• Bolt chizmasini bajarish
  • Gayka chizmasini bajarish
  • Shayba chizmasini bajarish
  • Rezbali biriktirish detallariga oid grafik vazifalar




    Download 40,48 Mb.
    bet26/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Rezbali biriktirish detallariga oid grafik vazifalar


    Rezbali biriktirish detallariga oid grafik vazifalar bajarishning asosiy maqsadi talabada standart rezbalar haqida keng va mustahkam bilimga ega bo‘lishni, biriktirish detallarining o‘lchamlari asosida chizmasini mustaqil tarzda bajara olishni va vazifani bajarish jarayonida ma’lumotnomaga oid o‘quv adabiyotlari bilan ishlash malakasini shakllantirish va eng asosiysi ularning grafik savodxonligini rivojlantirishdan iborat. Mazkur grafik vazifalar uchun variantlar
    5.2 va 5.3-jadvallardan olinadi.

    1. Bolt chizmasini bajarish (5.29-rasm). Kallagi olti qirrali boltning o‘lchamlari GOSTdagi jadvaldan olinadi. Bolt kallagining faskasi 300 burchak ostida bajarilib, kesik konus sirti ko‘rinishida chiziladi. Bu sirt bolt kallagi yoqlari (prizma) bilan giperbola egri chizig‘i bo‘yicha kesishsada chizmada u aylana yoyi bilan almashtiriladi.

    Bolt sterjeni uchidagi faskasining o‘lchami GOST 9150-63 dagi “Rezba chiqiqlari. Sbeglar, rezbaning to‘liq bo‘lmagan profili, protochkalar va faskalar” dan yoki ST SEV 215-75 dan aniqlanadi.
    Boltr rezbasining ichki diametri esa GOST 9150-59 yoki ST SEV 215-75 dagi “Yirik qadamli metrik rezba”dan aniqlanadi. Boltning tasviri chizib bo‘lingandan so‘ng uning o‘lchamlari va tozalik belgilari GOST 2.309-73 ga muvofiq qo‘yiladi.

    5.29-rasm

    1. Gayka chizmasini bajarish (5.30-rasm). Gaykaning o‘lchamlari standartga muvofiq tanlanadi. Gaykaning tashqi faskasini uning yoqlari bilan kesishish chizig‘ini yasalishi xuddi boltniki kabi bajariladi. Ichki faskasi o‘lchamlari esa GOST 10549-63 bo‘yicha aniqlanadi. Gaykaning ichki diametri GOST 9150-59 yoki ST SEV 182-75 ga muvofiq aniqlanadi. Chizmaga o‘lchamlar va sirtning tozalik belgilari qo‘yiladi hamda asosiy yozuv o‘rni to‘ldiriladi.

    2. Shayba chizmasini bajarish (5.31-rasm). Shayba GOST 11371-78 ga muvofiq tanlanadi va u bolt diametriga mos bo‘lishi kerak. Shayba chizmasiga o‘lchamlar va sirtning tozalik belgilari qo‘yiladi hamda asosiy yozuv o‘rni to‘ldiriladi.


    3. Download 40,48 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rezbali biriktirish detallariga oid grafik vazifalar

    Download 40,48 Mb.