Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet22/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Shpilkalar va shpilka uyasi. Shpilka silindrik sterjen bolib, uning ikkala uchiga rezba o‘yilgan bo‘ladi. Uning kalta rezbali uchi biriktiriluvchi detallarning biriga burab kiritiladi, ikkinchi uchiga gayka burab kiritiladi.

Shpilkalardan konstruktiv nuqtayi nazardan boltlarni ishlatish mumkin bo‘lmaydigan joylarda foydalaniladi. Ularning ikkala uchiga ham yirik va mayda qadamli metrik rezbalar o‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Shpilkalar ikki xil A va B aniqlik sinfida tayyorlanadi. A aniqlikdagi sinfda - shpilka rezbasining nominal diametri va rezbasiz (silliq) sterjen qismining diametri bir xil (5.11-rasm, a), B aniqlikdagi sinfda - shpilka rezbasining nominal diametri rezbasiz (silliq) sterjen qismining nominal diametridan katta (5.11-rasm, b) bo‘ladi.
Shpilkaning burab kiritiladigan l1 qismining uzunligi uning burab kiritiladigan uyasi (detal) qanday materialdan tayyorlanganligiga bog‘liq. Kiritiladigan rezbali uya qattiq materialdan iborat bo‘lsa, l1=d va l1=l,25×d, yumshoq materialga kiritiladigan bo‘ l sa, l1=1 , 6 × d va l1=2,5×d qilib tayyorlanadi. Shpilkaning uzunligi l (shpilka uzunligiga l1 masofa kirmaydi) shpilkaga kiydirilib mustahkamlanadigan detalning qalinligi H1 ga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni l=H1+1,3×d ga teng qilib olinadi.
5.11-rasm
Shpilkaning belgilanishi. Rezba nominal diametri d = 20 mm., yirik qadamli P=2 mm, qo‘yim maydoni 6g, uzunligi l=100 mm, mustahkamlik sinfi 5,8 bo‘lgan qoplamasiz shpilkaning shartli belgilanishiga misol:
Shpilka M20-6g×100.58 GOST 22032-76.
Xuddi shu shpilkaning o‘zi, qadami mayda P=1,5 mm, qo‘yimlar maydoni 8g, mustahkamlik sinfi 10,9 va 40x markali po‘latdan ishlangan. 0,2-sinf bo‘yicha 6 mkm qalinlikda qoplangan shpilka quyidagicha belgilanadi:
Shpilka 2M20×1,5-8g×100.109.40X.026 GOST 22032-76.
Burab kiritiladigan qismi l1=1,6×d, A sinf aniqlikdagi, 1-bajarilishdagi rezbasining diametri d=20 mm, burab kiritiladigan qismidagi rezbasi mayda qadamli P=1,5 mm, dopusk maydoni 2r, gayka burab kiritiladigan rezbali uchining rezbasi qadami yirik P= 2,5 mm, dopusk maydoni 6g, uzunligi 160 mm, mustahkamlik sinfi 6,6 va qoplamasi 0,5 bo‘lgan shpilkaning shartli belgilanishiga misol: Shpilka M20×-(1,5/2r)×6g160.6,6.0,5.



5.12-rasm

Download 40,48 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Download 40,48 Mb.