• Tirak rezbalar
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet17/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Trapetsiyasimon rezbalar (GOST 9494-81). Bunday rezbalar ilgarilanma- qaytma harakatlarni uzatuvchi vintlarda qo‘llaniladi. Rezbaning profili 3.1- jadvalda keltirilgan. Trapetsiyasimon rezbalar uchun 10 mm dan 640 mm gacha bo‘lgan diametrlar belgilangan. Bunday rezbalar bir va ko‘p kirimli hamda chapaqay va o‘naqay qilib ishlanishi mumkin. Ko‘p kirimli rezbaning muhim elementlaridan biri rezbaning yo‘lidir: t=P×n; P – rezba qadami, mm, n – kirimlar soni.

    Chizmada trapetsiyasimon rezbalar quyidagicha belgilanadi: tashqi rezbalar Tr 50×4-8e GOST 24738-81, bu yеrda 50 - rezba diametri, 4 - qadami, 8e - qo‘yimlar maydoni. Ichki rezbalar uchun Tr 50×4-8H GOST 24738-81, shuning o‘zi chapaqay rezba uchun Tr 50×4LH-8e GOST 24738-81.
    Ko‘p kirimli rezbalarda qo‘shimcha ravishda rezbaning yo‘li ham ko‘rsatiladi. Masalan, Tr 50×8(P4)-8H GOST 24738-81, chapaqay rezba uchun Tr50x8(P4)LH-8H GOST 24738-81, rezba belgisidagi P4 – qadamlar, rezbaning yo‘li t=8 mm, kirimlar soni n=t/p=8/4=2. 3.8-rasmda trapetsiyasimon rezbaning birikmadagi ko‘rinishidan misol keltirilgan.
    3.8-rasm

    1. Tirak rezbalar (GOST 10177-82). Bu rezbalardan kuch bir tomonga yo‘nalgan moslamalarda (domkrat, press, iskanja va shu kabi siqish vintlarida) ishlatiladi. Tirak rezbalar ham bir va ko‘p kirimli qilib tayyorlanadi. Tirak rezbalarga tegishli aniqlik klasslarini va dopusklar maydonini GOST 25096-82 belgilaydi. Tirak rezba “S” harfi bilan belgilanadi.

    Tirak rezbalar quyidagicha belgilanadi: S70×10-7h GOST 10177-82, chapaqay rezba S70×10 LH-7h GOST 10177-82. Bu yеrda 70 – rezba diametri, 10- rezba qadami, 7h - qo‘yimlar maydoni. Ko‘p kirimli rezbalar belgisiga qo‘shimcha ravishda rezba yo‘li (t) kiradi. Masalan, nominal diametri d=70 mm, rezba yo‘li t=20 mm va qadami P=10 mm bo‘lgan tirak rezba quyidagicha belgilanadi: S70×20 (P10) GOST 10177-82, shuning o‘zi chapaqay rezba uchun S70×20 (P10) LH GOST 10177-82.
    3.9-rasm GOST 13535-87 ga muvofiq profildagi burchagi 450 bo‘lgan, kuchaytirilgan
    tirak rezbalar o‘ta katta yuklar uchun (diametri 80-200 mm gacha) qo‘llaniladi. Bu rezbalar faqat 1 kirimli (n=1) qilib tayyorlanadi va quyidagicha belgilanadi: S200×12×450 GOST 13525-87, bu yеrda 200 – rezba diametri, 12 – qadami, 450 – profildagi burchagi (ko‘rsatish shart). 3.9-rasmda tirak rezbani birikmadagi ko‘rinishidan misol keltirilgan.


    1. Download 40,48 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




    Download 40,48 Mb.