bo‘lsa, qavs ichida P ning qiymati ko‘rsatiladi. Nominal diametri 24 mm, kirimi 3 mm, qadami 1 mm bo‘lsa – M24×3(P1) deb yoziladi, shu o‘lchamdagi rezba chap yo‘lli bo‘lsa, M24×3(P1)LH deb belgilanadi. 3.5-rasmda silindrik metrik rezbani birikmadagi ko‘rinishidan misol keltirilgan.
3.5-rasm
3.6-rasm
|
| |