• O‘tish muftalari
  • Kontrgaykalar
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet25/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Fitinglar


    To‘g‘ri muftalar. Muftalar kalta (GOST 8954-75), uzun (GOST 8955-75) va konpensatsiya qiluvchi (GOST 8956-75) muftalar ko‘rinishida ishlanadi (5.21-rasm). Bu muftalar bir-biridan faqat uzunliklari bilan farq qiladi.

    5.21-rasm 5.22-rasm


    O‘tish muftalari (GOST 8957-75). Bunday muftalarning bir tomoni ikkinchi tomoniga nisbatan katta yoki kichik diametrlarni o‘tuvchi qilib tayyorlanadi (5.22-rasm).
    Tirsakli muftalar (GOST 8947-75). Bunday muftalar ikki xil ko‘rinishda ishlanadi. 1- bajarilishida tirsakning ikkala uchiga truba burab kiritilsa (5.23-rasm, a), 2-bajarilishining bir tomoniga truba, ikkinchi uchiga fiting burab kiritiladi (5.23-rasm, b). To‘g‘ri tirsaklardan tashqari o‘tkir hamda o‘tmas burchakli tirsaklar ishlab chiqariladi.

    5.23-rasm
    Troyniklar (5.24-rasm). Troyniklar to‘g‘ri (GOST 8948-75) va o‘tish troyniklari (GOST 8950-75) ko‘rinishida tayyorlanadi. Bir xil diametrli 3ta trubani o‘zaro
    biriktirishda to‘g‘ri troyniklardan, uchala rezbali teshiklarining o‘lchamlari har xil bo‘lsa o‘tish troyniklaridan foydalaniladi.

    5.24-rasm 5.25-rasm
    Krestlar (5.25-rasm). To‘g‘ri (GOST 8951-75), o‘tish (GOST 8952-75) krestlari ishlab chiqariladi. To‘g‘ri krestlarda to‘rttala rezbali teshik o‘lchamlari bir xil bo‘lsa, o‘tish krestlarida har xil bo‘ladi.
    Qopqoqlar (GOST 8962-75). Trubalarning uchlarini berkitish uchun qopqoqlar ishlanadi, ular ikki xil ko‘rinishda bajariladi. 1-bajarilishida yumaloq yopiq gayka (5.26-rasm, a), 2-bajarilishida olti qirrali yopiq gayka (5.26-rasm, b) kabi ishlab chiqariladi.
    Fitinglarning teshiklarini berkitish uchun (GOST 8963-75) tiqinlar (5.27- rasm)dan ham foydalaniladi.
    5.26-rasm
    Kontrgaykalar (5.28-rasm). Trubali birikmalarda gaz yoki suyuqlik sizib chiqishining oldini olish maqsadida kanop tolasidan o‘ralgan moyli
    zichlagichlarni zichlash uchun kontrgaykalar (GOST 8961-75) ishlatiladi. Kontrgaykaning o‘lchamlari fitinglar kabi standartlashtirilgan.
    5.27-rasm 5.28-rasm

      1. Download 40,48 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




    Download 40,48 Mb.