|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 27/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)Vint chizmasini bajarish (5.32-rasm). Vintning o‘lchamlari standartga muvofiq tanlanadi. Vint sterjeni uchidagi faskasi o‘lchami GOST 10549-63 yoki ST SEV 215-75 bo‘yicha aniqlanadi. O‘lchamlar va sirtning tozalik belgilari qoyiladi. Asosiy yozuvda vintning shartli belgilanishi ko‘rsatiladi.
5.30-rasm
5.31-rasm
5.32-rasm
Shpilka va shpilka uyasining chizmasini bajarish (5.33-rasm). 5.2- jadvaldan shpilkaga oid kerakli ma’lumotlar olinadi. Bunda shpilkaning detalga burab o‘rnatiladigan rezbali uchining uzunligi (l1) o‘lchami turlicha bo‘lishini unutmaslik kerak. Demak, shpilka burab kiritiladigan detal materiali turiga qarab d rezba diametri va l1 uzunligi o‘rtasidagi mutanosiblik quyidagicha bo‘ladi: GOST 22032-76 dagi shpilkada l1=d, GOST 22034-76 dagi shpilkada l1=1,25×d, GOST 22032-76 dagi shpilkada l1=1,6×d, GOST 22038-76 dagi shpilkada l1=2×d va GOST 22040-76 dagi shpilkada l1=2,5×d.
Shpilkaning qolgan o‘lchamlari standartdagi jadvallardan olinadi. Faskalarining o‘lchamlari GOST 10549-63 yoki ST SEV 215-75 ga, rezbaning ichki diametri esa GOST 9159-59 ga muvofiq aniqlanadi. Shpilka uyasini ochadigan parma diametri GOST 885-60 ga muvofiq rezba diametri va qamiga asosan aniqlanadi. Parmalash chuqurligi l1+6×P ga teng qilib olinadi. Bu еrda l1 – shpilkaning o‘rnatiladigan uchi uzunligi, P – rezba qadami. Uyaning rezba ochilmagan qismi o‘lchami 2,5×P qilib olinadi.
a)
b)
5.33-rasm
5.2-jadval
|
| |