Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet34/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: qalinliklari H1=50 mm, H2=30 mm bo‘lgan ikki detalni diametri d=24 mm li bo‘lgan bolt yordamida biriktirilsin va uning ishchi chziasi bajarilsin(6.4-rasm).
Ushbu boltli birikmaning ish chizmasi quyidagi bosqichlarda bajariladi.

  1. bosqich. Dastlab boltning parametrlari formulalar yordamida aniqlanadi:

D=2d=2×24=48 mm; h=0,7d=0,7×24=16,8 mm; l=H1+H2+1,3d=50+30+1,3×24=
=50+30+31,2=111,2 mm; с=0,15d= =0,15×24=3,6 mm. Keyin gayka va shaybaning o‘lchamlari aniqlanadi: D=2d=2×24=48 mm; h=0,8d=0,8×24=19,2 mm; Dsh=2,2d=2,2×24=52,8; s=0,15d=0,15×24=3,6 mm. So‘ngra biriktiriladigan
detalda bolt erkin kirishi uchun D1=1,1d=1,1×24=26,4 mm o‘lchamda silindrik teshik ochiladi.
Biriktirish detallarining o‘lchamlari aniqlangandan keyin chizma qog‘ozida hoshiya chizig‘i (ramkasi) va asosiy yozuv o‘rni chiziladi hamda biriktiriladigan detallarning simmetriya o‘qlari va ko‘rinishlari bajariladi (6.3-rasm, a).

  1. bosqich. Endi silindrik ochiq teshikka bolt o‘rnatiladi va shayba hamda gaykalar yordamida birikma hosil qilinadi. Bunda bolt va silindrik teshik konturlari orasida tirqish (zazor) qoladi. Shuningdek, bolt va gaykalarni soddalashtirilmagan holatda chizishni tavsiya qilamiz. Birikmaning frontal va profil proyeksiyalarida zarur qirqimlar bajariladi. Bunda bolt, shayba va gayka qirqib ko‘rsatilmaydi (6.3- rasm, b).

  2. bosqich. So‘nggi bosqichda boltli birikmaning zarur o‘lchamlari qo‘yiladi. Bu yerda jami beshta o‘lcham bo‘ladi, ya’ni, biriktiriluvchi detallarning qalinligi (balandligi) va eni (zarur bo‘lsa uzunligi ham ko‘rsatiladi), bolt diametri va bolt kallagidagi kalit (klyuch) o‘lchamlari qo‘yiladi. Chiziq turlariga rioya qilingan holda chizma taxt qilinadi (6.3-rasm, c).

6.1-jadvalda boltli birikmaga oid variantlar berilgan. Talaba undan o‘z variantini olib, yuqorida keltirilgan metodik tavsiyalar asosida mustaqil ravishda boltli birikma ish chizmasini bajaradi.
6.1-jadval




Download 40,48 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Download 40,48 Mb.