• Shplintli va shtiftli birikmalar
  • Fitinglarning birlashtiriladigan qismlarining konstruktiv o‘lchamlari




    Download 40,48 Mb.
    bet40/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Fitinglarning birlashtiriladigan qismlarining konstruktiv o‘lchamlari


    mm. hisobida
    6.10-jadval



    Shartli o‘tish
    Dsh

    Belgilanish i

    Rezba

    d

    l

    l1

    d1

    s

    s1

    s2

    b

    b1

    b2

    h

    8

    G 1/4-B

    13,158

    9,0

    7,0

    13,5

    2,5

    3,5

    3,5

    3,0

    2,0

    3,5

    2,0

    10

    G 3/8-B

    16,663

    10,0

    8,0

    17,0

    2,5

    3,5

    3,5

    3,0

    2,0

    3,5

    2,0

    15

    G 1/2-B

    20,956

    12,0

    9,0

    21,5

    2,8

    4,2

    4,2

    3,5

    2,0

    4,0

    2,0

    20

    G 3/4-B

    26,442

    13,5

    10,5

    27,0

    3,0

    4,4

    4,2

    4,0

    2,0

    4,0

    2,5

    25

    G 1-B

    33,250

    15,0

    11,0

    34,0

    3,3

    5,2

    4,8

    4,0

    2,5

    4,5

    2,5

    32

    G 1 1/4-B

    41,912

    17,0

    13,0

    42,5

    3,6

    5,4

    4,8

    4,0

    2,5

    5,0

    3,0

    40

    G 1 1/2-B

    47,805

    19,0

    15,0

    48,5

    4,0

    5,8

    4,8

    4,0

    3,0

    5,0

    3,0

    50

    G 2-B

    59,616

    21,0

    17,0

    60,5

    4,5

    6,4

    5,4

    5,0

    3,0

    6,0

    3,5

    Trubali birikmalarni chizishda oldin fitinglardan biri, masalan, to‘g‘ri muftaning rezbali diametrlari d, d1 va uzunligi L hamda qovurg‘alar soni va uning elementlarini o‘lchamlari yuqoridagi jadvallardan foydalanib aniqlanadi. So‘ngra ikkala tomoniga trubalar kirgizilgan holatda qo‘shib chiziladi.
    Birikmalarda biriktiruvchi va biriktiriluvchi detallar rezbalarining bir-biriga nisbatan joylashishini ko‘rsatish maqsadida trubaning kalta rezbasi oxirigacha burab kiritilmagan (6.27-rasm, a, b, v, g larga qarang).
    Avval aytib o‘tilganidek, trubalarni bir-biriga ulashda turli fitinglar (muftalar, tirsaklar, troyniklar va krestlar) ishlatiladi. Bunday fitinglar bolg‘alangan cho‘yandan tayyorlanadi va ularning teshiklariga silindrik truba rezba o‘yiladi. Trubali birikmalarni hosil qilish uchun trubalarning uchlariga o‘yilgan rezbalarga ularni biriktiruvchi fiting burab kiritiladi. Biriktirilayotgan fiting troynik bo‘lsa, troynikli birikma (6.27-rasm, a), to‘g‘ri mufta bo‘lsa, to‘g‘ri muftali birikma (6.27-rasm, b), tirsak tatbiq qilinsa, tirsakli birikma (6.27-rasm, v), o‘tish muftasi (ugolnik) olinsa, o‘tish muftali birikma (6.27-rasm, g) deyiladi.
    Trubali birikmaning ishchi chizmasini chizishda dastlab, truba, mufta va boshqalarning qanday chizilishi bilan tanishiladi. Trubalar, turli fitinglar standart tomonidan belgilangan o‘lchamlarda chiziladi.
    Trubalar GOST 3262-75 ga muvofiq mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi hisobga olinmagan holda 4 metrdan 12 metrgacha uzunliklarda tayyorlanadi.
    Trubalar devorining qalinligiga qarab yengil, oddiy va kuchlantirilgan turlarga bo‘linadi. Trubalarning asosiy parametri ichki nominal diametriga mos keladigan shartli o‘tishi bo‘lib, shartli o‘tishlar standartlashtirilgan va u 6.10- jadvalda keltirilgan.
    Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: Shartli o‘tish diametri Dsh=40 mm bo‘lgan to‘g‘ri muftali birikma chizmasi bajarilsin (6.30-rasm).
    Ushbu truiba rezbali birikmaning ish chizmasi quyidagi bosqichlarda bajariladi.

    g) 6.27-rasm

    1. bosqich. Avvalo, ushbu vazifani bajarish uchun talaba standartdan va chizmachilik ma’lumotnomalaridan foydalanishnii bilishi talab etiladi. To‘g‘ri mufta, truba va rostlovchi gaykaning parametrlari chizmachilik ma’lumotnomasidan aniqlanadi. To‘g‘ri mufta, truba va rostlovchi gaykaning ma’lumotnomalardan olingan o‘lchamlari 6.11-jadvalda, ularning elementlarini shartli belgilardagi o‘rni 6.28 va 6.29-rasmlarda ko‘rsatilgan. Muftani burash uchun moslashtirilgan qovurg‘alarning L1 uzunligi uning L uzunligining yarmiga teng (L1=L/2=43:2=21,5 mm).

    6.11-jadval


    Shartli o‘tish
    Dsh

    Belgila- nishi

    To‘g‘ri mufta va truba

    Rostlovchi gayka

    d

    L

    l1

    d1

    s

    s1

    s2

    b

    b1

    b2

    h

    H

    S

    D

    D1

    40

    G 1 1/2

    47,805

    43

    15

    48,5

    4

    5,8

    4,8

    4

    3

    5

    3

    12

    60

    69,3

    65



    6.28-rasm
    6.29-rasm
    To‘g‘ri mufta, truba va rostlovchi gaykaning o‘lchamlari aniqlangandan keyin chizma qog‘ozida hoshiya va asosiy yozuv o‘rni chiziladi hamda birikmaning
    simmetriya o‘qlari chiziladi. Songra muftaning qirqilgan holatdagi ko‘rinishlari ingichka tutash chiziqda bajariladi (6.30-rasm, a).

    1. bosqich. Bu bosqichda, dastlab, rostlovchi gayka so‘ngra mufta trubaga burab kiritiladi. Shuningdek, mufta, truba va rostlovchi gaykalarni soddalashtirilmagan holatda chizishni tavsiya qilamiz. Birikmaning frontal va profil proyeksiyalarida zarur qirqimlar bajariladi (6.30-rasm, b).

    2. bosqich. So‘nggi bosqichda trubali birikmaning zarur o‘lchamlari qo‘yiladi. Bu yerda jami uchta o‘lcham bo‘ladi, ya’ni, rezba diametri (G11/2′′), trubaning o‘tish diametri (Dsh40) va mufta uzunligi (43 mm) o‘lchamlari qo‘yiladi. Chiziq turlariga rioya qilingan holda chizma taxt qilinadi (6.30-rasm, c).


    a)







    6.30-rasm
    6.12-jadvalda trubali birikmaga oid variantlar berilgan. Talaba undan o‘z variantini olib, yuqorida keltirilgan metodik tavsiyalar asosida mustaqil ravishda shpilkali birikma ish chizmasini bajaradi.
    6.12-jadval



    To‘g‘ri mufta (GOST 8954-75)

    O‘tish muftasi (GOST 8957-75)

    Variant,


    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    12

    13

    14

    15

    O‘tish diametri, Dsh,
    (Dsh1×Dsh2) mm



    8



    10



    15



    20



    25



    32



    40



    50

    20×10

    25×15



    32×20

    50×25

    40×32

    50×40

    50×32

    Tirsakli (to‘g‘ri burchaklisi, GOST 8947-75)

    Troynik (GOST 8948-75)

    Variant,


    16

    17

    18

    19

    20

    21

    22

    23

    24

    25

    26

    27

    28

    29

    30

    O‘tish diametri,
    Dsh, mm

    8

    10

    15

    20

    25

    32

    40

    50

    10

    15

    20

    25

    32

    40

    50
      1. Shplintli va shtiftli birikmalar


    Shplintlar (GOST 397-79). Shplintlar po‘lat sim bo‘laklaridan ikkiga bukib tayyorlanadi (6.31-rasm). Ular gaykalarning o‘z-o‘zidan buralib ketishini oldini olish uchun ishlatiladi.
    Shplintlar tojsimon yoki o‘yiqli gaykalarning o‘yig‘i va bolt yoki shpilka teshiklari orqali o‘tkazilib, uchlari ikki tomonga qayirib qo‘yiladi. Shplintning asosiy o‘lchamlari – d shartli diametri va l uzunlikdan iborat.
    6.31-rasm
    Ajraluvchi birikmalarda turli tebranishlar, har xil tashqi kuchlar ta’sirida biriktirish detallari o‘z o‘rnidan qo‘zg‘alib ketishi mumkin. Bunday noqulayliklarni oldini olish maqsadida birikmada prujinali va zichlovchi shaybalardan, shplintlar va mustahkamlovchi simlardan foydalaniladi hamda ular birikma chizmasida ko‘rsatiladi (6.32-rasm).
    6.32-rasm
    Shtiftlar. Amaliyotda shtiftlarning silindrik (GOST 3128-70), konussimon (GOST 3129-70) va fasonli (GOST 10773-80) turlari bo‘lib, diametri 0,6 mm dan 50 mm gacha 45 markali po‘latdan, qoplamasiz tayyorlanadi (6.33-rasm, a, b, c). Shtiftlar ham saqlovchi vazifasini bajaradi. Ularning konstruksiyasi va o‘lchamlari standartlashtirilgan.



        1. b)



    c)
    6.33-rasm
    Shtiftlar o‘lchami birikuvchi detallar o‘lchamiga va birikmaning ishlash sharoitiga bog‘liq. Konussimon shtiftlar 1:50 konuslik bilan tayyorlanadi. Shtiftli birikma qirqimda 6.34-rasmdagi kabi bajariladi. Shtiftlarni shartli belgilashda uning diametri, uzunligi va davlat standarti raqami ko‘rsatiladi:
    Shtift 8×50 GOST 3128-70 (silinddik shtift);
    Shtift 7×30 GOST 3129-70 (konus shtift).

    6.34-rasm

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fitinglarning birlashtiriladigan qismlarining konstruktiv o‘lchamlari

    Download 40,48 Mb.