|
Rezbali biriktirish detallarining turlari, chizmada shartli tasvirlanishi va ularga oid grafik vazifalar
|
bet | 20/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1) Rezbali biriktirish detallarining turlari, chizmada shartli tasvirlanishi va ularga oid grafik vazifalar
Boltlar. Bolt silindrik sterjendan iborat bo‘hb, uning bir uchi kallakli, ikkinchi uchi rezbali bo‘ladi (5.1-rasm). Boltlar kallagining shakli olti qirrali, kvadrat, yarim yumaloq, konus shaklida va kallagining osti kvadratli yoki “murtakli” qilib ishlanadi. Boltlar dag‘al (GOST 15589-70), normal (GOST 7798-70) va yuqori (GOST 7805-70) aniqlikda tayyorlanadi.
5.1-rasm
Boltlar kallagining shakli va o‘lchamiga, sterjenning shakliga, rezbasining qadamiga, bajarilishi, ko‘rinishi va tayyorlanish aniqligiga qarab ajratiladi (5.2-rasm). Yuqori aniqlikdagi (A sinf) bolt sirtining tozaligi belgilari 5.2-rasmning b qismida, normal aniqlikdagi (B sinf) bolt sirtining tozaligi belgilari 5.2-rasmning a qismida, dag‘al aniqlikdagi (C sinf) bolt sirtining tozaligi belgisi 5.2-rasmning c qismida ko‘rsatilgan.
Boltning bajarilishiga qarab sterjenda shplint uchun teshik (5.2-rasm, b) yoki boltning o‘z-o‘zidan buralib ketmasligi uchun kallagida sim bilan bog‘lab qo‘yishga mo‘ljallangan ikkita teshik (5.2-rasm, e) o‘yilishi mumkin.
Kallagining o‘lchamiga qarab boltlar normal kallakli va kichraytirilgan kallakli bo‘ladi. Yarim yumaloq va yashirin kallakli boltlar kallagi ostida murtakli qilib tayyorlanadi (5.3-rasm, a va b). Yarim yumaloq va yashirin kallakli boltlarning kallagi osti kvadratli qilib tayyorlanadi (5.3-rasm, c va d).
5.2-rasm
5.3-rasm
5.4-rasm
Boltlarni berilgan sterjen diametriga nisbatan taxminiy olchamlarda chizish mumkin (5.4-rasm, a, b). Bolt rezbasining diametri d=20 mm berilgan bo‘lsa,
rezbasining nominal diametri, ya’ni tashqi rezbasi diametri d=20 mm, ichki rezbasining diametri dl=0,85 ×d=17 mm, kallagining burchaklarini qamrab oluvchi aylana diametri D=2× d=40 mm,
kallagining kalitbop o‘lchami yasash yo‘li bilan aniqlanadi yoki 1,73× d=34,6 mm olinadi, kallagining balandligi H=0,7× d=14 mm,
rezbasining uzunligi
l0=2 d+6=46 mm, faskasi c=0,15× d=3 mm, bolt kallagi burchaklarining uchlaridagi burchagi 120° li konusli faska bilan kesishishidan hosil bo‘lgan yoqlardagi giperbolalar o‘rniga R=1,5× d=30 mm va R1=d=20 mm radiusli aylana yoylarida chiziladi. Boltning uzunligi l (bolt kallagi H uning uzunligiga kirmaydi) biriktiriluvchi detallarning qalinliklariga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni H1+H2+1,3× d olinadi.
Muhandislik amaliyotida maxsus boltlar (tashlama bolt, rim-bolt, poydevor bolti)dan foydalaniladi. Detallarni tezda siqish va bo‘shatishda tashlama boltlardan foydalaniladi va ular uch ko‘rinishda tayyorlanadi: yumaloq kallakli bolt, shplintga mo‘ljallangan teshikli yumaloq kallakli bolt, kallagi vilkali bolt (5.5-rasm, a, b, c).
5.5-rasm
Tashlama boltlar B va C aniqlikda tayyorlanadi B sinf aniqlikdagi, 1- bajarilishdagi, rezbasining diametri 6 mm, joiz o‘lchami maydoni 6g, uzunligi 32 mm, mustahkamligi 6mkm bo‘lgan tashlama boltning belgilanishiga misol:
Bolt B.M6-6g x32.36.C.016 GOST 7798-70.
Yuklarni ko‘tarish va tushirishda ishlatiladigan rim-boltlar, qurilish konstruksiyalarini mustahkamlash uchun poydevorga betonlanadigan boltlar diametri 12 mm dan 140 mm gacha tayyorlanadi.
|
| |