• Shtiftli birikmalar.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet32/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Rezbali birikmalar.


    1. Boltli birikmalar;

    2. Shpilkali birikmalar;

    3. Vintli birikmalar;

    4. Shurupli birikmalar;

    5. Truba rezbali birikmalar.
  • Shtiftli birikmalar.


    1. Silindrik shtiftli birikma;

    2. Konus shtiftli birikma.
  • Shponkali birikmalar.


    1. Prizmatik shponkali birikmalar;

    2. Segmentsimon shponkali birikmalar;

    3. Ponasimon shponkali birikmalar.

  • Kulachokli birikmalar (Кулачковое соединение).

  • Shlitsali birikmalar.

  • Shplintli birikmalar.

    Ajraladigan birikmalar qo‘zg‘aladigan va qo‘zg‘almaydigan bo‘ladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan harakat qilsa, qo‘zg‘aladigan birikma deyiladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasa, ya’ni ular o‘zaro mustahkam biriktirilgan bo‘lsa, qo‘zg‘almas birikma deyiladi. Qo‘zg‘aladigan birikmalarga shponkali, shlitsali, shpindelli, vintli birikmalar kiradi. Qo‘zg‘almaydigan birikmalarga boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar kiradi.
    Joriy nazoratda fanning o‘qitiladigan har bir mavzusi yuzasidan talabaning kundalik o‘zlashtirish jarayoni tekshiriladi, nazorat qilinadi va tahlil olib boriladi. Buning asosida o‘qituvchi keyingi pedagogik faoliyatini rejalashtiradi. Chizmachilik fanining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning mavzularini o‘rganayotgan kishiga ikki karra yuklama qo‘yishidir. Ya’ni o‘rganuvchidan mavzuni nazariy jihatdan o‘zlashtirish bilan birgalikda unda bayon etilgan grafik amallarni bajara olishni, detal yoki buyumlarning chizmalarini taxt qilishni, buyumning berilgan chizmalarini o‘qishni bilishi talab etiladi.
    Ajraluvchi birikmalar mashina detallarini bir-biri bilan biriktirishda keng qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishda ajraluvchi birikmalarning chizmalarini taxt qilishga to‘g‘ri keladi.
    Chizmachilik fani ishchi o‘quv dasturining “Mashinasozlik chizmachiligi” bo‘limida ajraluvchi birikmalar bo‘yicha talabalar bajarishi lozim bo‘lgan quyidagi grafik vazifalar belgilangan.

    1. Boltli birikma ish chizmasini bajarish.

    2. Shpilkali birikma ish chizmasini bajarish.

    3. Vintli birikma ish chizmasini bajarish.

    4. Shrupli birikma ish chizmasini bajarish.

    5. Trubali birikma ish chizmasini bajarish.

    Ushbu mazmundan kelib chiqqan holda shuni xulosa qilish mukinki, ajraluvchi birikmalarning ish chizmasini bajarish uchun avvalo biriktirish
    detallarining chizmasini bajarishni bilish lozim bo‘ladi. Ya’ni ajraluvchi birikmalar ish chizmasini bajarish uchun biriktirish detallaridan bolt, gayka, shayba, vint, shurup, shpilka uyasi, fitinglarning parametrik formulalarini, chizmachilik ma’lumotnomalaridagi maxsus jadvallardan foydalana olishi shart. Biriktirish detallari avvalgi paragrafda bayon etildi.

      1. Download 40,48 Mb.
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




    Download 40,48 Mb.